Sinergetikaning asosiy ob’ekti
: o‘z–o‘zidan tashkil etish; tartiblilik va
tartibsizlik (xaos).
Ma’lumki, kishilik jamiyatida, ijtimoiy hayotda ma’lum bir maqsadni amalga
oshirish uchun faoliyat jarayonlarini tashkil qilish kerak. Bu vazifani odatda yo bir
tashkilotchi shaxs yoki bir necha odamdan iborat tashkilot bajaradi. Bu yerda vazifa
– ob’ekt, bajaruvchi – sub’ektdir. Bu mulohaza, hatto tabiatga ham taalluqlidir.
Tabiiy tabiat va sun’iy tabiat bor. Sun’iy tabiat, odatda, ikkinchi tabiat deyilib uni
odam tashkil qiladi. Tabiiy tabiatni, ya’ni elementar mikrozarralardan tortib, quyosh
sistemasi, galaktikalar, kvazarlar, pulsarlargacha cho‘zilgan olamni tabaitning o‘zi,
olamning o‘zi tashkil qiladi. Olam va uning ayrim qismlari, sistemalari o‘zini –o‘zi
tashkil qiladi, ya’ni sistema tashqi ta’sirsiz o‘z–o‘zidan tashkillanadi. Diniy
ta’limotlarning uqtirishicha, olamni, odamni Xudo tashkil qilgan va mayda–chuyda
narsalarni tashkil etish vazifasi odamga topshirilgan.
Sinergetikaning vazifasi aniq: jonsiz tabaitda ham jonli tabiatda ham,
hayvonlar dunyosida ham, odamlar jamiyatda ham sub’ektning tashkilotchilik
qobiliyatidan tashqari ob’ektiv aktivlik borki, ko‘p narsalar odam sub’ektivisiz ham
tashkil qilinaveradi.
O‘z–o‘zidan tashkillanish – chetdan keladigan ta’sirsiz, o‘zi–o‘zidan
xarakatlanishning muhim namoyon bo‘lishi; shu bilan birga o‘zi o‘zini
boshqarishning asosidir; umum holatda xususiy, xududiy qismning mavjudlik
sharoitining imkoniyati.
O‘z–o‘zidan harakatlanish, o‘zgarish, rivojlanish deganda, avvalo,
materiyaning mavjudligida barcha xolatlarda yoki bir holatdan ikkinchi xolatga
tabiiy o‘tishidagi sabab shu materiyaning o‘zida bo‘lib, tashqi kuchga muhtoj emas,
degan so‘z. Masalan, Quyosh va Quyosh sistemasida, har bir galaktikaning o‘zidagi
fizikaviy, kimyoviy jarayonlar shu jumladandir.
Shu bilan birga esdan chiqmaslik kerakki, har bir ob’ekt, narsa tashqi kuch
ta’sirida ham o‘z xolatini o‘zgartirishi mumkin. Masalan, bir yulduz nuriga,
jumladan Quyosh nuriga boshqa yulduzlar nurlari ta’sir etishi mumkin. Bu esa
kosmik nurlar orasidagi bog‘lanish munosabatlarini belgilaydi.
Tashqi ta’sir natijasida o‘zgarish deyilganda, materiyaning o‘zining bir qismi
ikkinschi qismiga ta’siri, deb tushunmoq kerak. Buni yaqqol tushunmoq uchun
ta’sirlanuvchi qismning o‘zi to‘la qism bo‘lmay, ta’sirlanuvchi qism bilan
birgalikda, ya’ni ikki sistemachadan iborat qism ichidagi jarayon deb tasavvur
etmoq kerak. Masalan, kristallarning tashqi ta’siridan kattalashishi, metalning
zanglashi, Quyosh sistemasiga Galaktikaning ta’sirini ikki sistemachadan iborat
sistemalardagi o‘z– o‘zidan tiklanish deb qarash mumkin. Shuningdek, Yer haqida
gapirganimizda uni Quyosh sistemasining bir qismi sifatida ham tasavvur etishimiz
mumkin. Bular jonsiz tabiatda. Jonli tabiatda ham, sistemalarning tashqi ta’siridan
o‘zgarishi shunday. Lekin, bu anologiya nisbatan. Aslida jonli tabaitda yopiq
sistemani ikki ochiq sistemachadan iborat deb tushuniladi sinergetikada. Darhaqiqat,
alohida o‘simlik, hayvon va odam organizmi tashqi muhisiz yashay olmaydi.
Shuning uchun sinergetikada har bir tirik organizm ochiq tizim ekanligiga urg‘u
beriladi. Ha, Yerdagi hayot ma’lum tegishli sharoitda birdan o‘z – o‘zidan paydo
bo‘lgan, deb tushuniladi sinergetikada.
Uyg‘un bir qoida bo‘yicha bajarilmaydigan sabab–oqibat jarayoni
tartibsizlikdir. Masalan, tabiatda Broun zarralarining harakatlari, shar–sharadan
oldin tartibli ravishda parallel oqib kelayotgan olmalarning shar – sharadan tushishi
bilan ular xarakatlarining tartibsizligi ya’ni laminarlikdan turbulentlikka o‘tishi,
jamiyatda esa ba’zan kuzatiladigan to‘s – to‘polon, olamon xarakatlari.
Tartibsizdlik tushunchasi, qadimgi faylasuflarni ham ko‘p qiziqtirgan. Platon
fikricha, har bir voqea bir qancha imkoniyatlardan birining yuzaga chiqishidir. Mana
shu imkoniyatlar voqelikka aylanguncha tartibsiz xolda bo‘ladilar.
Imkoniyatlardan biri haqiqatga aylanganidan so‘ng tartibsizlik o‘z ma’nosini
yo‘qotadi. Demak, har bir narsa tartibsizlikdan kelib chiqadi.
I.Prigojin va I. Stengers e’tirof etadilar: “Bizdan oldingilar tartibsizlik bilan
tartiblilik munosabati haqidagi savolga javob bera olmaganlar. Mashxur entropiya
qonuni olamni tartibotdan notartiblikka olib boruvchi jarayon deb tushunishgan.
Biologiya esa oddiylikdan murakkablikka, past tartibotdan yuqoriroq tartibotga olib
boradi, deb tushuntirishgan. Nimaning hisobiga?
Endi ma’lum bo‘ldiki, tashqi muhitdan keladigan energiya va moddalar
hisobiga. Tashqi muhitning ta’siri – tartibot manba’idir”. Ha, tashqi tashqi
muhitning ta’siri hisobiga entropiya kamaytiriladi, deyilmoqchi, bu yerda.
Fizikada tartibsiz harakat deb, muvozanat holdagi issiqlik harakati,
muvozanasiz turbulent harakat, elektromagnit to‘lqinlari harakatlari hisoblanadi.
Tartibsizlik – trayektoriyalarning beqarorligi.
Tartibot manbai – nomuvozanatlikdir. Nomuvozanatlik tartibsizlikdan
tartiblilikni chiqaradi. Orqaga qaytmaydigan jarayonlar tartibsizlikdan tartiblilikka
o‘tish manbaidir.
Darhaqiqat,
sinergetika
asoschilarining
bir
kitobi
“Tartibsizlikdan tartiblilikka ” (“Poryadok iz xaosa”) deb ataladi.
Tartibsizlikdan to‘satdan tartiblilikka o‘tish va qaytadan tashkillanishga o‘tishning
sababi – o‘z –o‘zidan tashkillanish qobiliyatidir.
Tartibotga tashqi muhit ta’sir qilish mumkin. Shu bilan birga, tashqi muhit
beqaror bo‘lsa, sababiyat – oqibat qoidasi o‘z kuchini yo‘qotadi, endi dinamik
qonuniyat o‘rniga statistik qonuniyat ishlatiladi. Masalan, ob – havo murakkab
jarayon, chunki sababiyat ichida tasodiflar ko‘p bo‘lishi mumkin. Uni oldindan
aniqlash mumkin, agar sabablar aniqlansa. Qiziq hodisa shuki, bir qit’ada tasodifan
uchgan pashsha dunyo ob – havosini o‘zgartirib yuborishi turgan gap. Lekin bu
nazariyada, amaliyotda esa, u pashshaning roli yo‘q. Harakat qilayotgan ob’ekt bitta
bo‘lsa, masalan, bitta raketa yoki bitta xujayra bo‘lsa – dinamik qonuniyat, ob’ekt
ikkita va undan ortiq bo‘lsa statistik qonuniyat hukmronliq qiladi. Statistik
qonuniyat ko‘proq hukmron.
Chalkashlik, alg‘ov – dalg‘ovlik, aralash – quralashlik ham tartibsizlikdir.
Ularning qonun – qoidalarini topish sinergetikaning vazifasiga kiradi.
Tartiblilik va tartibsizlik vakuumda, mikrodunyoda, makrodunyoda bir xil
emas, balki nisbiydir. Masalan, turbulent harakat makro miqyosda tartibsizlik
bo‘lgani holda mikro miqyosda tartibli va yuqori darajada tashkillangandir.
Termodinamikada entropiyaning o‘sib borishi tartiblikdan tartibsizlikka olib boradi,
biologiyada esa – aksincha, soddadan rivojlanishga.
O‘z –o‘zidan tashkilanish natijasida sistema tartiblashadi.
Tartiblilik va tartibsizlik ma’nosining boshqacha ko‘rinishi chiziqli va
chiziqsizlikdir. Bunda kechayotgan jarayonni qog‘ozda ifodalash usuli e’tiborga
olinadi. Misol uchun sharsharakni ko‘z oldimiga keltiraylik. Ariqda to‘g‘ri chiziq
bo‘yicha oqib kelayotgan olma sharsharakdan tushayotgan davrida o‘z xarakatini
parabola bo‘yicha davom ettiradi va nihoyat, pastga tushganidagi trayektoriyasi
qanday chiziq bilan bo‘ladi, bunisi noma’lum. Mana shu noma’lumlik chiziqsiz
jarayon deyiladi. Sog‘lom yurakning bir xildagi urishini to‘g‘ri chiziq bilan
ifodalash mumkin. Bir xildagi aritmiya ham shunday. Tartibsiz aritmiyani chiziq
orqali aniqlab bo‘lmaydi.
Odamlarning ko‘chada yurish trayektoriyalari ham chiziqli hodisa, lekin
to‘polon, olamon vaqtidagi holatlari chiziqsiz jarayondir.
Umuman, chiziqli jarayonlarni quyidagi chiziqlar shaklida ifodalash mumkin:
to‘g‘ri chiziq, aylana, ellips, parabola, sinusoida. Chiziqsiz xodisalar: chiziq qolipiga
tushmaydiganlar, chastotasi tartibsiz jarayonlar.
Tartibsizlikning paydo bo‘lishi uchun tashqi muhitning ta’siri, tashqi kuch
kerak. Natijada beqarorlik paydo bo‘ladi. Tartibsizlik paydo bo‘lgandan keyin tashqi
kuch kerak emas, endi ichki kuchlar yetadi. Olamda ro‘y beradigan xodisalar,
jarayonlar, umuman ziddiyatli ekani hammaga ma’lum. Tartiblik va tartibsizlik,
barqarorlik va beqarorlik, uyg‘unlik va o‘zgaruvchanlik shu jumladandir.
Adabiyotlar:
1.
Xaken G. Sinergetika. M., 1980.
2.
Sistema gumanitarnogo i sosiolno ekanomicheskogo znaniya. M., 2001.
3.
Kurdyumov S.P. Sinergetika novo‘e napravleniya. M., 1989.
4.
Sinergeticheskaya paradigma. Mnogoobraziye poiskov i podxodov.M.: 2000.
5.
Samoorganizatsiya i nauka: opo‘t filosofskogo osmo‘sleniya. M. 1994.
Dostları ilə paylaş: |