3-MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA UNGA O‘TISH YO‘LLARI. TALAB, TAKLIF, BOZOR MUVOZANATI.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida:
A) narx erkin shakllanadi B) narx-navo davlat tomonidan o‘rnatiladi
C) narxni narx qo‘mitasi belgilaydi D) narx markazlashgan tarzda belgilanadi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida:
A) mulk xususiylashtiriladi B) davlat mulkiga ustivorlik beriladi
C) davlat yagona mulkdor bo‘lib qoladi D) mulkka nisbatan monopoliya saqlanib qoladi
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda islohotlar qachon sezilarli samara beradi?
A) chinakam mulkdorlar sinfi shakllanganda
B) Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar yaxshi yo‘lga qo‘yilganda
C) baynalmilallashuv va milliy xususiyatlar yo‘q bo‘lganda
D) ekologiya muammolari hal bo‘lganda
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda milliy andozamizning o‘ziga xosligini nimalar belgilaydi?
A) milliy tarixiy, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari va turmush tarzining o‘ziga xosligi belgilaydi
B) milliy tarkibning o‘ziga xosligi
C) demografik vaziyatning o‘ziga xosligi
D) dinning kishilar ongiga o‘chmas muhrlanganligi belgilaydi
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning qanday modellari mavjud?
A) barcha javoblar to‘g‘ri B) Sobiq sotsiolistik mamlakatlari modeli
C) Rivojlanayotgan mamlakatlar yo‘li D) Rivojlangan mamlakatlar yo‘li
Bozor munosabatlariga o‘tish nimalarga olib keladi?
A) ijodiy va mehnat imkoniyatlarini keng ochishga, yo‘qolib ketgan xo‘jayinlik hissini qayta tiklashga
B) mehnatga yaroqli aholini 100 foiz ish bilan band bo‘lishiga
C) urug‘-aymoqqa bo‘lingan jamiyatni qaror topishiga
D) markazlashgan taqsimotni rivojlantirishga
Bozor muvozanati- bu...
A) talab va taklif miqdorining tengligi B) talab va taklif miqdorining tengsizligi
C) talabning taklifdan ortda qolishi D) haddan tashqari ko‘p ishlab chiqarish
Bozor regulyatori amal qilishi uchun:
A) erkin bozor raqobatiga yo‘l berilishi zarur B) monopoliyaga yo‘l qo‘yish kerak
C) oligopoliyaga yo‘l berish kerak D) monopoliyaga imkon berish lozim
Bozor sub’yekti:
A) ayirboshlash munosabatlarining qatnashchilari B) talab, taklif, narx, raqobat
C) bozorga jalb qilingan tovar va xizmatlar D) iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak
Bozorda mashinaning narxi 20 foizga oshishi oqibatida unga bo‘lgan talab hajmi 10 foizga kamaysa talab elastikligini toping:
A) 0.5 B) 2 C) 3 D) 1
Bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini bozordan siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx qanday narx deb ataladi?
A) Demping narx B) Chegaralangan narx
C) Dotatsiyalangan narx D) Erkin bozor narxi
Bozorni tartibga solish mexanizmi:
A) talab, taklif, narx, raqobat B) monopoliya, oligopoliya, monopsoniya
C) tadbirkorlik, biznes, foyda D) bozorga jalb etilgan tovar va xizmatlar
Bozorning vujudga kelishi:
A) tovar xo‘jaligi vujudga kelishi bilan paydo bo‘lgan
B) natural xo‘jalik xukmron bo‘lgan davrda vujudga kelgan
C) sanoat taraqqiy eta boshlagan kundan boshlab paydo bo‘lgan
D) bozor iqtisodiyotiga o‘tish vaqtidan boshlab vujudga kelgan
Barcha iste’molchilar tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning umumiy hajmi…
A) yalpi talab B) talab C) taklif D) yalpi taklif
Barcha iste’molchilar tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning umumiy hajmi….
A) yalpi talab B) talab C) taklif D) yalpi taklif
Bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalar nima deb ataladi?
A) mehnat predmetlari B) mahsulot C) yer D) kapital
Bir qancha (ko‘pchilik) iste’molchilarning bir turdagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi nima deb ataladi?
A) bozor talabi B) yakka talab C) xususiy talab D) shaxsiy talab
Alohida iste’molchining tovarning muayyan turiga bo‘lgan talabi nima deb ataladi?
A) yakka talab B) bozor talabi C) xususiy talab D) umumiy talab
Talabga ta'sir kiluvchi omillar ichiga qaysi biri kirmaydi?
A) Resurslar narxi B) Maxsulotlar narxi C) Xaridor didi D) Xaridorlar soni
Bozorda taklif qilinadigan tovar xajmiga narxdan tashqari ta'sir qiladigan omillarga qaysi biri kirmaydi?
A) Iste'molchilarning bozordagi harakati B) Resurslar narxi
C) Ishlab chiqarish texnologiyasi D) Narx o`zgarishining kutilishi