1. Regressiv. Bu muqobil holat uzoq muddat ishlab chiqarishning tushkunlikda bo‘lishi natijasidan kelib chiqadi. Iqtisodiyotni bunday o‘zgarishini girdob tarzida ko‘rish mumkin. Aholi iste’moli miqdor va sifat jihatdan ham kamayib boradi.
2. Turg‘un. Bu variantda nisbatan cheklangan turdagi mahsulot ishlab chiqariladi va ehtiyojlar ham nihoyatda sekinlik bilan o‘sib boradi. Yaratuvchanlik faoliyati sust, ishlab chiqarish (– taqsimot – ayriboshlash – iste’mol) va ehtiyojlar doira shaklini eslatadi. Iqtisodiyotda umumiy turg‘unlik yuz berib, ko‘pincha u xalqlarning an’ana va urf-odatlari bilan bog‘lanib ketadi.
3. Progressiv. Bunda ishlab chiqarish miqdori ko‘payadi, sifati yaxshilanadi, iste’mol va ehtiyojlar o‘sadi. Uni tobora kengayib boruvchi spiralsimon harakat tarzida ifodalash mumkin. Bir qator beqarorliklarga qaramasdan, rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish ham, ehtiyojlar ham o‘sib boradi.
5. Iqtisodiy resurslar, ularning turlari, tarkibi va cheklanganligi.
Iqtisodchillar uchun yer ko’p insonlarga qaraganda ko’proq ma’no kasb etadi. Iqtisodchilar uchun ishlab chiqarish jaroyonida ishtirok etadigan barcha tabiiy resusrslar tushuniladi, jumladan, ekin maydonlari, o’rmonlar, mineral va neft zahiralari hamda suv resurslarini tashkil etadi.
Iqtisodchilar iqtisodiy resusrslarni to’rtta umumiy kategoriyaga bo’ladilar:
YER
Kapital Iqtisodchilar uchun kapital yoki capital mahsulotlariga iste’mol tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqarishda kerak bo’ladigan barcha vositalarni kiritish mumkin. Bular sirasiga zavod fabrikalar, omborxonalar, transport vositalari, yetkazib berish xizmati, texnika va asbob-uskunalar kiradi. Iqtisodchilar kapital tovarlari xaridiga investitsiya deb qaraydilar
Tadbirkorlikqobiliyati Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, inson mehnatidan farqli o’laroq boshqaruvchilik qobiliyati mahsus inson resurslariga kiradi.