1-mavzu: iqtisodiyotga kirish. Ishlab chiqarish jarayoni, uning natijalari


-MAVZU: TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA TADBIRKORLIK KAPITALI.ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA FOYDASI



Yüklə 248,19 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü248,19 Kb.
#203723
1   2   3   4   5
IQT.NAZARIYA TEST SAVOLLARI

5-MAVZU: TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA TADBIRKORLIK KAPITALI.ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA FOYDASI.

  1. Tadbirkorlik deb nimaga aytiladi ?

A) tavakkalchilik asosida, uz mol-mulki javobgarligi asosida ish yuritish
B) foyda olish maqsadida ish yuritish
C) foyda olish maqsadida, tavakkalchilik asosida iqtisodiy faoliyat yuritish
D) yuqori foyda olish maqsadida kushimcha korxonalarni tashkil kilish


  1. Tadbirkorlikning muxim belgilariga kuyidagilardan qaysi biri kiritilmaydi ?

A) xo`jalikni reja asosida yuritish
B) mulkiy munosabatlarning ishtirokchisi bulish
C) iqtisodiy erkinlik
D) iqtisodiy xatti-xarakatlar uchun ma'suliyatni uz zimmasiga olish


  1. Kooperativ tadbirkorlik – ...

A) jamoa mulkiga asoslanib, kooperasiya a’zolarining uning faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo etuvchi jamoa tadbirkorligining alohida shakli;
B) xususiy mulkka asoslanib, korxona a’zolarining uning faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo etuvchi xususiy tadbirkorlikning alohida shakli;
C) davlat mulkiga asoslanib, korporasiya a’zolarining uning faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo etuvchi davlat tadbirkorligining alohida shakli;
D) aralash mulkka asoslanib, kompaniya a’zolarining uning faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo etuvchi aralash kompaniyalar tadbirkorligining alohida shakli.


  1. Ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yхatga oluvchi muassasa birjaning qanday turiga kiradi?

A) mеhnat birjasi B) fond birjasi C) valyuta birjasi D) tovar birjasi


  1. Agrosanoat integratsiyasi nima?

A) qishloq xo‘jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotini iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarning kuchayishi hamda ularning uzviy birikib borish jarayoni
B) ishlab chiqarishning to‘planishi va kapitalning markazlashishi
C) qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, uni qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlari majmuasi
D) ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashishi


  1. Aksiya, obligatsiya, vеksеl, chеk, dеpozit kabilarning oldi-sotdi qilinadigan bozori nima dеb ataladi?

A) qimmatli qog‘ozlar bozori B) intеllеkt bozori
C) mehnat bozori D) valyuta bozori


  1. Aksiyadorlik jamiyati – ...

A) kapitali qimmatli qog‘oz shaklida rasmiylashtirilgan turli omonatchilarning pul mablag‘laridan tarkib topuvchi korxona;
B) budjeti aksiyalar shaklida rasmiylashtirilgan turli omonatchilarning aksiyalaridan tarkib topuvchi korxona;
C) balansi obligasiyalar shaklida rasmiylashtirilgan turli omonatchilarning obligasiyalaridan tarkib topuvchi korxona;
D) tarkibi aksiyalar va obligasiyalar shaklida rasmiylashtirilgan turli omonatchilarning aksiyalari va obligasiyalaridan tarkib topuvchi korxona


  1. Aksiyalarning nazorat paketi – ...

A) aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash imkonini beruvchi aksiyalar soni;
B) aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash imkonini beruvchi obligasiyalar soni;
C) aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash imkonini beruvchi mol-mulk miqdori;
D) aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash imkonini beruvchi asosiy kapitallar miqdori.


  1. Amortizatsiya – ...

A) asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tkazish, asosiy kapitalni keyinchalik qayta tiklash maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini ajratib borish jarayonidan iborat;
B) aylanma kapital eskirib borishiga qarab, uning iste’mol qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tkazish, aylanma kapitalni keyinchalik ayirboshlash maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini ajratib borish jarayonidan iborat;
C) asosiy va aylanma kapitallar eskirib borishiga qarab, ularning qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tkazish, asosiy va aylanma kapitallarni keyinchalik o‘zlashtirish maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini ajratib borish jarayonidan iborat;
D) aylanma kapital eskirib borishiga qarab, uning foydali jihatlarini to‘liq ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tkazish, aylanma kapitalni keyinchalik tasarruf qilish maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini ajratib borish jarayonidan iborat.


  1. Amortizatsiya normasi nima?

A) amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu asosiy kapital qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi va foizda ifodalanadi;
B) amortizatsiya ajratmalari har oydagi summasining shu aylanma kapital foydali jihatlariga nisbati sifatida aniqlanadi va foizda ifodalanadi;
C) amortizatsiya ajratmalari joriy yildagi summasining asosiy va aylanma kapitallari nafliligiga nisbati sifatida aniqlanadi va foizlarda ifodalanadi;
D) amortizatsiya ajratmalari bazis yildagi summasining shu asosiy va aylanma kapitallar iste’mol qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi va foizda ifodalanadi.


  1. Asosiy kapital – ...

A) ishlab chiqarish jarayonida bir nechta doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib, asta-sekinlik bilan o‘tkazib boradi va bir necha yillik xizmat muddati davomida ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi;
B) resurslarni taqsimlash jarayonida bir nechta doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining iste’mol qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib, asta-sekinlik bilan o‘tkazib boradi va bir necha yillik xizmat muddati davomida ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi;
C) tovar va xizmatlarni ayirboshlash jarayonida bir nechta doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining nafliligini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib, asta-sekinlik bilan o‘tkazib boradi va bir necha yillik xizmat muddati davomida ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi;
D) tovar va xizmatlarning iste’moli jarayonida bir nechta doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining foydali jihatlarini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib, asta-sekinlik bilan o‘tkazib boradi va bir necha yillik xizmat muddati davomida ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi.


  1. Cheklangan resurslar bilan cheksiz ehtiyojlarni to‘laroq qondirib borishga qanday erishiladi?

A) resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng ko‘p mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydiganini tanlab olish
B) ehtiyojlarni qondirishning maqbul darajasini aniqlash
C) muqobil mahsulotlarni ishlab chiqarish
D)resurlarni samarali taqsimlash


  1. Fillips egri chizig‘i qanday bog‘liqlikni ifodalandi?

A) Ishsizlik va inflyatsiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni
B) Ishlab chiqarish va inflyatsiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni
C) Ishlab chiqarish va ishsizlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni
D) Bandlik va ishsizlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni


  1. Fiziokrat maktabi namoyondalari jamiyat rivojlanishi uchun iqtisodiyotning qaysi sohasini rivojlantirishni muhim deb biladilar?

A) qishloq xo‘jaligini. B) tashqi savdo-sotiqni;
C) soliq-budjet sohasini. D) Pul, kredit, bank sohasini


  1. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi qanday nomlanadi?

A) foyda normasi B) me’yordagi foyda
C) buxgalteriya foydasi D) sof foyda


  1. Jonli mehnat sarflarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati bu - …

A) mehnat sig‘imi B) mehnat unumdorligi
C) kapital samaradorlik D) kapital sig‘imi


  1. Kapital xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati – bu …

A) kapital sig‘imi B) mehnat unumdorligi
C) kapital samaradorlik D) mehnat sig‘imi


  1. Korxona ishlab chiqarish xarajatlarini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:

A) bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari
B) bilvosita ishlab chiqarish xarajatlari va to‘g‘ri soliqlar
C) umumiy ishlab chiqarish xarajatlari va egri soliqlar
D) xususiy ishlab chiqarish xarajatlari va qo‘shimcha qiymat solig‘i


  1. Doimiy xarajatlar nima?

A) ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar
B) firmalarning o‘zgarmas passiv va aktivlari
C) firmalarning doimiy aktivlari
D) asosiy fondlar


  1. Doimiy xarajatlarning tarkibiy elementlarini belgilang.

A) amortizatsiya, ijara haqi, yuqori darajadagi menejerlar oyligi
B) ish haqi va xom-ashyo xarajatlari
C) amortizatsiya va ishchilarning ish haqi
D) ishlab chiqarishning hamma xarajatlari

.


  1. Agrar inqirozlarning asosiy xususiyatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?

A) siklli xarakterga ega bo‘lmaslikda va nisbatan uzoq davom etishida;
B) mahsulotlarning nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishida;
C) narxlarning pasayishi, daromadlar va foydaning kamayishida;
D) ishlab chiqarishning qisqarishida


  1. Agrar munosabatlar nima?

A) yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha munosabatlar
B) yerning asosiy mehnat vositasi va predmeti bo‘lishi
C) qishloq xo‘jaligida va ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqa va munosabatlar
D) barcha javoblar to‘g‘ri


  1. Makroiqtisodiyot qaysi darajadagi iqtisodiyot?

A) butun milliy va jahon iqtisodiyoti B) iqtisodiyotning davlat sektori
C) iqtisodiyotning kooperativ sektori D) xalq xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyot


  1. Davlatning milliy iqtisodiyotdagi rolini cheklash va uni tartiblashda bozor mexanizmidan foydalanish masalasi birinchi marta kim tomonidan olg‘a surilgan?

A) Smit B) Rikardo C) Keyns D) Kene


  1. Hozirgi zamon bozor xo‘jaligi iqtisodiyotning qanday sektoriga asoslanadi?

A) xususiy va davlat sektorlariga B) davlat sektoriga
C) xususiy sektorga D) jamoa sektoriga


  1. Iqtisodiy inqiroz davrida iqtisodiyotning qaysi sohalari kamroq yo‘qotishga uchraydi?

A) qisqa muddatli foydalaniladigan iste’molchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlari;
B) uzoq muddatli foydalaniladigan iste’molchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari;
C) investitsion tovar ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari;
D) og‘ir sanoat


  1. Iqtisodiy inqirozlarning asosiy mazmuni nimada namoyon bo‘ladi?

A) ishlab chiqarish hajmining keskin kamayib ketishida B) ishsizlikning o‘sishida;
C) narxlarning o‘sishida; D) tovarlar ishlab chiqarishning kamayishida;


  1. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning boshlang‘ich nuqtalaridan biri sifatida bozor iqtisodiyotining qaysi negizini yaratish lozim?

A) huquqiy negizini B) siyosiy negizini
C) ma’naviy negizini D) iqtisodiy negizini


  1. Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichidagi asosiy iqtisodiy vazifani aniqlang?

A) iqtisodiyot tuzilishining tubdan o‘zgarishi B) makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash
C) milliy valyutani mustahkamlash D) davlat mulkini xususiylashtirishni oxiriga yetkazish


  1. Iqtisodiy muvozanat – bu ...

A) iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga teng kelish holati
B) iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining tengsizlik holati
C) ishlab chiqarish samaradorligining ortishi
D) bu sof milliy mahsulotdagi o‘zgarishning yalpi sarflardagi o‘zgarishga nisbati


  1. Iqtisodiy muvozanat – bu....

A) iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga mos kelish holati;
B) iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining tengsizlik holati;
C) ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;
D) bu sof milliy mahsulotdagi o‘zgarishning yalpi sarflardagi o‘zgarishga nisbati


  1. Iqtisodiy o‘sish sur’ati bilan bog‘liq holda YaIMni necha yilda 2 barobarga ortishini iqtisodchilar tomonidan qo‘llaniluvchi qoidani nomini toping.

A) 70 miqdor qoidasi B) 70 sifat qoidasi
C) 70 talab qoidasi D) bunday qoida mavjud emas


  1. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni ifodalab bering?

A) real yalpi ichki mahsulot hajmining mutloq va aholi jon boshiga nisbatan o‘sib borishi
B) yalpi ichki mahsulot hajmining aholi jon boshiga kamayib borishi
C) yalpi investitsiyalarning ko‘payishi
D) budjet daromadi hajmining ko‘payishi


  1. Iqtisodiy sikl fazalari ketma-ketligi to‘g‘ri joylashtirilgan qatorni toping.

A) inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish B) yuksalish, jonlanish, inqiroz, turg‘unlik;
C) jonlanish, yuksalish, turg‘unlik, inqiroz; D) inqiroz, jonlanish, turg‘unlik, yuksalish;


  1. Iqtisodiy sikl fazalari ketma-ketligi to‘g‘ri joylashtirilgan qatorni toping.

A) inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish B) yuksalish, jonlanish, inqiroz, turg‘unlik
C) jonlanish, yuksalish, turg‘unlik, inqiroz D) inqiroz, jonlanish, turg‘unlik, yuksalish


  1. Iqtisodiy sikl nechta fazadan iborat?

A) 4 B) 3 C) 2 D) 5


  1. Iqtisodiy siklning inqiroz fazasida yuzaga keladigan ishsizlik qanday nomlanadi?

A) siklik ishsizlik B) turg‘un ishsizlik
C) tabiiy ishsizlik D) texnologik ishsizlik


  1. Iqtisodiy siklning to‘rtinchi fazasi qanday nomlanadi?

A) yuksalish; B) inqiroz; C) turg‘unlik; D) jonlanish


  1. Iqtisodiy tizimning qaysi nusxasi (modeli)da xususiy mulkning ustunligi va boshqarishning bozor mexanizmi ta’minlanadi?

A) sof kapitalizm B) buyruqli iqtisodiyot
C) aralash iqtisodiyot D) an’anaviy iqtisodiyot


  1. Iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr qanday nomlanadi?

A) iqtisodiy sikl; B) iqtisodiy inqiroz;
C) iqtisodiyotning fazalari; D) takror ishlab chiqarish jarayoni



Yüklə 248,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin