Investitsiyalar hajmining sezilarli ravishda o’sib borishi orqali o’zining ijobiy natijalarini ko’rsatishiga imkon bermoqda. Davlat tomonidan xo’jalik sub‘ektlarini investitsiya faoliyatini rivojlantirishga berilgan e‘tibor va qo’llab-quvvatlash natijasida YAIMda investitsiyalarni dinamik o’sish sur‘atlariga ega bo’ldi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalardan samarali foydalanish birinchi tomondan, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirsa; ikkinchi tomondan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish orqali aholining me‘yordagi turmush darajasini ta‘minlash (farovonligini oshirish) imkonini yaratadi.
Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadalashtirish orqali o’sib borayotgan mehnatga qobiliyatli aholini qo’shimcha ish joylari bilan ta‘minlaydi, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko’maklashadi va h.k.
3Haydarov N.H. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-soliq munosabatlarini takomillashtirish masalalari. I.f.d ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. T.: 2003. 29 b.
16 Kempbell R. Makkonell, Stanli L. Bryu. Ekonomiks, prinsipi, problemi i politika. 2-tom. – M.: «Respublika», 1992. – S. 388.
17 Мертенс А.В. Инвестиции: курс лексий по современной финансовой теории. – Киев: Киевское инвестиционное агенство, 1997. 71 стр.
18 Лоренс Дж. Гитман, Майкл Д. Джонк. Основы инвестирования. – М.: «Дело», 1997 г.
19 Сергеев И.В., Веретенникова И.И. Организация и финансирования инвестиций. – М.: Финанси и статистика, 2001. – с. 16
20 Бочарев В.В. Методи финансирования инвестиционной деятелности предприятий. – М.: Финанси и статистика, 1998. – с. 6-7. Сергеев И.В., Веретенникова И.И. Организация и финансирование инвестиций. – М.: Финанси и статистика, 2001. – с. 6.