Iqtisodiy tahlilni tashkil etishning bosqichlari
Analitik ishlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uning qanday tashkil etilishiga bog‘liq. Korxona faoliyatida iqtisodiy tahlilni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat:
Tahlil rejasi va dasturini tuzish bosqichi. Iqtisodiy tahlilning dasturi va rejasini tuzib olish tahlilni tashkil etishning asosiy qismidir. Bu bosqichda iqtisodiy tahlil ishlari nimadan boshlanishi, tahlil o‘tkazuvchi komissiyaga kimlar kiritilishi hamda tahlil ishlari nima bilan yakunlanishi ko‘rsatib o‘tiladi. Bundan tashqari
iqtisodiy tahlil o‘tkazish dasturida quyidagilar aniq ko‘rsatilgan va belgilanib olingan bo‘lishi lozim:
tahlilning maqsadi va vazifasi;
tahlil obyekti;
iqtisodiy tahlil ishlarini olib borish joyi;
tahlil mazmunini izohlash;
ijrochilar tarkibi va ularning vazifalari;
tahlil o‘tkazish muddatlari;
tahlil manbalari va ularning natijalarini rasmiylashtirish tartibi.
Tahlil uchun zarur ko‘rsatkichlarni belgilash hamda kerakli bo‘lgan manbalarni aniqlash. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
tahlil uchun zarur ma’lumotlar aniqlanadi;
tahlil manbalari belgilanadi;
qo‘shimcha ma’lumotlar jalb etiladi.
To‘plangan ma’lumotlar va ularning manbalarini to‘g‘riligini tekshirish hamda ishonchliligini aniqlash. Manbalar tahlil uchun moslashtiriladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda quyidagilar belgilab olinadi:
tahlil usullari;
ma’lumotlarni soddalashtirish;
jadval, chizma va maketlarni tuzish;
ta’sir etuvchi omillarni topish;
zaxiralarni aniqlash.
Iqtisodiy tahlil bosqichi. Bu eng muhim bosqich bo‘lib, bevosita tahlil jarayonlari amalga oshiriladi, ko‘rsatkichlar hisoblanadi, o‘zgarishlar topiladi, o‘zgarish sabablari va unga ta’sir etuvchi omillar, ham miqdor, ham tartib jihatdan aniqlanadi. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
mezon ko‘rsatkichlarini aniqlash;
ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish hamda natijalarni baholash;
baholashda ekspertizadan foydalanish;
natijalarni umumlashtiruvchi mezonlarni aniqlash;
tahlil natijalarini xulosaga tayyorlash.
6.1-chizma. Tahlilning asosiy bosqichlari.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi. Bu bosqichda o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayon yakunlanadi. O‘zgarishlarga baho beriladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshirilishi zarur bo‘ladi:
korxona faoliyati natijalarining o‘zgarish sabablarini tushuntirib berish;
korxona faoliyatini yanada yaxshilashga oid zaxiralarni jamlab ko‘rsatib berish;
aniqlangan zaxiralardan foydalanish tadbirlarini belgilash;
tahlil natijalarini hisoblash va hisobotda ifodalash.
Tahlil natijasida aniqlangan ilg‘or g‘oya va tajribalarni amaliyotda qo‘llash choralari va tadbirlarini ko‘rsatib berish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bosqichi.
Dostları ilə paylaş: |