1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


(eng avvalo, muhim, umumiy xossalami) ajratish jarayoni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

(eng avvalo, muhim, umumiy xossalami) ajratish jarayoni.
Mazkur jarayon 
natijasida har xil «mavhum predmetlar» olinadi. Bunda «mavhum predmetlar» 
deganda alohida tushunchalar va kategoriyalar («rivojlanish», «qarama-qarshilik», 
«fikrlash» va b.) hamda ulaming tizimlari tushuniladi. Matematika, mantiq, 
dialektika va falsafa eng rivojlangan tizimlardir. 
Ko‘rib chiqilayotgan xossalaming qay biri muhim, qaysinisi ikkinchi darajali 
ekanligini aniqlash mavhumlashtirishning bosh masalasidir. Mazkur masala har bir 
muayyan holatda, eng avvalo, o’rganilayotgan predmetning tabiatiga, shuningdek, 
tadqiqotning muayyan vazifalariga qarab hal qilinadi. 
Umumlashtirish-predmetning umumiy xossa va belgilarini aniqlash 
jarayoni bo‘lib, mavhumlashtirish bilan chambarchas bog‘liq. Bunda har qanday 
umumiy (abstrakt-umumiy) yoki muhim (muayyan umumiy, qonun) belgilar 
ajratilishi mumkin.
 
Ideallashtirish-voqelikning tajribada prinsipial amalga oshirib bo 
’Imaydigan, lekin real olamda ulaming timsoli bo ’Igan obektlarning 
tushunchalarini fikran shakllantirishni ifodalaydigan («nuqta», «ideal gaz», 
«mutlaqo qora jism» va sh.k.) tushuncha.
 
Ideallashtirilgan obektlar, pirovard natijada, obektiv ashyolar, real jarayon va 
hodisalarning in’ikosi sifatida maydonga keladi. Ideallashtirish yordamida 
shakllangan tushunchalardan keyinchalik real obektning in’ikosi sifatida izlanishlar 
olib borishda, mulohazalar yuritishda, real jarayonlaming mavhum sxemalarini 
tuzishda foydalanish mumkin.Ideallashtirish ilmiy yoki g‘ayriilmiy, real yoxud 
mavhum bo‘ladi. Ilmiy, real ideallashtirishni mavhum ideallashtirishdan 
farqlaydigan belgi shundan iboratki, unda hosil etilgan ideallashtirish obektlari, 
shaxslar muayyan sharoitlarda ideallashtirilgan, ya’ni real obektlar atamalarini 
ishlatib, talqin etish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin