1. Marketingning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni



Yüklə 44,5 Kb.
səhifə1/3
tarix02.12.2023
ölçüsü44,5 Kb.
#171296
  1   2   3
Savdo sohasida marketing tadqiqotlari


Savdo sohasida marketing tadqiqotlari
Reja:


1.Marketingning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni
2. Marketingning asosiy tamoyillari
3.Korxonada marketingni o‘rganish
4. Iste’molchilarni o‘rganish
1.Marketingning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda marketingga iste’mol talabini yaxshi bilishga asoslangan va korxonaning bozor va ishlab chiqarish strategiyasini aniqlovchi, boshqaruvning yetakchi funksiyasi sifatida qaraladi.
«Marketing» iborasi inglizcha -bozorni anglatib, bozorda mahsulot sotish sohasidagi faoliyatni bildiradi. Biroq marketing - keng tushunchadir. Bozorni har tomonlama chuqur o‘rganish, unga faol ta’sir ko‘rsatish, iste’molni shakllantirish, ishlab chiqaruvchi va iste’molchini bog‘lash, ularga bir-birlarini topishda yordam ko‘rsatish marketing faoliyatining asosiy maqsadidir.
Inson eqtiyojlari cheksizdir, lekin ularni qondirish resurslari cheklangandir. Inson, o‘z moliyaviy imkoniyatlari chegarasida, o‘zini iloji boricha to‘laroq qondiradigan tovarni tanlaydi. Tovar qanchalik xaridor eqtiyojini to‘la qondirsa, ishlab chiqaruvchi shunchalik muvaffaqiyat qozonadi.
Odamlar almashtirish yordamida o‘z ehtiyojlarini qondirishga qaror qilgan hollarda marketingga ehtiyoj tug‘ildi. Marketing faoliyatida bozor ikki turga bo‘linadi. Sotuvchi bozori - bu odatda, taqchil bozor bo‘lib, sotuvchilar hukumron bo‘ladi va xaridorlar bozorning faol ishtirokchilari hisoblanadi. Xaridar bozori - odatda, to‘yingan bozordir, bu bozorda xaridorlar hukumron bo‘lib, sotuvchilar faol harakat qilishlari lozim bo‘ladi.
Har qanday sotuvchi mahsulotini sotish muammosiga duch keladi, ya’ni mahsulotini iste’molchiga yetkazib berishi shart. Har bir sotuvchi va xaridorning maqsadi tijorat yakunidan qanoatlanishdir.
Mahsulotga mo‘ljallangan marketing korxona faoliyati yangi xil tovarni ishlab chiqarishga yoki avvaldan chiqarilayotgan tovarni takomillashtirishga qaratilganda qo‘llaniladi. Bu holda asosiy vazifa, iste’molchilarda yangi yoki takomillashtirilgan tovarni sotib olishga qiziqish uyg‘otishdan iborat.
Iste’molchiga mo‘ljallangan marketing, korxona faoliyati bevosita bozordan kelib chiqayotgan talabni qondirishga qaratilgan hollarda qo‘llaniladi.
Bu borada marketingni asosiy vazifasi potensial iste’molchini o‘rganishdir. Marketingni bu turi tijorat faoliyatining eng muhim qismidir, chunki, iste’molchilar talabini o‘rganmay turib tadbirkor ish yurita olmaydi.
Marketing quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- bozorni kompleks o‘rganish:
- potensial talabni va qondirilmagan ehtiyojni o‘rganish:
- tovar assortimentini va narxi rejalashtirish:
- mavjud talabni to‘la qondirishga taalluqli chora-tadbirlarni ishlab chiqish:
- sotishni rejalashtirish va amalga oshirish:
- ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqaruvni takomillashtirish choralaryni ko‘rish. Ishlab chiqarish tugatilayotgan yerda marketing boshlanmaydi.
Aksincha, ishlab chiqarish xarakterini va ko‘lamini belgilaydi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, yuqori unumdagi avtomatik qurilmalar va ilqor texnologiyalardan foydalanish marketing tomonidan aniqlanadi.
O‘z faoliyatini marketing prinsipi asosida olib borayotgan firma, marketing izlanishi natijasida ishlab chiqarishni va mahsulot sotish asosida tovar bo‘yicha dasturlar ishlab chiqadi.
xorijiy tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, u yoki bu tovarni so-tishda erishiladigan muvaffaqiyat nafaqat firmaning ishlab chiqarishi va moliyaviy imkoniyatlariga, balki to‘lov qobiliyatli talabga, ya’ni iste’molchiga mo‘ljallangan marketingdan foydalanishga bog‘liqdir.
Marketing bozorga kirishga sharoit yaratadi.

Yüklə 44,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin