1-mаvzu. “Iqtisodiy rivojlаnish nаzаriyalаri” fаn sifаtidа reja: Iqtisodiy oʼsish va iqtisodiy rivojlanish tushunchalari Iqtisodiyoʼsishning turlari



Yüklə 16,28 Kb.
səhifə2/2
tarix10.10.2022
ölçüsü16,28 Kb.
#64843
1   2
Mavzu 1 (1)

3. Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari fani ijtimoiy fan boʼlib, falsafa, sotsiologiya, psixologiya, хuquq, siyosatshunoslik, tarix kabi ijtimoiy fanlar bilan xam chambarchas bogʼliqdir, ulardan uslubiy va ilmiy ozutsa oladi va ularga xam manba boʼlib xizmat qiladi. Lekin ularning xech biri Iqtisodiy taraqqiyot nazariyalari fanining oʼrnini bosa olmaydi, bu fanning oʼz vazifasi va predmeti bor.
Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari fanining predmeti - Iqtisodiy rivojlanishga erishish maqsadida moddiy neʼmatlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taxsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xoʼjalikni samarali yuritish qonun- soidalarini oʼrganishdan iborat.
Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari fani iqtisodiy munosabatlarning turli shart-sharoitlarda, zamon va makonda shaklan va mazmunan oʼzgaruvchanligini, ularni ifoda etuvchi ilmiy tushunchalar, qonun-tsoidalarning xam oʼzgarib turishini, ularning doimo harakatda, rivojlanishda bulishini urganadi. Bundan tashtsari, iqtisodiy taraqqiyot nazariyalari fani turli iqtisodiy voqia xodisalar va jarayonlarning mazmuni hamda moxiyatini urganibgina solmay, ularning oʼzaro aloqadorligini, bir-biriga taʼsirini xam tahlilqiladi.
Uslubiyat umumiy tavsifga ega, lekin har bir fan oʼzining predmetidan kelib chitsib, oʼzining ilmiy bilish usullariga ega boʼladi.
Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari fanining oʼziga xos tadtsitsot usullari xam mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraktsiyadir. Iqtisodiy jarayonlarning moxiyati oʼzgarishini oʼrganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib bulmaydi, bunda abstraktsiya kuchi ishga solinadi.
Ilmiy abstraktsiya usuli - tahlil paytida xalal berishi mumkin boʼlgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-xodisalarni fikrdan chetlashtirib, urganilayotgan jarayonning asl moxiyatiga eʼtiborni saratishdir. Bu usul yordamida urganilayotgan voqea va xodisaning ichki, koʼzga kurinmaydigan moxiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi.
Tahlil va sintez usuli tahlil- bu urganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlilqilish. Sintez - bu urganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb sarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab iqtisodiy tizimlar ana shu yoʼl bilan urganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab beriladi.
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli iqtisodiy rivojlanish nazariyasida tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozoqiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai-nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zarur qonuniy bogʼlanishlar buyicha xam tahlil kilinadi.
Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari fanining ahamiyatini uning maqsad va vazifalaridan anglab olishimiz mumkin.
Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, yaʼni xam amaliy va xam nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin.
Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari fani makroiqtisodiy darajasida tahlil kilib, uning sohalari, koʼrsatkichlari, omillari oʼrtasidagi bogʼlanishlarni, iqtisodiy oʼsishyoʼllarini aniqlab kursatadi va davlatning ichki va tashki iqtisodiy siyosatida ilmiy asos boʼlib xizmat qiladi.
Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari fanining maqsadi esa, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. Shundan kelib chiqadiki, iqtisodiy jarayonlar va xodisalarni koʼzatish, ulardagi shakl va mazmun oʼzgarishlarini, ichki bogʼlanish va aloqalarni, ziddiyatlarni, qonun-koidalarni, tushunchalarni bilib, birinchi navbatda, talabalarga, iktisodchi mutaxassislarga va iqtisodiyOk rivojlanish bilan qiziquvchi boshqa xodimlarga oʼrgatishdan iboratdir.
Umuman olganda, iqtisodiy rivojlanish nazariyalari fani iqtisodiy jarayonlar, voqea va xodisalar sirini bilishda ilmiy kullanmadir.
Yüklə 16,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin