1-mavzu. Iqtisodiyotga kirish reja


 Iqtisodiyot va uning bosh masalasi. Iqtisodiyotga oid bilimlarning



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix18.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#116392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi. Iqtisodiyotga oid bilimlarning 
shakllanishi va rivojlanishi 
Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng 
avvalo, iqtisodiyot va uning vazifalari to’g’risida tasavvurga ega bo’lish lozim. 
Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko’p qirrali va g’oyat chigal 
muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab 
chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni 
boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan 
sari ko’payib, rivojlanib hamda ularning o’zgarib borishi natijasida vujudga keladi. 
Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar 
bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo’lgan narsaga o’xshab 
ko’rinadi. 
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, 
kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va 
iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda amal 
qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so’z bilan, iqtisodiy faoliyat deb 
ataladi. 
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y 
bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) 
asarlarida iqtisodiyot – uy xo’jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. 
Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom 
diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Lekin, hozirgi 
davrda iqtisodiyot keng ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki individual xo’jalik 
yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot – yirik xususiy 
xo’jalik, jamoa xo’jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo’jaliklaridan, moliya va 
bank tizimlaridan, xo’jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, 
kontsernlar, qo’shma korxonalar, davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy 
munosabatlaridan iborat o’ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.
Barcha resurslarimiz – pul mablag’lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi 
kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan 
miqdordadir. Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin