1-mavzu. Iqtisodiyotga kirish reja


aholining to’xtovsiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix18.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#116392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
aholining to’xtovsiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, 
resurslar va mahsulotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini topish iqtisodiyotning 
asosiy mazmunini tashkil etadi. 
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati 
bo’yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:
8) iste’mol qilish jarayoni.


Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi – ehtiyojlarning cheksizligi va 
iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir. 
Bu masalani to’g’ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyoj nimaligini, uning 
turlarini bilish zarurdir. 
Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi 
uchun kerak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zarurati iqtisodiyot nazariyasi 
fanida ehtiyoj deb ataladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. 
Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o’zlariga foydali bo’lgan moddiy 
ne’matlarni xarid qilish va foydalanishga bo’lgan zaruratdir. Bular iste’mol uchun 
zarur bo’lgan ko’plab hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va 
zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, yengil avtomobil va h.k.) o’z ichiga 
oladi.
Ma’naviy ehtiyojlar kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini 
oshirish, malaka-mahoratga ega bo’lish, har xil xizmatlardan bahramand bo’lish 
kabi moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan ko’plab hayotiy zaruratlarni o’z ichiga 
oladi.
Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi: 
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum;
v) tabiiy-geografik sharoitlar;
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar;
d) aholi sonining o’sishi, uning tarkibidagi o’zgarishlar;
e) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o’rtasidagi aloqalar.
Ehtiyojlarning miqdoran o’sib, sifat jihatidan takomillashib borishi 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin