II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-modul. Inklyuziv ta’limning metodologik va nazariy asoslari.
1-mavzu. Inklyuziv ta’lim mazmuni va mohiyati. Reja: Inklyuziv ta’lim haqida umumiy ma’lumot.
Nogironlik ta’rifi.
Nogironlik modellari.
Nogironlikning tibbiy modeli.
Nogironlikning ijtimoiy modeli.
Inklyuziv ta’limda qiyinchiliklar va yondashuvlar.
Alohida ehtiyojlarga ega va bunday qiyinchiliklarga ega bo‘lmagan bolalarning shaxs xususiyatlari va kognitiv rivojlanishi uchun integratsiya tizimining afzalliklari.
Inklyuziv ta’limni pedagogik amaliyotga joriy etishning dolzarbligi.
Tizimli aksiologik, antropologik, sinergetik shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga asoslangan yondashuvlar-ijtimoiy va ta’limiy inklyuziyasining nazariy va uslubiy asoslari sifatida.
Inklyuziv ta’limni tashkil etish metodologiyasining fanlararo xususiyatlari.