eksperimentning maqsadlariga muvofiq maxsus yaratilgan hamda nazorat ostiga olingan sharoitlarda tadqiq qilinayotgan obektni tegishli tarzda o ’zgartirish yoki uni aks ettirish. Eksperiment jarayonida o‘rganilayotgan obekt uning mohiyatini
buzib ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlardan ajratiladi va «sof shakl»da
ifoda etiladi.
Eksperimentning asosiy xususiyatlari:
tadqiqot obektiga (kuzatishdagiga qaraganda) yanada faolroq munosabat, shu
jumladan, uni o‘zgartirish va qayta tuzish;
obektning xulq-atvorini nazorat qilish va natijalami tekshirish imkoniyatining
mavjudligi;
v) tadqiqotchining xohishiga ko‘ra, o‘rganilayotgan obektni bir necha marta
aks ettirish mumkinligi;g) hodisalaming tabiiy sharoitlarda kuzatilmaydigan
xossalarini topish imkoniyatining mavjudligi.
Eksperimentlaming turlari juda xilma-xildir. Vazifalariga qarab tadqiqot
(qidirish), tekshirish (nazorat) va aks ettirish eksperimentlari farqlanadi.
Obektlaming xususiyatiga qarab fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy va h.k.
eksperimentlar farqlanadi. Sifat va son eksperimentlari ham mavjud. Fikriy
eksperiment-ideallashtirilgan obektlar haqida fikr yuritish proseduralari tizimi
hozirgi zamon fanida keng tarqalgan.
Taqqoslash-obektlar (yoki ayni bir obektning rivojlanish bosqichlari)ning o‘xshash yoki farqli jihatlarini, ya’ni ulaming ayniyligi va tafovutlarini aniqlovchi
bilish operatsiyasi. U faqat turkum hosil qiluvchi turdosh predmetlar majmuidagina
ma’no kasb etadi. Predmetlarni turkumda taqqoslash ayni tadqiqot uchun muhim
belgilarga qarab amalga oshiriladi. Bunda bitta belgiga qarab taqqoslanayotgan
predmetlarni boshqa belgiga qarab taqqoslash bo‘lmasligi ham mumkin. Taqqoslash
mantiqiy usul-analogiyaning (quyida qarang) negizi hisoblanadi va qiyosiy-tarixiy
metodning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Uning maqsadi-ayni bir hodisa yoki birgalikda
mavjud har xil hodisalar rivojlanishining turli bosqichlari (davrlari, darajalari)ni
bilishda umumiy va xususiy holatlami aniqlash.