1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Iqtisodiy tahlil – boshqaruvning muhim funksiyasi



Yüklə 484,9 Kb.
səhifə3/82
tarix16.12.2023
ölçüsü484,9 Kb.
#182738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org

Iqtisodiy tahlil – boshqaruvning muhim funksiyasi

Xalqaro va milliy iqtisodiyot tajribalaridan ma’lumki, bozor munosabatlarida mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’iy nazar korxonalarda ishlab chiqarishni samarali tashkil etish, eng avvalo, tizimda boshqaruv rolini to‘g‘ri belgilash va uni ilmiy tashkil etishdan boshlanadi. Chunki boshqaruv vositasida korxona o‘z oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal qiladi va belgilangan maqsadlariga erisha boradi.

Korxonada boshqaruv tizimi o‘z obyekti va subyektidan iborat bo‘ladi. Boshqaruv obyekti – bu ishlab chiqarish faoliyati, subyekti esa uning boshqaruvi tarkibidir. Obyekt va subyekt boshqariladigan hamda boshqaruvchi kichik tizimni tashkil etadi. Ularning har biri o‘ziga yuklatilgan funksiyalarni bajaradi. Ammo mazkur kichik tizimlar bir-birlari bilan uzluksiz va chambarchas aloqada bo‘lib, ayni holatda yagona tizimni tashkil qiladi.
Korxonadagi boshqaruv subyekti – boshqaruv obyektining katta-kichikligi va o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib tashkil etiladi. Lekin boshqaruv subyekti har doim ishlab chiqarish va xo‘jalik jarayonlarining o‘zgarishiga ko‘ra obyekt shakli va unga ta’sir etuvchi usullarni belgilaydi hamda takomillashtirib boradi. Boshqaruvchi kichik tizim boshqaruv obyektini tartibga soladi, maqsad va dasturlarni boshqaruv funksiyasiga ko‘ra ishlab chiqadi va ularni nazorat etadi. Demak, boshqaruv subyekti korxona tizimida faol rol bajarar ekan. Yana boshqa- ruv subyekti boshqaruvning yetakchi funksiyalarini: marketing, rejalashtirish, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, tartibga solish hamda nazorat va auditlarni amalga oshiradi.
Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda korxona faoliyatini tashkil etish va yuritishni marketing qonunlari, tartiblari va tamoyillarini bilmasdan turib amalga oshirish mumkin emas. Chunki marketing ilmi asosida eng maqbul dasturlar yoki rejalar ishlab chiqiladi.
Boshqaruv tizimi sifatida marketing faoliyatining asosiy tamoyillari mazmuni quyidagi ko‘rinishni oladi:

  • ishlab chiqarishning bozordagi talabga mos tushishi;


  • bozordagi holat va korxonaning haqiqiy ishlab chiqarish imkoniyati;


  • xaridor va buyurtmachilar talabini yanada to‘laroq qondirish;


  • aniq bozorlarda mahsulot va xizmatlarni ko‘zda tutilgan hajmda va belgilangan muddatda sotish;


  • ishlab chiqarish va tijorat faoliyatining uzoq muddatli rentabelli ishlashini ta’minlash;


  • tanlab olingan marketing strategiyasi va taktikasiga qat’iy amal qilish (bozor holatini e’tiborga olgan holda);


  • doimo o‘zgarib turuvchi bozor holatiga va xaridor talabiga moslashish. Mazkur sanab o‘tilgan tamoyillarga amal qilish va marketing dasturini ishlab


chiqish hamda uni amalga oshirish bevosita analitik hisob-kitoblar bilan chambarchas bog‘langan. Bu jarayonlar asosida juda ko‘plab iqtisodiy tahlil ishlari bajariladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:


  • korxona iqtisodiga tashqi va ichki muhitning ko‘rsatadigan ta’siri tahlili;


  • bozor holati tahlili (keng ko‘lamda, tovar guruhlari va alohida tovarlar bo‘yicha);


  • iste’molchilar va sotib oluvchilar tahlili;


  • raqobat holati tahlili;


  • bozordagi baho hamda o‘z bahosini belgilash taktikasi tahlili;


  • moliyaviy natijalar tahlili.


O‘rganilgan tashqi va ichki muhit hamda holat, mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib korxona ishlab chiqarish faoliyati uchun joriy biznes-rejasi tuziladi.


Biznes-rejada har bir element puxta tahlil qilish asosida belgilanadi. Chunki ular real istiqbolli hamda eng asosiysi samarali bo‘lishi shart.
Korxonada biznes-reja quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
  1. Kirish – rezyume.


  2. Ishlab chiqarish maqsadi – ishlab chiqariladigan mahsulotlar ro‘yxati (ularning afzalligi yoki farqi boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan taqqoslanadi).


  3. Mahsulot sotiladigan bozor holatini belgilash (zaruriy ma’lumotlar to‘plash va ularni tahlil qilish).


  4. Asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha raqobatdoshlikni aniqlash (ishlab chiqarish hajmi, sotish hajmi, mahsulot sifati, baho darajasi, o‘rtacha foyda).


  5. Marketing strategiyasi.


  6. Ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish quvvati, hom-ashyo resurslari, mutaxassislar).


  7. Tashkiliy tamoyillar (ishlab chiqarish xizmati, ularni muvofiqlashtirish, o‘zaro harakati va bir-birini nazorat etish tartibi).


  8. Tijorat tavakkali va chorasi.


  9. Moliyaviy reja.


  10. Moliyalashtirish strategiyasi.


  11. Tovar-material ta’minoti va shu kabilar.


Biznes-rejaning har bir bo‘limi hisob-kitob qilinib, umumlashtirilganda korxona ishlab chiqarish faoliyatidan oladigan foydasi eng quyi ko‘rinishda tarmoqda erishiladigan o‘rtacha foyda me’yoridan past bo‘lmasligi kerak. Shuning uchun rejaning har bir bosqichi hamda uning elementlari tahlil asosida puxta qilib tuziladi.


Demak, ishlab chiqilgan reja vositasida qo‘yilgan maqsadga erishish uchun boshqariladigan obyektning samarali funksiyasi yo‘nalishi aniq belgilanadi.
Belgilangan rejalarning amalda qanday bajarilayotgani yoki ishlab chiqarishning borishi to‘g‘risida real ahvolni buxgalteriya hisobi yordamida o‘rganiladi. Buxgalteriya hisobida shakllangan ma’lumotlar pirovard natijada boshqaruv ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Boshqaruv qarorlari esa tahlil ma’lumotlariga asoslanadi. Demak, iqtisodiy tahlil reja, bozordagi ahvol va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida obyektdagi o‘zgarishni miqdor va sifat jihatdan o‘rganadi hamda baho beradi. Uning yordamida yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklar topiladi hamda tugatiladi, obyektni yanada rivojlantirish yo‘llari belgilanadi yoki samarali ishlashni ta’minlaydigan yo‘nalishga o‘tkaziladi. Bu esa, boshqaruv qarorlarini nechog‘lik real qabul qilinishiga asos bo‘ladi.
Demak, buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari ham iqtisodiy tahlil vositasida qayta ishlanar ekan. Bu bilan iqtisodiy tahlilning boshqaruv faoliyatidagi o‘rni yanada yaqqolroq ko‘rinadi.
Boshqaruv jarayonida tartibga solish funksiyasi – boshqaruvchi subyektning eng maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o‘ta muhim hisoblanadi. Bu bilan, o‘rganilayotgan obyektga kompleks yondashilib, butun bir tizimni ijobiy va salbiy jihatlari nazarda tutilgan holda eng maqbul choralar yoki tadbirlar belgilanadi. Natijada boshqaruv obyekti faoliyati yoki dasturidagi salbiy holatlar tugatiladi va boshqaruv dasturlariga aniqlik kiritiladi. Mazkur ishlar bevosita iqtisodiy tahlil yordamida amalga oshiriladi. Chunki tartibga solinayotgan har bir obyekt har tomonlama chuqur o‘rganiladi.
Boshqaruvda asosiy faoliyatning ishonchliligini ta’minlashda nazorat etishning ham roli kattadir. Uning yordamida faoliyatning borishi, ularning nechog‘lik haqqoniyligi tekshiriladi. Tekshirish jarayonining sifati, ishonchliligini oshirish uchun tahlilning usullari, tamoyillaridan foydalaniladi va shu asosda kerakli xulosalar yoziladi.
Misol uchun, korxonada audit tekshirishlarida moliyaviy holat; moliyaviy barqarorlik; moliyaviy natijalar va shu kabilarni o‘rganadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan boshqaruvning barcha funksiyalari korxonaning iqtisodiy rivojlanishi uchun tayinlangan. Biroq, korxonani faqatgina iqtisodiy tizim deb qarash ham unga bir tomonlama yondashishni keltirib chiqaradi. Chunki uning o‘ziga xos moddiy-texnik, ijtimoiy, ekologik va boshqa shu kabi tomonlari ham mavjud.
Demak, korxona tizimida moddiy-texnik, ijtimoiy, ekologik jarayonlarni ham tahlil etish undagi mazkur yo‘nalishdagi haqiqiy ahvol va uni takomillashtirish masalalarini o‘rganadi va ularga ta’sir etadi. Natijada boshqa tomonlarning iqtisodiy jarayonlarga ko‘rsatgan ta’siri aniqlanadi.
Fikrimizni umumlashtirib, shuni aytish mumkinki, iqtisodiy tahlil korxonani boshqarishning muhim funksiyalaridan biridir.
Uning yordamida:
  • boshqaruv qarorlarining ilmiy asoslanishi ta’minlanadi;


  • mulk va mablag‘lardan foydalanishning muqobillik shartlarini belgilaydi va boshqaruvchi ular qatoridan o‘zi uchun maqbul bo‘lgan optimal variantlarni tanlaydi;


  • istiqbolli boshqarish uchun zamin tayyorlaydi.



        1. Iqtisodiy tahlil fanining shakllanish elementlari1




1 Пардаев М. Иқтисодий таҳлил назарияси. Дарслик. «Зарафшон» нашриёти, Самарқанд, 2001, 28-33 бетлар.
Muayyan voqelikka bo‘lgan ehtiyoj zaruriyatga aylanib, uni yuzaga chiqaradi. Demak, voqeliklar sharoitga ko‘ra obyektiv tarzda shakllanadi. Korxonalarni iqtisodiy tahlil qilish fani ham iqtisodiy nazariya, buxgalteriya hisobi, statistika va shu kabi fanlar asosida vujudga kelgan. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha birinchi asar XV asrda Italiyada paydo bo‘ldi. Mazkur davrdagi kitoblarda ko‘proq buxgalteriya hisobining savdo va kredit operatsiyalari yoritilgan.
Ishlab chiqarishning kontsentratsiyalashuvi, korxonalarning yiriklashuvi, xo‘jalik faoliyatining kengayishi iqtisodiy jarayonlarning murakkablashuvi hisob ishlarini takomillashtirish zaruratini tug‘dirdi. Shu bois, XVI–XVII asrlarda buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan kitoblar Gollandiya, Fransiya, Angliya kabi mamlakatlarda chop etildi. Natijada buxgalteriya yer kurrasining bir qismida emas, balki barcha mamlakatlarda keng yoyila boshladi.
Rossiyada buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan asarlar XVIII asrda paydo bo‘la boshlagan. Oldin chet el adabiyotlari rus tiliga tarjima qilingan bo‘lsa, so‘ngra rus olimlari ham bu fanga bag‘ishlangan asarlarni chop etishga kirishganlar.
XVIII asr oxirida Shimoliy Amerika va Yevropa mamlakatlaridagi ishlab chiqarish taraqqiyoti korxonalardagi iqtisodiy jarayonlarni to‘g‘ri va to‘liq hisobga olishni talab qiladi. Shu bilan birga ishlab chiqarishning takomillashib borishi, korxonalar o‘rtasida erkin raqobatning vujudga kelishi buxgalteriya ma’lumotlarini chuqurroq o‘rganishni va uni to‘g‘ri tushuntirish zaruratini tug‘dirdi. Bu esa o‘z navbatida tahlil elementlarining vujudga kelishini taqozo qildi, chunki «tijorat sirini» takomillashtirish borasidagi juda ko‘p savollarga buxgalteriya hisobi va statistika fani javob berishga qiynalib qoladi.
Korxonalarni to‘g‘ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini yaxshilash, raqobatbardoshlik quvvatini oshirish xo‘jalik faoliyatini chuqurroq o‘rganishni talab qildi. Bu esa buxgalteriya balansi va boshqa hisobotlarda ifodalangan ba’zi ko‘rsatkichlarga izoh berishni talab qildi. Bular esa o‘z navbatida hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun obyektiv asos bo‘lgan.
Tahlilnint elementlari birinchi marta 1880-yillarda chiqa boshlagan
«Счётоводство» jurnalida paydo bo‘la boshlagan. Keyinchalik bu jurnalda buxgalteriya balansini tahlil qilishga bag‘ishlangan juda ko‘p maqolalar e’lon qilingan. Shunday qilib, tahlilning ba’zi elementlari mavjud bo‘lgan fan –
«Balansshunoslik» fani paydo bo‘lgan.
Bu fanning balansshunoslik deb atalishiga asos bo‘lgan, chunki o‘sha paytlarda xo‘jalik faoliyatining natijasi asosan buxgalteriya balansida ifoda etilgan, xolos. Balans ma’lumotlariga asosan korxonaning mablag‘i yoki ular manbayining ma’lum muddatda o‘zgarishi aniqlanadi. Lekin shu o‘zgarishlar nima evaziga sodir bo‘layotganligi, ularga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatayotganligi korxona egasi uchun muhim bo‘lib bordi. Bu esa balansdagi ko‘rsatkichlarni batafsil tahlil qilish zaru- ratini vujudga keltiradi. Tahlilning ilk ko‘rinishi – «Balansshunoslik» fani shu tariqa shakllana bordi.
Tahlil fanining vujudga kelishida va uning shakllanishida olimlardan V.S.
Nemchinov, A.V. Prokofyev, R.Ya. Veytsman, I.S. Arinushkin, P.N. Xudyakov, kabilarning juda katta xizmatlarini ta’kidlash lozim. Bu mualliflar asarlari asosan o‘tgan asrdagi korxonalarning murakkab faoliyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Jumladan, 1883-yilda A.V. Prokofyevning «Ikki yoqlama buxgalteriya kursi» asari chop etilgan. Ammo bunda maxsus tahlilga bag‘ishlangan bo‘lim yo‘q bo‘lsa-da, biroq balans ko‘rsatkichlari faqat nazorat qilish uchun emas, balki tahlil qilish uchun ham kerak, deb ta’kidlangan.
1917-yilga qadar nashr qilingan asarlarga R.Ya. Veytsmanning «Hisob- shunoslik kursi» kitobini kiritish mumkin. Bu kitobda balans talqiniga bag‘ishlangan maxsus qism bo‘lib, unda ko‘rsatkichlar tahlil qilingan. Bu kitobda muallif balansning aktiv va passiv qismlaridagi moddalariga izoh berib, ularning real va haqiqiy ekanligini isbotlashga uringan. Birinchi marta «Balans-netto» tushunchalari kiritilgan. I.S. Arinushkin 1912-yilda «Aksioner korxona balansi» kitobini chop etadi. Bu asar faqat balans moddalarini tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Unda balansning tuzilish tartibi, moddalarni baholash yo‘llari, xo‘jalik faoliyatini yaxshilash usullari yoritilgan. Shunday qilib XIX asr boshlarida xo‘jalik faoliyatini, jumladan, buxgalteriya balansini tahlil qilish usullari vujudga keladi, ammo tahlil fani hali mustaqil fan sifatida shakllanmaydi. Shu tufayli tahlil fani eng avvalo buxgalteriya hisobi fanining bir qismi bo‘lib shakllanadi.
Ishlab chiqarish taraqqiyoti krizis va raqobatni ham vujudga keltirdi. Bunday sharoitda har bir korxona faoliyatining moliyaviy barqarorligi, undagi «tijorat siri» muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday sharoitda buxgalteriya balansi ma’lumotlari yetarli bo‘lmay qoldi. Buxgalteriya balansi bilan birgalikda boshqa ko‘rsatkichlarni ifodalaydigan hisobotlar ham vujudga kela boshladi va tahlilning ko‘lami kengaydi. Oldin, faqat buxgalteriya balansi tahlil qilingan bo‘lsa, endi unga boshqa hisobotlar tahlili ham qo‘shilib «Hisobot tahlili» vujudga keldi. Bunda buxgalteriya balansidagi ko‘rsatkichlar bilan birgalikda «Foyda va zararlar» haqidagi hisobot ma’lumotlaridan ham foydalanildi.
Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish fani mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar o‘ziga xos tarixga va bir qancha nomlarga ega bo‘ldi. Iqtisodiy tahlilning vujudga kelish tarixi bo‘yicha nashr qilingan adabiyotlar, uning fan sifatida shakllanishi va nomining ham takomillashib borganligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, tahlil fani vujudga kelguncha bir qancha evolyutsion yo‘lni bosib o‘tdi. Nihoyat u fan sifatida shakllandi. Biroq fan tarzida u bir necha nomlar bilan ataldi. Xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish fanining vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyot jarayonida atalgan nomlari:
  • Balansshunoslik


  • Balans talqini


  • Balansni tahlil qilish


  • Hisobot tahlili


  • Iqtisodiy tahlil


  • Ijtimoiy-iqtisodiy tahlil


  • Xo‘jalik faoliyati tahlili


  • Iqtisodiy tahlil


Bu yerdagi eng muhim holat iqtisodiy tahlil fani obyektiv zarurat bo‘lib yuzga keldi hamda shakllana boshladi. Shu bilan birga foydalanuvchilar hamda iqtisodiy fanlar differensatsiya natijasida o‘z nomi, shakli, mazmuni hamda boshqa jihatlariga ega bo‘ldi.



        1. O‘zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining rivojlanishi 1

O‘zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining shakllanishi hamda rivojlanishi 1931- yilda Toshkent moliya-iqtisod institutining tashkil topishi bilan chambarchas bog‘liq. Mana shu davrdan xalq xo‘jaligining moliya sohasi hamda tarmoqlari iqtisodiy jihatdan tahlil qilinib o‘rganilgan. Garchand, iqtisodiy fanlar qatoridan iqtisodiy tahlil fani alohida predmet bo‘lib ajralib chiqmagan bo‘lsa-da, uning usullari va uslublaridan boshqa fanlarda foydalanilgan. Ayniqsa, moliya, kredit, buxgalteriya hisobi fanlarida iqtisodiy tahlil elementlari keng ko‘lamda qo‘llanilgan.



1950-yillargacha xo‘jalik faoliyati tahlili buxgalteriya hisobi fani tarkibida o‘qitilgan. 1950-yillardan keyin xo‘jalik faoliyati tahlili alohida fan tarzida oliy o‘quv yurtlarida o‘qitila boshlagan. Misol uchun, Toshkent moliya-iqtisod institutida i.f.d., professor Ayrumov Arsen Mixaylovich «Paxta etishtiruvchi jamoa xo‘jaliklari faoliyatini tahlil qilish» bo‘yicha o‘quv qo‘llanmani 1955-yilda (rus tilida), «Sanoat korxonalari xo‘jalik faoliyati tahlili» nomli darslikni (rus tilida) 1959-yilda, «Davlat xo‘jaliklarida xo‘jalik faoliyati tahlili» bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun materiallar (1960-yil) kabi maxsus adabiyotlarni yozgan.
1966-yilda Moskvaning «Ekonomika» nashriyotida chop etilgan «Matlubot kooperatsiyasi korxonalar xo‘jalik faoliyatining tahlili» nomli darslikni yozishda novosibirsklik L.A. Falkovichlar bilan birgalikda samarqandlik olim I.N. Toporovskiy ham taklif qilingan edi. 1970-yilda samarqandlik olimlar I.T. Abdukarimov, B.A. Zalesskiy va N.I. Toporovskiy tomonidan Moskvaning
«Экономика» nashriyotida «Matlubot kooperatsiyasi korxona va tashkilotlari xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish bo‘yicha masalalar to‘plami» o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.
Toshkent moliya-iqtisod institutining Toshkent xalq xo‘jaligi institutiga aylanishi va mazkur institutda «Xo‘jalik faoliyati tahlili» kafedrasining faoliyati ham iqtisodiy tahlil fanining alohida bo‘lib rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor A.M. Ayrumov tomonidan
«Sanoat korxonalari xo‘jalik faoliyati tahlili» nomli darslik (rus tilida) 1971-yilda chop etildi. N.B.Kartamishev, S.K. Qodirxonov, S.X. Ablyatifovlar tomonidan
«Sanoat korxonalari xo‘jalik faoliyati tahlili bo‘yicha masalalar» (–T.:
«O‘qituvchi», rus tilida) nomli kitobi 1977-yilda oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan.
1970-yillarda respublikamizdagi iqtisodiy oliy o‘quv yurtlarida tahlil

1 Ушбу параграфни ёзишда М.Қ. Пардаевнинг «Иқтисодий таҳлил назарияси» (Дарслик. «Зарафшон» нашриёти, Самарқанд, 2001) китобидан фойдаланилди.
maktablari tarkib topa boshladi.
1970-yillarning ikkinchi yarmiga kelib tahlilchilar safi O‘zbekiston miqyosida tanila boshlandi va kengaydi. Bu fan bo‘yicha o‘zbek tilida darsliklar paydo bo‘la boshladi. 1973-yilda «O‘qituvchi» nashriyotida N.A. Xan tomonidan tayyorlangan
«Qishloq xo‘jalik korxonalari xo‘jalik faoliyatining analizi» nomli oliy o‘quv yurtlari uchun darslik chop etildi. 1979-yilda O. Mahmudovning «Qishloq xo‘jalik korxonalarining xo‘jalik faoliyatini analiz qilish» nomli o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmasi o‘zbek tilida chop etildi. Bu darslik va o‘quv qo‘llanmalar respublikamizda iqtisodiy tahlilning taraqqiyoti va istiqboli uchun qo‘yilgan ilk qadamlar edi.
1973-yilda prof. I.T. Abdukarimov va dots. M.Q. Pardayevlar tomonidan
«Kooperativ savdoda mehnat ko‘rsatkichlari tahlili» nomli kitobi Moskvaning
«Ekonomika» nashriyotida chop etildi. Bu bilan o‘zbekistonlik olimlar tematik tahlil rivojlanishiga yana bir qutlug‘ qadam qo‘ydilar.
1980-yillar O‘zbekistonlik olimlar uchun juda sermahsul davr bo‘ldi. I.T. Abdukarimov, M.Q. Pardayev va A.A. Abdiyevlar hamkorligida «Xo‘jalik faoliyatining tahlili»ga bag‘ishlangan to‘rt tomlik albom yaratildi. Bunda kooperativ savdo korxonalari xo‘jalik faoliyati batafsil tahlil qilingan. Ammo matlubot kooperatsiyasi ko‘p tarmoqli soha. Shu tufayli albomning 3-tomi
«Matlubot kooperatsiyasi alohida tarmoqlari xo‘jalik faoliyatining tahlili» mavzusiga bag‘ishlangan.
1984-yilda I. T. Abdukarimov tomonidan «Matlubot kooperatsiyasi xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» nomli darslik Moskvaning «Ekonomika» nashriyotida chop etildi. 1989 yil yilda ushbu darslik aynan ana shu nashriyotda qayta ishlangan va to‘ldirilgan variantida yangidan nashr qilindi.
O‘zbekistonlik olimlar tahlilning yangi shakli – kompleks tahlil usullarini ishlab chiqishga kirishdi. Natijada 1983-yilda professor I.T.Abdukarimov tahririda
M.Q. Pardayev va Yu.S. Sattarovlar tomonidan tayyorlangan «Chakana savdoda mehnat samaradorligini kompleks baholash» bo‘yicha uslubiy tavsiya yuzaga keldi.
Xo‘jalik faoliyatini kompleks baholash borasida ilmiy izlanishlar davom etadi. Endi bir tarmoqda emas, balki ko‘p tarmoqda qanday usul bilan kompleks baholash mumkinligi ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi va nihoyat, 1990- yilda V.I. Abdukarimov tomonidan «Axborotlarni avtotmatlashtirilgan tizimi sharoitida ko‘ptarmoqli matlubot kooperatsiyasi samaradorligini kompleks baholash masalalari» nomli monografiya Toshkentdagi «Mehnat» nashriyotida bosmadan chiqdi.
Shu davrlarda korxonalar iqtisodiyoti yoki hisob tizimiga bag‘ishlangan adabiyotlarda iqtisodiy tahlil fani usullaridan samarali foydalanilgan. Misol uchun, professor A.S. Sotivoldiyevning Qishloq xo‘jaligida xarajatlar uchyoti va mahsulot tannarxini hisoblash (O‘quv qo‘llanma. –T.: Mehnat, 1988), Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi (Darslik. –T.: Mehnat. 1991) kabi kitoblarida iqtisodiy tahlil usullari keng ko‘lamda qo‘llanilgan.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik sari intilishi o‘zbekistonlik
olimlarni o‘zbek tilida darslik yozishga da’vat etdi. 1989-yilda I.T. Abdukarimov,
M.Q. Pardayev, A.A. Abdiyev va V.I. Abdukarimovlar tomonidan «Matlubot kooperatsiyasi xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» mavzusida o‘zbek tilida darslik vujudga keldi. U Toshkentdagi «O‘qituvchi» nashriyotida chop etildi. Bu darslikdagi ko‘p iqtisodiy atamalar o‘zbek tilida yozildi.
Ta’kidlash kerakki, mazkur davrlarda ayrim o‘zbekistonlik olimlar iqtisodiy tahlil faniga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishgan va ularni muvaffaqiyatli himoya qilishgan.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o‘ziga xos va mos bozor iqtisodiyotiga asoslangan taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Bu esa olimlardan bozor iqtisodiyotiga oid adabiyotlarni yaratish vazifasini talab qildi. 1991-yilda I.T. Abdukarimov, M.Q. Pardayev va Sh.U. Haydarovlar hamkorlikda «Yangi xo‘jalik yuritish sharoitida kooperativ savdoda daromadlar tahlili» risolasini chop etdi.
1995–1999-yillarda O‘zbekistonda «Iqtisodiy tahlil» fanining asosiy sohasi bo‘lgan moliyaviy tahlilga bag‘ishlangan bir qancha adabiyotlar chop etildi. I.T. Abdukarimovning «Moliyaviy hisobotni o‘qish va tahlil qilish yo‘llari» (–T.:
«Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1998, ikkinchi nashri 1999-yilda), I.O. Volji va V.V. Ergashboyevlarning «Moliyaviy tahlil» (–T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1998), M.Q. Pardayev va B.I. Isroilovlarning «Moliyaviy tah- lil» (–T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1999), M.Q. Pardayev va boshqalar Boshqaruv tahlili (O‘quv qo‘llanma. –T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi», 2005) kabi kitoblarni kiritish mumkin.
2000-yildan so‘ng respublikamizdagi iqtisodiy oliy o‘quv yurtlarida iqtisodiy tahlil faniga bag‘ishlangan ko‘plab adabiyotlar chop etildi, ilmiy-tadqiqot ishlari o‘tkazilib muvaffaqiyatli himoya qilindi. Jumladan, Toshkent Moliya instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ularga quyidagilarni misol qilib ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Yo. Abdullayev, A. Ibragimov, M.Raximov. Iqtisodiy tahlil. (O‘quv qo‘llanma. –T.: «Mehnat». 2001), A.V.Vahobov, A.T. Ibrohimov «Moliyaviy tahlil» (Darslik. –T.: «Sharq», 2002),
A. Vahobov, A. Ibragimov, B. Xakimov «Iqtisodiy tahlil nazariyasi» (O‘quv qo‘llanma. –T.: «Moliya», 2003), A.V. Vahobov, A.T. Ibrohimov «Boshqa tarmoqlarda iqtisodiy tahlilning xususiyatlari» (O‘quv qo‘llanma. –T.: TMI. 2004), A.Ibragimov, M.Raximov. Moliyaviy tahlil. (O‘quv qo‘llanma. –T.: TMI. 2004),
  1. Axmadjonov, M. Raximov. Boshqaruv tahlili. (O‘quv qo‘llanma. –T.: TMI. 2004), T.Sh. Shagiyasov «Теория экономического анализа» (Ucheb. posobie / TFI. –Tashkent, 2005), T.Sh. Shagiyasov, Z.A. Sagdillaeva. B.V. Fayziev.


«Финансовый и управленческий анализ» (Uchebnik. –T.: «Iqtisod-Moliya», 2008), T.Sh. Shog‘iyosov Kompleks iqtisodiy tahlil. (O‘quv qo‘llanma. –T.:


«Iqtisod-moliya», 2009), B.Xakimov, X. Xo‘jaxonov, «Byudjet tashkilotlarida iqtisodiy tahlil» (–T.: «Iqtisod-Moliya», 2011), T.Sh.Shog‘iyosov «Kompleks iqtisodiy tahlil» (Darslik. –T.: «Fan va texnologiya», 2012) va boshqalar.
2005-yildan Toshkent Moliya instituti «Moliyaviy tahlil» kafedrasi qoshida magistratura 5A340903-»Iqtisodiy tahlil» mutaxassisligi bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida kadrlar tayyorlay boshladi. Toshkent Moliya instituti «Moliyaviy
tahlil» kafedrasining mudiri professor B.J.Xakimov rahbarligida hamda kafedra a’zolari harakati tufayli A340903-»Iqtisodiy tahlil» mutaxassisligi 2011-yilda MASTERS RANKING (eduniversal xalqaro tashkiloti xulosasiga ko‘ra) The Best Masters and MBA Worldwide 2011 dasturi bo‘yicha dunyoning eng kuchli TOP 200 Best Masters Programs – Worldwide Economics ro‘yxatiga kiritildi. Ushbu hodisa O‘zbekiston iqtisodiy fanlari tarixida birinchi marta ro‘y berishi edi. Bu esa, Toshkent Moliya instituti «Moliyaviy tahlil» kafedrasi professor-o‘qituvchilari va ular tomonidan tayyorlanayotgan «Iqtisodiy tahlil» mutaxassislarini butun dunyoda e’tirof etilganidan dalolatdir.
Hozirgi kunda Toshkent moliya instituti «Moliyaviy tahlil» kafedrasi tomonidan iqtisodiy yo‘nalishdagi bakalavr talabalariga «Iqtisodiy tahlil nazariyasi», «Moliyaviy va boshqaruv tahlili», «Iqtisodiy tahlil va audit» nomli fanlar o‘qitilmoqda. Iqtisodiy yo‘nalishdagi magistrlarga esa «Kompleks iqtisodiy tahlil», «Fuksional iqtisodiy tahlil», «Iqtisodiy subyektlarning moliyaviy holatini tahlil qilish», «Tashqi iqtisodiy faoliyat tahlili» fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz va uzviy olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasi bo‘lib raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish o‘rta muddatdagi asosiy strategik masala bo‘lib qolmoqda. Mazkur sharoitdagi iqtisodiy munosabatlar, ulardagi mutanosiblik hamda tendensiyalar iqtisodiy tahlil fanini rivojlantirish yo‘llarini aniqlab beradi.

Yüklə 484,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin