Tavsiflash—tajriba (kuzatish yoki eksperiment) natijalarini fanda qabul qilingan ma’lum belgilash tizimlari yordamida qayd etishdan iborat bilish operatsiyasi O ’Ichash-qabul qilingan o ’Ichov birliklarida o ’Ichanayotgan kattalikning son miqdorini topish maqsadida ta ’lum vositalar yordamida bajariluvchi amallar majmui. 0’lchashning tuzilmasi quyidagi elementlardan tashkil topadi: -bilish subekti, muayyan bilish maqsadlarida o‘lchashni amalga oshiradi;
-o‘lchash vositalari, tabiiy va inson tomonidan yaratilgan;
-o‘lchash obekti, ya’ni o‘lchanadigan kattalik yoki qiyoslash amaliyotini
qo‘llash mumkin bo‘lgan xossa;
-o‘lchash usuli ya’ni, o‘lchash asboblari yordamida bajariladigan amaliy
harakatlar, operatsiyalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, o‘z ichiga muayyan mantiqiy va
hisoblash amaliyotlarini ham oladi;
-o‘Ichash natijasi, nomlangan kattalikdan iborat bo‘lib, tegishli nomlar yoki
belgilar yordamida ifodalanadi.
O ’Ichash aniqligi muammosi ham empirik bilish uslubi sifatida shu kabi
o‘lchashning gnoseologik asoslariga oid hisoblanadi. 0’lchash aniqligi o‘lchash
jarayonidagi quyidagi
obektiv va subektiv omillarga bog‘liq: -o‘rganilayotgan
obektda u yoki bu turg‘un miqdor ta’riflarini ajratib olish imkoniyati murakkab,
ba’zan esa buning umuman iloji bo‘lmaydi;
-o‘lchash vositalari imkoniyatlari (ulaming mukammallik darajasi) va
o’Ichash jarayoni kechayotgan sharoitlar. Qator hollarda kattalikning aniq qiymatini
topishning umuman imkoni yo‘q. Masalan, elektronning atom atrofidagi
trayektoriyasini aniqlash mumkin emas va h.k.
0’lchashning subektiv omillari qatoriga o‘lchash usulini tanlash, ushbu
jarayonni tashkil qilish va subektning bilish imkoniyatlari - eksperiment o‘tkazuvchi
malakasi, uning olingan natijalarini to‘g‘ri va savodli izohlab berish mahorati kiradi.