Umumlashtirilgan va bavosita “eng kichik kvadratlar usuli”. 4.Ekonometrik modelg’ parametrlarining iqtisodiy tahlili va elastiklik
koeffitsientlarinihisoblash.
Ko’p omilli ekonometrik modellarni tuzish uslubiyoti.
Ko’plik korrelyatsiyasi tasodifiy ko’rsatkichlar guruhi o’rtasidagi bog’lanishlarni o’rganadi. Iqtisodiy tahlilda ko’plik korrelyatsiya usulini qo’llanilishi hisoblash texnikasi yaratilganidan so’ng kengaydi va qisqa muddatda katta yutuqlarga erishildi, ham iqtisodiy, ham matematika fanlarini rivojlanishiga o’z ulushini qo’shdi.
Ko’plik (ko’p omilli) korrelyatsiya usuli murakkab jarayonlarni tahlil qilishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Bu usul murakkab jarayonlarda ro’y berayotgan alohida hodisalarni modellashtirish va bashorat qilish imkonini beradi. Ko’p omilli korrelyatsiya usulidan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Kuzatishlar asosida to’’langan katta mikdordagi dastlabki mahlumotlarni qayta ishlash asosida bir argumentning o’zgarishida funktsiya qiymatini o’zgarishini qolgan argumentlar qiymati belgilangan sharoitda aniqlanadi
Qiziqtirayotgan bog’lanishga boshqa omillarni tahsirini (o’zgartirish) darajasi aniqlanadi.
Korrelyatsiya tahlili usullarini qo’llayotgan izlanuvchilar oldida turadigan asosiy muammolar bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
jarayonlarni to’g’ri baholash uchun zarur bo’lgan kuzatishlar sonini aniqlash.
Funktsiyaning ko’rinishini tanlashning qandaydir aniq ishlab chiqilgan uslubiy ko’rsatmalari bo’lamasa ham, har bir izlanuvchi bu muammoni turlicha hal qiladi. Matematika fani berilgan qiymatning har qanday sohasi uchun cheklanmagan miqdorda funktsiyalarni keltirishi mumkinligini hisobga olib, ko’p izlanuvchilar funktsiya ko’rinishini tanlash inson imkoniyatlari chegarasidan tashqarida deb hisoblashadi. SHuning uchun funktsiya ko’rinishini sof em’irik asosda tanlash zarur va keyinchalik uni o’rganilayotgan jarayonga to’g’ri kelishi (ad