Laboratariya mashg’ulot. Fanlarni o’qitishda pedagogik dasturiy vositalar yordamida interaktiv vositalar yaratish



Yüklə 35,5 Kb.
tarix29.04.2023
ölçüsü35,5 Kb.
#104840
1-2-3-Laboratoriya

1-2-3-Laboratariya mashg’ulot. Fanlarni o’qitishda pedagogik dasturiy vositalar yordamida interaktiv vositalar yaratish.


Ishning maqsadi: Talabalarda ma’ruzada olingan bilimlarni mustahkamlash, Fanlarni o’qitishda pedagogik dasturiy vositalar yordamida interaktiv vositalar yaratish ko’nikmasini hosil qilish.


Kutilayotgan natija:

  • Fanlarni o’qitishda pedagogik dasturiy vositalar yordamida interaktiv vositalar yaratish bo’yicha ma’lumot oladi.

  • Fanlarni o’qitishda pedagogik dasturiy vositalar yordamida interaktiv vositalar yaratish mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladi.



Kerakli jihozlar: Kompyuter, proyektor, darslik, ko’rgazmali materiallar, tarqatma materiallari, topshiriqlar.


AMALIY TOPSHIRIQLAR:



  1. Interfaol o’qitishning mohiyati nimalardan iborat?

  2. Interfaol o’qitish qanday tashkil qilinadi?



NAZARIY QISM
Avvalo "interfaol (interaktiv)" tushunchani aniqlashtirib olaylik. "Interaktiv" degan so’z inglizcha "interact" so’zidan kelib chiqqan. "Inter" – o’zaro, "act" – ish ko’rmoq, ishlamoq degan ma’nolarni anglatadi. Shunday qilib, interfaol o’qitish – bu, avvalambor muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro ta’sir amalga oshiriladi.
Interfaol o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etadiki, unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar.
Bilish jarayonida o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati deganda, ularni har birining o’ziga xos aloqada individual hissa qo’shishi, o’zaro bilimlar, g’oyalar va faoliyat usullari bilan almashinishlari tushuniladi. Shu bilan birga, bularning hammasi o’zaro xayrixohlik va qo’llab – quvvatlash muhitida amalga oshiriladi. Bu esa o’z navbatida yangi bilimlarni olishgagina imkoniyat bermasdan, balki bilish faoliyatining o’zini ham rivojlantiradi, uni yanada yuqoriroq koopersiya va hamkorlik pog’onalariga olib chiqadi.
Darslardagi interaktiv faoliyat o’zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyatli masalalarni birgalikda yechishga olib keladigan diologli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko’zda tutadi. Interfaol metod bitta so’zga chiquvchining, shuningdek, bitta fikrning boshqa fikrlar ustidan dominantlik qilishligini chiqarib tashlaydi.
Dialogli o’qitish jarayonida o’quvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarni va tegishli axborotni tahlil qilish asosida murakkab muammolarni yechishga, alternativ fikrlarni chamalab ko’rishga, ulab va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, diskussiyalarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqat qilishga o’rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli o’yinlar qo’llaniladi, hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish olib boriladi, ijodiy ishlar qo’llaniladi.
Interfaol o’qitishni tashkil qiluvchilar uchun, sof o’quv maqsadlaridan tashqari quyidagi jihatlar ham muhimdir:
– guruhdagi o’quvchilarning o’zaro muloqotlari jarayonida boshqalarning qadriyatlarini tushunib yetish;
– boshqalar bilan o’zaro muloqotda bo’lish va ular yordamiga muhtojlik zaruratining shakllanishi;
– o’quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish.
Shuning uchun interfaol o’qitish guruhlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan ikkita asosiy funksiyalar amalga oshirilishi lozim:
– o’qitishning pragmatik jihati qo’yilgan o’quv masalasini yechishlikning shartligi;
– tarbiyaviy masalalarni yechish (hamkorlikdagi ish jarayonida guruh a’zolariga yordam ko’rsatish, xulq-atvor normalarini shakllantirish).
Ushbu faktni alohida qayd etish lozimki, o’qitishning barcha interfaol usullarini verbal (og’zaki) va noverbal usullarga ajratish mumkin.
Og’zakilarga quyidagilar kiradi:
– vizual: yuz ifodasi, gavdaning holati, harakatlar, ko’zlar orqali aloqa;
– akustik: intonasiya, ovoz balandligi, tembr, nutq tempi, tovush balandligi, nutqiy pauzalar va hokazo.
Verbal usullar orasida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
– "oxiri ochiq" bo’lgan savollar, ya’ni yagona "to’g’ri" javobga emas, balki muammo (savol) bo’yicha turli nuqtai nazarlarni bayon qila olishga yo’naltirilgan savollarni bera olish qobiliyati;
– o’quvchilar bilan muloqotda o’qituvchi tomonidan o’zining nuqtai nazarini hal qiluvchi nuqtai nazar deb emas, balki neytral deb aniqlanishi. Bu narsa mashg’ulot paytida o’quvchilarga qo’rqmasdan "to’g’ri " va "noto’g’ri" nuqtai nazarlarini bayon etish imkoniyatini beradi;
– mashg’ulotning tahlil va o’z-o’zini tahlil qilishga tayyorgarlik.
Nazorat savollari

  1. Interaktiv nima?

  2. Dars jarayonida qanday interaktiv vositalardan foydalanish mumkin?

  3. Dialogli o’qitish jarayoni nima?

Yüklə 35,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin