1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Gipotetik-deduktiv metod - bir-biri bilan deduktiv bog‘liq bo‘lgan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Gipotetik-deduktiv metod - bir-biri bilan deduktiv bog‘liq bo‘lgan 
gipotezalar tizimini yaratishni nazarda tutadi.
Mazkur gipotezalardan pirovard 
natijada empirik dalillar to‘g‘risida xulosalar chiqariladi. Ushbu metod 
gipotezalardan va haqiqiy ma’nosi ma’lum bo‘lmagan boshqa farazlardan xulosalar 
chiqarishga (deduksiyaga) asoslanadi. Binobarin, mazkur metod yordamida 
chiqarilgan xulosa muqarrar tarzda ehtimoliy xususiyatga ega bo‘ladi. 
Gipotetik-deduktiv metodning umumiy tuzilishi: 
nazariy tushuntirishni taqozo etuvchi material bilan tanishish va mavjud 
nazariyalar, qonunlar yordamida nazariy tushuntirishga harakat qilish. Agar buning 
iloji bo‘lmasa: 
turli-tuman mantiqiy usullar yordamida mazkur hodisalarning sabab va 
qonuniyatlari to‘g‘risida faraz (gipoteza, taxmin)lar qilish; 
farazlaming asosliligi va jiddiyligiga baho berish va ulaming orasidan 
haqiqatga eng yaqinini tanlab olish; 
gipotezadan oqibatlami (odatda, deduksiya yo‘li bilan) keltirib chiqarish va 
uning mazmuniga aniqlik kiritish; 
gipotezadan keltirib chiqarilgan oqibatlami tajribada tekshirish. Bu yerda 
gipoteza yo tajribada isbotlanadi, yo inkor etiladi. Ammo ayrim oqibatlaming 
isbotlanganligi gipotezaning haqiqiyligini (yoki soxtaligini) kafolatlamaydi. 
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, eng yaxshi gipoteza nazariyaga aylanadi. 
Matematik gipotezani gipotetik-deduktiv metodning turi deb hisoblash 
mumkin. Bu yerda ilgari ma’lum boigan va tekshirilgan holatlaming 
takomillashtirilgan ko‘rinishlarini ifoda etuvchi ma’lum tenglamalar gipoteza 
vazifasini bajaradi. Ilgari ma’lum bo‘lgan va tekshirilgan holatlar o‘zgartirilib, yangi 
hodisalarga taalluqli bo‘lgan gipotezani ifodalovchi yangi tenglama tuziladi. 
Gipotetik-deduktiv metod (aksiomatik metod singari) kashf etish metodidan ham 
ko‘ra ko‘proq ilmiy bilimni tuzish va asoslash metodi hisoblanadi, chunki u yangi 
gipotezaga qanday yo‘l bilan kelish mumkinligini ko‘rsatadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin