Antropogen omillar va ularning ta’siri Yo’ldoshev husniddin



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə1/3
tarix05.04.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#93456
  1   2   3
Antropogen omillar va ularning ta’siri

Antropogen omillar va ularning ta’siri

Yo’ldoshev husniddin

Antropogen omillar va ularning ta’siri

REJA:

1 Antropogen omillar (ta'rif va misollar).

2 Antropogen omillarni o`simlik va hayvonot olamiga

ta’sir qilishi va oldini olish

3 O`simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish

choralari

Antropogen omillar (ta'rif va misollar). Ularning tabiiy muhitning biotik va abiotik omillariga ta'siri antropogen tuproq degradatsiyasi tabiiy Antropogen omillar - bu insonning iqtisodiy va boshqa faoliyati natijasida yuzaga kelgan tabiiy muhitning o'zgarishi. Tabiatni o'z ehtiyojlariga moslashtirish uchun inson tabiatni qayta tiklashga harakat qilib, tirik organizmlarning tabiiy yashash muhitini o'zgartiradi, ularning hayotiga ta'sir qiladi. Antropogen omillarga quyidagi turlar kiradi: 1. Kimyoviy. 2. Jismoniy. 3. Biologik. 4. Ijtimoiy.

Antropogen omillar, muhitning antropogen omillari — odam va uning xoʻjalik faoliyatining oʻsimlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga taʼsiri bilan bogʻliq omillar guruhi. Odam tabiatga taʼsir koʻrsatib, uni oʻz ehtiyojlariga moslashtirib, Yerning beqiyos keng hududlarida fauna va florani oʻzgartiradi, bu esa oʻsimliklarning kamayijshi, ayrim oʻsimlik va hayvon turlarining qirib yuborilishi, oʻsimliklar introduksiyasi va boshqalarga olib keladi. Odamning tabiatga bilvosita taʼsiri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibini, yerning ustki qatlamini, tuproq strukturasi va boshqalarni oʻzgartirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Qoʻriqerlarni oʻzlashtirish, monokulturali (bir ekinli) agrotsenozlar barpo etish va boshqa tadbirlar tabiiy biotsenozlarnit oʻzgarishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Atom sanoatining rivojlanishi, ayniqsa atom qurollarini sinash, suv, atmosfera va tuproqni ifloslantiruvchi sanoat chiqindilarining koʻpayib borishi muammolari muhim boʻlib bormoqda. Odam madaniy oʻsimliklar va uy hayvonlari uchun maʼlum darajada yangi sharoit yaratdi, ularning zotlarini yaxshiladi va mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda koʻpaytirdi, lekin tabiat qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda buzilishlarga olib keladigan faoliyat kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ekinlarni notoʻgʻri sugʻorish yerning shoʻrlanishi va eroziyaga olib keladi; yerni ortiqcha quritish oʻsimliklar qoplamini oʻzgartiradi. Hozirgi zamon fani va texnikasi insonning tabiatga keng miqyosda aralashishiga qulay sharoitlar yaratib berib, oʻz navbatida atrof muhitni muhofaza qilishni muhim muammoga aylantirdi.Antropogen omillar inson faolyatining tabiatga tasir natijasida yuzaga keladi


Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin