1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va



Yüklə 484,9 Kb.
səhifə1/82
tarix16.12.2023
ölçüsü484,9 Kb.
#182738
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org


1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va

1-MAVZU. IQTISODIY TAHLILNING SHAKLLANISHI VA



RIVOJLANISH BOSQICHLARI O’RGANILADIGAN MASALALAR
        1. Bilish nazariyasi va iqtisodiy tahlil



  1. Bozor iqtisodiyoti va iqtisodiy tahlil
        1. Iqtisodiy tahlil – boshqaruvning muhim funksiyasi



  2. Iqtisodiy tahlil fanining shakllanish elementlari
        1. O‘zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining rivojlanishi




  1. Bilish nazariyasi va iqtisodiy tahlil

Bilish – falsafa fanining fundamental uslubiy bo‘limi bo‘lib, u ob’yektiv borliqni inson ongida aks etishini o‘rgatadi. Avvalo, mazkur nazariyada bilishning obyekti va subyekti tushunchasi aniqlanadi. Birinchi tushuncha mazmuni bevosita obyektiv xatti-harakat, amaliyot, insonning moddiy faoliyati, ya’ni jamiyat rivojlanishining asosini tashkil etuvchi shaxslardan iborat bo‘ladi. Ikkinchi tushuncha esa insonning o‘zi, jamiyat, insoniyat, ya’ni bilish obyektiga ijodiy yondashuvchi shaxslardan tashkil topadi. Bilish obyekti va subyektining dialektik birligi uning ishonchliligini va haqqoniyligini ta’minlaydi.

Amaliyot va uning seziluvchi predmetlari – moddiy buyumlashgan, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik mazmundagi tomonlari bilishning obyekti hisoblanadi.
Zamonaviy fanlarning usul va uslublarini umumlashtirib aytish mumkinki, bilish jarayonida quyidagi vositalardan keng foydalaniladi: analiz va sintez, eksprement, modellashtirish. Ta’kidlash kerakki, bularning barchasini asoslaydigan hamda amalga oshiradiganlar – shaxslardir, ya’ni mutaxassislardir. Ular mohiyatiga ko‘ra barcha holatlarni yuqori darajada analiz-sintez etadigan fikrlash qobiliyatiga egadirlar.
Fikrlash ijodiy jarayon sifatida tushuncha, hukm, xulosalarni o‘z ichiga oladi.
Obyektiv reallik: hodisalar, buyumlar, munosabatlar, ko‘rsatkichlar o‘z shakli va mazmuniga hamda xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi, guruhlarga ajratiladi hamda fikrlash vositasida muayyan tushunchani hosil qiladi.
Hukm orqali nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi. Tahlil etilgan jarayonlar sintez etilib, xulosa chiqariladi.
Aytilganlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, bilish nazariyasi orqali o‘rganilayotgan borliqning muayyan obyekti to‘g‘risida ishonchli va haqqoniy ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.
Barcha tarmoq fanlarining uslubiy asosi sifatida bilish nazariyasi iqtisodiy tahlilning ham mohiyati, zaruriyligi va natijasini aniqlab beradi.
Iqtisodiy tahlil – amaliy fandir. Agar u bilish nazariyasiga tayanib rivojlansa, insonning amaliy faoliyatida naflilik va iqtisodiy samaradorlik oshadi. Bu esa fanning amaliy hayotda o‘z o‘rnini topganidan dalolat beradi.
Shu sababli iqtisodiy tahlil o‘z faoliyatida dialektikaning asosiy tamoyillariga asoslanadi. Ular quyidagilardan iborat:

  • doimo harakat;


  • o‘zaro aloqa va o‘zaro bog‘liqlik;


  • sabab-oqibat;


  • koordinatsiya va subkoordinatsiya;


  • qarama-qarshilik;


  • miqdor o‘zgarishidan sifat o‘zgarishi;


  • inkorni-inkor va boshqalar.


Ushbu tamoyillar asosida tahlil obyektni ham tizimli, ham kompleks tarzda o‘rganib, u bo‘yicha zarur qonunlar, qoidalar va o‘ziga xos jihatlarni aniqlaydi.


Amaliyot uchun iqtisodiy tahlilning xususiyati, zaruriyligi va qimmatli tomoni, u voqea-hodisalar dinamikasini o‘rganadi.
Bu jarayonda mazkur fan – tadqiq qilish mumkin bo‘lgan obyektiv reallik; predmet va hodisalar u yoki bu tomon hamda jihatlarga ko‘ra boshqalar bilan bevosita va bilvosita bog‘liq bo‘lgan holda, doimo harakatda, o‘zgarishda deb qaraydi. Iqtisodiy hodisalarning bir-birlariga bog‘liqligini, o‘zaro harakatlarini, alohida shaklda yuzaga chiqishini va boshqa tomonlarini o‘rganmasdan turib, ularning tuzilishi, harakat qonunlari, xususiyatlarini o‘rganib bo‘lmaydi. Bu esa muayyan iqtisodiy obyektni muhim belgilarga ko‘ra bo‘laklarga bo‘lib, so‘ngra ularning umumiyligini ta’minlovchi jihatlarini tahlil yordamida aniqlab tegishli xulosalar olishda hamda ulardan amaliyotda foydalanishda juda muhimdir.
Bilishning subyekti bo‘lgan inson tomonidan iqtisodiy faoliyatdagi turli voqealar kuzatilib, ularning natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi, ya’ni faktlar to‘planadi. Ma’lumki, fanda voqealar bevosita o‘zi tahlil etilmaydi, balki ular qayd etilgan faktlar bo‘yicha o‘rganiladi.
Emperik bilishlar bo‘yicha qayd etilgan faktlar fanga kiradi, qayta ishlanadi va saqlanadi. Lekin inson tomonidan qayd etilgan faktlar bir butun voqea yoki predmetni o‘rganish uchun yetarli hisoblanmaydi. Buning uchun o‘rganilayotgan obyekt muayyan belgilar bo‘yicha guruhlar va yoki bo‘laklarga ajratilishi zarur. Bulardan ma’lum bo‘lmoqdaki, aniq obyekt to‘g‘risida ilmiy faktlar to‘plash, ularni tahlil qilishdan boshlanar ekan. Yuqorida aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, tahlil, jamiyat yoki tabiatdagi voqea va hodisalarni o‘rganish usuli bo‘lib yuzaga chiqadi.
Bir butun obyektni fikran bo‘laklarga bo‘lib o‘rganish tahlilda o‘ta ahamiyatli tadqiqot usuli bo‘lib hisoblanadi. Mazkur usul o‘rganilayotgan hodisani ichki mohiyatini ochishda va uni turli omillarga bog‘liqligini aniqlashda juda muhimdir. Bunday fikrlashda falsafaning abstrakt usul-uslublaridan keng foydalaniladi.
Tahlilda bir butun hodisa yoki predmet bo‘laklarga bo‘linib, uning har bir alohida tomonlari o‘rganiladi. Lekin bu bilan o‘rganilayotgan obyektni to‘la ma’noda tavsiflab bo‘lmaydi. Buning uchun obyektni o‘rganilayotgan tomonlarini umumlashtirib, umumiy jihatlarni hosil qilish kerak. Mazkur masala esa sintez usuli bilan amalga oshiriladi.
Ta’kidlash kerakki, hodisa yoki jarayonlar o‘rganilib ilmiy xulosalar chiqarilishida tahlil va sintez usuli birgalikda harakat qiladi. Mazkur tartib
obyektning dialektik birligini ta’minlaydi. Bu bilan tadqiq etilayotgan predmet yoki hodisalarning dialektik birligini har tomonlama bilish mumkin.
Faktlar tahlilidan nazariy sintezga o‘tish induksiya va deduksiya metodlari yordamida amalga oshiriladi.
Induksiya – alohida faktlar bilimidan umum bilimlarga (ya’ni qonunlar yoki boshqa amaliy va zaruriy aloqalarni aks ettiradigan) o‘tish usulidir.
Deduksiya – fikrlarni umumiylikdan xususiylikka tatbiq etish usulidir. Bunda, umumiy tasnifdagi qonunlar, bog‘liqliklar xususiy tasnifga o‘tkaziladi.
Mazkur usullar yordamida iqtisodiy hodisalarni, ham xususiy, ham umumiy jihatlari o‘rganilib, ular bo‘yicha tegishli xulosalar olinib, amaliyotga tatbiq etiladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan bilishning elementlari, usullari (dialektika, analiz, sintez, induksiya va deduksiya) iqtisodiy tahlil fanida ham iqtisodiy voqea va
jarayonlarni o‘rganishning asosini tashkil etadi.
Iqtisodiy tahlil aytib o‘tilgan umumiy usullar va xususiy jihatlar bilan birgalikda alohida fan sifatida yuzaga chiqib, korxonalarni tadqiq qilish tizimiga ega bo‘ladi.


        1. Yüklə 484,9 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin