Diagnostik tahlil
Jahon moliyaviy-iqtsodiy inqirozining sabab-oqibatlarini o‘rganishdan olingan saboqlardan biri korxona faoliyatini iqtisodiy jihatdan o‘rganishda voqeliklarning yuzaga kelayotgan belgilari hamda simtoplari orqali, ularni tavsiflash asosida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar va ularning natijalarini oldindan ilmiy asosda bashoratlash zarurat ekanligidir. Oldindan bashoratlangan natijalar maqsadga muvofiq bo‘lsa, jarayon o‘z yo‘nalishda davom ettiriladi. Agar, jarayon natijasining samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar aniqlansa, topilgan omillar chora-tadbirlar vositasida faoliyatga joriy etiladi. Basharti, diagnostika natijalari salbiy holatlarni ko‘rsatsa, unda reja va budjet ko‘rsatkichlari bozor talablari hamda korxona imkoniyatlari asosida qaytadan ko‘rib chiqiladi va zarur o‘zgartirishlar oldindan amalga oshiriladi. Diagnostik tahlil qisqa yoki uzoq muddatli voqeliklarni o‘rganib ularni iqtisodiy holatning istiqbolli natijalarini hamda rivojlanishini ko‘rsatib beradi. Demak, mazkur tahlil turi korxona faoliyatini boshqarishning asosiy funksiyalaridan birini muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, hozirgi davrda iqtisodiy tahlil uchun kerakli manbalar hajmi qisqarib borishi, ularning o‘zgarib turishi, tahlil ishlarini me’yoriy manbalar bilan ta’minlash qiyinlashib borayotgan sharoitda diagnostik tahlilga ehtiyoj kuchaymoqda. Chunki kam ma’lumotlar asosida yuzaga keladigan holatlarni oldindan to‘g‘ri ko‘rsatib berish bugungi kun talabidir.
Korxonalarda iqtisodiy diagnostika ko‘plab turdagi kompleks analitik vazifalarni hal etish imkonini beradi.
Iqtisodiy diagnostikada barcha turdagi ma’lumotlar manbayidan foydalanish uning aniqligi va ishonchliligini oshiradi.
Iqtisodiy diagnostika korxona faoliyati darajasida uchta bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda diagnostik tahlil o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan ko‘rsatkichlar ro‘yxati tuziladi. Ikkinchi bosqichda o‘rganiladigan parametrlar bo‘yicha analitik tadqiqotlar olib boriladi. Uchinchi bosqichda diagnostikaning natijasiga va olingan ma’lumotlarning boshqaruv jarayonlarida foydalanishiga baho beriladi.
Dostları ilə paylaş: |