Raqamli texnologiyalar - axborot "raqamlashtirilgan", ya'ni universal raqamli shaklda taqdim etiladigan texnologiyalar. Bularning barchasi ma'lumotlarni yaratish, saqlash va tarqatish imkonini beruvchi texnologiyalardir.
Analog texnologiyalar bilan taqqoslaganda, raqamli texnologiyalar katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash va uzatish uchun ko'proq mos keladi va yuqori tezlikda hisoblashni ta'minlaydi. Bunday holda, ma'lumot imkon qadar aniq, buzilmasdan uzatiladi. Raqamli texnologiyalar – bu gadjetlar, Narsalar interneti (Internet of Things, IoT), Simsiz Internet, Wi-Fi 6 va 5G, O'z-o'zidan boshqariladigan avtomobillar, Sun'iy intellekt va mashinani o’qitish, Virtual va kengaytirilgan haqiqat (VR va AR), 3D bosib chiqarish, Robototexnika, Bulutli hisoblash, Blokcheyn va kriptovalyuta va hokazolar.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston—2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida raqamli texnologiyalar asosida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni takomillashtirish vazifasi belgilangan.
Raqamli texnologiyalarga bulutli texnologiyalar, katta ma’lumotlar, virtual reallik tizimlari kiradi. Ularni qarab chiqamiz.
Bulutli hisoblash (ingl. cloud computing) odatda, foydalanuvchiga kompyuter resurslari va quvvatini internet-xizmat ko‘rinishida taqdim etadi. Shunday yo‘l bilan foydalanuvchiga “sof” ko‘rinishdagi hisoblash resurslari taqdim etiladi va foydalanuvchi o‘zining masalalariga qanday kompyuter ishlov berayotganligi, qanday turdagi operatsion tizim (OT) boshqaruvida amalga oshiralayotganligi kabi savollarga javob ololmasligi mumkin va aslida bu savollarga javob izlashning zarurati bo‘lmaydi.
4-rasm. Bulutli hisoblash modellari
Dastlab paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ishlov berish texnologiyalari orasida grid-hisoblash (1990 yillarda) bir qancha keng tarqalish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Dastlabki davrda bu yo‘nalish texnik vosita protsessorining bo‘sh turgan resurslaridan unumli foydalanish va hisoblash quvvatlarini ixtiyoriy ravishda ijaraga berish tizimini rivojlantirish imkoniyati sifatida qaraladi.
Bulut texnologiasining quyidagi modellari mavjud:
Software as a Service (Dasturiy ta’minot xizmat sifatida) – foydalanuvchiga internet orqali uzoqdan turib dasturiy ilovalardan xuddi xizmat sifatida foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.
Platform as a Service (Platforma sifatidagi xizmat) – foydalanuvchi ixtiyoriga avvaldan o‘rnatilgan operatsion tizim va maxsusu ilovalari mavjud virtual serverlar taqdim qilinadi.
Infrastructure as a Service (Infratuzilma sifatidagi xizmat) – foydalanuvchiga unikal IP-adresli bo’sh virtual server yoki bir nechta internet adreslar birlashmasi va axborot ombori tizimining bir qismi taqdim qilinadi. (4-rasm) Bulutli texnologiyalardan foydalanishning uzluksiz muvaffaqiyatga erishib borayotganligining sababi oddiy: ularni qo‘llash turli-tuman imkoniyatlarga ega hamda infra tuzilish, xizmat ko‘rsatish va xodimlarga sarflanadigan xarajatlarni tejaydi. Masofadagi ma’lumotlar markazida ma’lumotlarga ishlov berish va axborotlarni saqlashga imkon beruvchi texnik ta’minot yetarli darajada soddalashtirilishi mumkin. Bunday muammolarning deyarli barchasi xizmatlar provayderi zimmasiga to‘liq yuklatiladi. Bunday yondashuv korxona kompyuterlarida turli operatsion tizim (OT) (Windows, Linux, MacOS va boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lsa ham ularni standartlashtirishga imkon beradi. Kompaniya ma’lumotlariga kirishni ofisdan tashqarida bo‘lib, internetga ulanish imkoniga ega bo‘lgan xodim va mijozlar uchun birdek ta’minlashni osonlashtirib beradi.
Zamonaviy bulut texnologiyalari nafaqat tayyor tarmoq va server qurilmalari, balki, sekin-asta ichki quriladigan tizimlar (embedded cloud) bozoriga ham jadal kirib bormoqda. Turli tuman qurilmalarni global tarmoqqa ulash va boshqarish g‘oyasi “buyumlar interneti” (Internet of Things – IoT) deb yuritiladi.