Antropogen omillarni o`simlik va hayvonot olamiga ta’sir qilishi va oldini olish O`simlik va hayvonot olamining sayyoramizdagi o`rni. O`simlik va hayvonlar yerning – hayot qobii, biosferaning asosiy komponentlaridan bo`lib, tabiiy resurslar orasida alohida o`rinni egallaydi. Oqilona foydalanilganda o`simlik va hayvonlar tiklanadigan va cheksiz mahsulot beradigan manbaga aylanishi mumkin. Biosferadagi o`ziga xos tabiiy muvozanat ko`p jihatdan o`simlik va hayvonlarning biologik rang-barangligini saqlashi bilan boliqdir. O`simliklar dunyosi Yerdagi hayotning birlamchi manbai hisoblanadi. Ular yiliga 380 mlrd.tonna organik modda hosil qiladi, buning 330 mlrd.tonnasi dengiz va okean o`simliklariga, 40 mlrd.tonnasi o`rmonlarga, 8-10 mlrd. tonnasi o`tloqlarga to`ri keladi. O`simliklar er yuzidagi hayotning asosi hisoblanadi. O`simliklar fotosintez jarayoni natijasida havodan karbonat angidrid gazini yutib, kislorod chiqaradi. O`simliklar havoni xushbo`y hid, fitonsid deb ataluvchi uchuvchan moddalar bilan boyitib, kasallik tarqatuvchi bakteriyalarni qirib tashlaydi. Ular xilma-xil shovqinlarni so`ndiradi va changlarni yutib qoladi. Havoda kislorod miqdorining doimo etarli darajada mavjud bo`lib turishini ta`minlab, kishilar hayoti uchun eng yaxshi mikroiqlimni vujudga keltiradi. Olimlarning aniqlashicha, 1 gektar 20 yoshli qaraayzor har yili 9,35 tonna SO2 ni yutib, 7,25 O2 chiqaradi. 1 ga maydonga o`rtacha 60 yoshli qaraayzor yiliga 10 tonna O2 ajratib chiqarsa, 40 yoshli emanzor 14 tonnaga yaqin O2 ni ajratib chiqaradi. Quyoshli issiq kunlarda 1gektar o`rmonzor 220-230 kg SO2 ni yutib, 180-220 kg O2 ajratadi. O`rmonlar tabiiy muhitni tozalovchi, atmosfera va gidrosfera muvozanatini saqlovchi vosita. Hisoblashlarga qaraganda 1gektar oq qayin o`rmoni 1 kunda 47 ming litr suvni buga aylantiradi.
O`simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish choralari. Noyob va yo`qolib borayotgan turlarning muhofazasiga e`tiborni kuchaytirish uchun 1966 yili Tabiatni Muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tomonidan xalqaro “Qizil kitob” tashkil qilingan. Qizil kitob faqatgina xatar darakchisi bo`lmay, balki muhofaza harakatlarining dasturi hamdir. O`simlik va hayvonlarni muhofaza qilish faqatgina turli davlatlar o`rtasidagi hamkorlik yo`li bilangina muvaffaqiyatli olib borilishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi o`ziga xos o`simlik va hayvonot dunyosiga ega so`nggi yillarda insonning xo`jalik faoliyati natijasida flora va faunaga salbiy ta`sir kuchaydi. O`zbekiston faunasi 682 tur umurtqali hayvonlar va 32484 tur umurtqasiz hayvon turlaridan iborat. 1983 yili O`zbekiston Qizil kitobining 1-jildi e`lon qilindi. O`zbekiston Qizil kitobiga umurtqali hayvonlarning 65 turi kiritilgan bo`lib, 22 turdagi sut emizuvchilar, 33 tur qushlar, 5 tur sudralib yuruvchilar, 5 tur baliqlardan iborat. Ustyurt qo`yi, burama shoxli echki, qor barsi, buxoro buusi va boshqa hayvonlar yo`qolish arafasidadir. O`zbekistonda mavjud 4 mingdan ortiq o`simlik turlarining 10-12 %i muhofaza talab (4148 tur). Eng qimmatli to o`rmonlarining maydoni o`nlab marta qisqarib ketgan. To`qaylar va qayir o`rmonlari ko`plab kesib tashlangan. Tabiiy yaylovlarning maydoni 6,5 mln.ga qisqargan. Shu bois 1984 yil O`zbekiston Qizil kitobining 2-jildi nashr ettirildi. Unda muhofaza qilinishi kerak bo`lgan 400 o`simliklarning 163 turi kiritilgan. Masalan, cherkez, isiriq, etmak, shovul, anzur piyoz, yovvoyi anjir, yonoq, sumbul, bodom, lola, chinnigul va boshqa o`simlikla