1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini 
boshqaruvdan iborat.
 Biroq: 
birinchidan, metod va metodologik muammolaming rolini inkor qilish yoki 
to‘g‘ri baholamaslik («metodologik negavizm»); 
ikkinchidan, metodning ahamiyatini bo‘rttirish, mutlaqlashtirish, uni barcha 
masalalaming kaliti, ilmiy yangiliklami yaratishning eng qulay vositasi 
(metodologik eyforiya), deb tushunish noto‘g‘ridir. 
Har qanday metod muayyan nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning 
zaruriy sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir metodning samaradorligi uning 
chuqur mazmun va mohiyatga egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan 
asoslanadi. 0’z navbatida, metod mazmuni kengayib boradi, ya’ni bilimning 
chuqurlashishi va kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning ko‘lami ham 
o‘zgaradi. 
Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija (bilimlar majmui) va predmetning 
mohiyatini anglash, balki unga eltuvchi yo‘l, ya’ni metod ham haqiqiy bo‘lmog‘i 
lozim. Shunga ko‘ra, predmet va metodni bir-biridan ayri holda tushunish mumkin 
emas. Har qanday metod u yoki bu darajada real hayotiy jarayonlarda shakllanadi 
va yana unga qaytadi. Metod har qanday tadqiqot boshlanishida to‘la holda namoyon 
bo‘lmasa-da, ma’lum darajada predmetning sifat 0’zgarishi bilan har safar yangidan 
shakllanadi. 
Metod bilish predmeti va harakatni sun’iy ravishda bog‘lamaydi, balki 
ulaming xususiyatlari o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi. Ilmiy tadqiqot predmetga 
daxldor dalil va boshqa belgilami jiddiy bilishni talab qiladi. U ma’lum materialning 
harakati, uning xususiyatlari, rivojlanish shakllari va h.k.larda namoyon bo‘ladi. 
Demak, metodning haqiqiyligi, eng avvalo, tadqiqot (obekt) predmetining mazmuni 
bilan bog‘liq. 
Metod subekt bilan chambarchas bog‘liqdir. Boshqacha qilib aytgan-da
«inson umum metodologiyaning markazidir» (Feyerbax). Ikkinchidan, har qanday 
metod u yoki bu darajada boshqaruv quroli vazifasini bajaradi. 
Metod subekt va obektning murakkab dialektikasi acosida rivojlanadi va 
bunda oxirgisi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu ma’noda, har qanday metod, 
eng avvalo, obektiv, mazmunli va konkret bo‘lsada, ayni paytda, subektiv hamdir. 
Biroq u faqat mavjud qoidalar tizimi emas, balki obektiv ilmiylikning davomi 
sifatida namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin