1-mavzu. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati Reja



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə3/9
tarix07.01.2024
ölçüsü3,49 Mb.
#202856
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati

Fizik aktivlar deganda, asosiy ishlab chiqarish vositalari, ya‘ni ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lgan har qanday mashina va uskunalar tushuniladi.
Pul aktivlari deganda, boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag’larini olish huquqi, masalan, bankdagi depozitlar, aksiyalar, obligatsiyalarni anglatadi.
Nomoddiy aktivlar xodimlarni qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, litsenziyalar sotib olish, savdo belgilarini ishlab chiqarish natijasida firma ega bo’ladigan boyliklardir.
Investitsiyaning uch shakli orasida eng muhimi va hozirgi sharoitda rivojlanish bosqichida turganlaridan biri pul aktivlariga qilingan investitsiyalar bo’lib hisoblanadi.
Qimmatbaho qog’ozlarga qilinadigan investitsiyalar portfel investitsiyalari, fizik aktivlariga qilinadigan investitsiyalar esa real investitsiyalar deb e‘tirof etiladi. Umuman olganda mablag’larni real aktivlarga yoki moliyaviy aktivlarga investitsiyalash mumkin.

1.1-rasm. Tijorat amaliyotida yo’naltiriladigan investitsiyalarning shakllari
Barcha turdagi investitsiyalar milliy iqtisodiyotni rivojlantirish aksi bo’lib hisoblanadi. Ayniqsa yirik korxonalar barpo etish, innovatsion loyihalarni investitsiyalar orqali moliyalashtirish va tadbirkorlikning ayrim sohalarini rivojlantirish uchun investitsiyalarning o’rni beqiyosdir. Ushbu investitsiya shakllari har qanday korxona iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi va uning raqobatbardoshligini ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin