Postulatlar
va
aksiomalar
ilmiy bilishning boshlang‘ich
holati hisoblanadi,
ular tizimlashtirishning boshlang‘ich shakli bo‘lib, ta’limot, nazariya va h.k. larning
asosini tashkil qiladi.
Ta’rif
ilmiy bilimni umumlashtirish va tizimlashtirishning oliy shaklidir. U
mavjud ob’yektlar, jarayonlar va hodisalarni umumlashtirib idroklashga,
shuningdek, yangilarini oldindan aytib berishga imkon
beruvchi tadqiqotlarning
ilmiy tamoyillari, qonunlari va usullarini ifodalaydi.
Ilmiy bilim
tarkibida ilmiy qonunlar muhim ahamiyatga ega. Ular tabiat,
jamiyat va tafakkurdagi eng ahamiyatli, barqaror va takrorlanuvchi ob’yektiv ichki
bog‘liqliklarni aks ettiradi. Odatda, ilmiy qonunlar
umumiy tushunchalar va
kategoriyalar jumlasiga kiradi. Agarda ilmiy natijaga erishishda vosita sifatidagi
dalil materiallari yetarlicha bo‘lmasa, unda
faraz
(gipoteza)dan foydalanadi.
Faraz
ilmiy taxmin bo‘lib, tajribada tekshirishni talab etadi va nazariy jihatdan ishonchli
ilmiy nazariya bo‘lishi uchun asoslanishi lozim.
Faraz
o‘zining rivojlanish jarayonida uch bosqichni bosib o‘tadi:
-Dalilli materialning to‘planishi.
-Farazning shakllanishi.
-Amalda sinalishi va tasdiqlanishi.
Shu tarzda faraz ilmiy nazariyaga aylanadi. Oddiy farazda ob’yektning fizik
xossalari xaqida taxminlar qilinadi, keyin esa uning matematik nazariyasi beriladi.
Faraz ushbu xollarda asosli hisoblanadi:
Bilish tamoyillariga zid bo‘lmasa.
Avvaldan fanga ma’lum bo‘lgan qonunlarni e’tiborga olsa,
ammo yangilarini
ularga yaqinlashtirib qurmagan bo‘lsa.
Ilgari surilgan barcha omillarni tushuntirib bersa.
Uni tekshirish mumkin bo‘lsa.
U mumkin qadar soddalik asosida qurilgan bo‘lsa, (ya’ni o‘zida kerak
bo‘lmagan elementlarni saqlamasa).
Mantiqqa zid bo‘lmasa.
Ma’lumki, bitta xodisa uchun odatda bir emas, balki bir nechta farazlar ilgari
suriladi. Ayrim xolarda ularning ba’zilari bir-birini inkor etadi. Bu esa noxush xolat
hisoblanmaydi, chunki turli farazlarning mavjudligi turli soxalar bo‘yicha
tahlil
qilishni talab qiladi, bu esa ilmiy umulashtirish jarayonini
jiddiy tarzda amalga
oshirish uchun zamin yaratadi. Ma’lumki ma’lum bir narsani isbotlab yoki inkor
etib, olim yangilikni qidiradi. Faraz tasdiqlanadimi yoki yo‘qmi, bunga bog‘liq
bo‘lmagan xolda, u xaqiqatni izlanishiga yordam ko‘rsatadi. To‘g‘ri bo‘lmagan
faraz ham foyda beradi, chunki uni inkor etish jarayonida xaqiqatga olib boruvchi
yo‘llar torayadi va qisqaradi. Agar faraz tasdiqlansa, u ilmiy nazariyaga aylanadi.