4- MAVZU: STANDARTLASHTIRISH, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLASHTIRISH BO’YICHA DAVLATLARARO KENGASH Reja: 1. Davlatlararo kengashining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha muvofiqlashtiruvchi idora sifatida ishlari.
2. Davlatlararo kengashi faoliyatining asosiy yo’nalishlari.
3. Davlatlararo kengashi doirasidagi bitimlar.
Milliy idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish, savdoda texnik to’siqlarni bartaraf etish uchun 1992-yilda MDH mamlakatlarining (Boltiq bo’yi mamlakatlaridan tashqari) standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha Davlatlararo kengashi (DAK) tuzildi.
Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlari hukumatlarining boshliqlari 13 mart 1992-yilda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni olib borish to’g’risida bitimga imzo chekdi.
Bu hamkorlik davlatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idoralarning imkoniyatlarini va boyliklarini birlashtirishga, ilgari to’plangan tajribalar va me'yoriy hujjatlardan birgalikda foydalanish va ularni takomillashtirishga, shuningdek faoliyatning bu sohalarida yagona texnik siyosatni amalga oshirishga imkon berdi. Davlatlararo kengashining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha muvofiqlashtiruvchi idora sifatida ishlari mustaqil davlatlar hamdo’stligida quyidagilarni ta'minlashga qaratilgan:
-yagona me'yoriy baza-davlatlararo standartlar, tasniflagichlar va boshqa me'yoriy hujjatlarni qo’llanish va rivojlantirish;
-yagona etalon baza va o’lchashlar birliligini ta'minlash tizimlarini shu jumladan, vaqt va chastotalar, moddalar va materiallarning tarkibi va xossalariga oid standart ma'lumotnoma ma'lumotlari davlatlararo xizmatlarini shakllantirish;
-mahsulot va xizmatlarni sinash va sertifikatlashtirish natijalarini o’zaro tan olish.
Davlatlararo kengashining texnik siyosati a'zo-davlatlarning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idoralari, ilmiy-texnikaviy komissiyalari (ishchi guruhlari) va standartlashtirish bo’yicha davlatlararo texnik qo’mitalar tomonidan shakllantiriladi.
Davlatlararo kengashi faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha ilmiy-texnikaviy komissiyalar yoki ishchi guruhlar, vaqt va chastotaning bir xil o’lchanishini ta'minlash bo’yicha hamkorlik to’g’risida hukumatlararo Bitimni bajarish bo’yicha vakolatli vakillarining Kengashi, shuningdek standartlashtirish bo’yicha 230 dan ortiq davlatlararo texnik qo’mitalar doimiy ishlamoqda. Hozirgi vaqtda Kengashning ishchi idorasi Minskda joylashgan standartlashtirish bo’yicha Byurodan iborat. Kengashni rotatsiya asosida Davlatlararo kengashi a'zo-mamlakatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idoralarining rahbarlari boshqaradi.
Kengash davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida qator hukumatlararo bitimlarni tayyorlaydi va bular mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlari hukumat boshliqlarining majlislarida qabul qilingan. Bunday bitimlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
-standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni o’tkazish to’g’risida Bitim (13.06.1992, Moskva);
-vakt va chastotani o’lchash birxilligini ta'minlash bo’yicha hamkorlik to’g’risida Bitim (09.10.1992, Bishkek);
-qiyoslash va metrologik attestatlash maqsadida chegaradan olib o’tiladigan me'yoriy hujjatlar, etalonlar, o’lchash vositalari va standart namunalarni olib o’tishga bojxona to’lovlari, soliqlardan va maxsus ruxsatnomalarni berishdai ozod qilish to’g’risida Bitim (10.02.1995, Almati);
-o’zaro etkazib beriladigan mahsulotga mehnat muhofazasi bo’yicha kelishilgan me'yorlar va talablarni ishlab chiqish va rioya qilish tartibi to’g’risida Bitim (12.04.1996, Moskva);
-erkin savdo hududida texnik to’siklar bo’yicha Bitim (20.06.2000, Moskva);
-mustaqil davlatlar hamdo’stligi davlatlarida sayohat sohasida davlatlararo standartlarni va sertifikatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bo’yicha Kontseptsiya.
Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlarida amaldagi texnik qonunlarni uyg’unlashtirish maqsadida Davlatlararo kengashida model qonunlar ishlab chiqilgan:
-«Standartlashtirish to’g’risida” (Parlamentlararo assambleyaning (PAA) 10-yalpi majlisida qabul kilingan);
-"O’lchashlar birliligini ta'minlash to’g’risida" (mustaqil davlatlar hamdo’stligi Parlamentlararo assambleyaning 11 –yalpi majlisida kabul qilingan).
Davlatlararo kengashi doirasida quyidagi bitimlar tuzilgan va bajarilmoqda:
-sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarni o’tkazish va o’zaro tan olish printsiplari to’g’risida (04.06.1992, Krasnodar);
-davlat sinovlari va xilini tasdikdash, metrologik attestatlash, o’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash natijalarini, shuningdek sinovlarni, o’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash laboratoriyalarini akkreditlash natijalarini o’zaro tan olish to’g’risida (06.10.1992, Toshkent);
-moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalarini yaratish va qo’llanish bo’yicha hamkorlik to’g’risida (06.10.1992, Toshkent);
-moddalar va materiallarning fizik konstantalari va xossalari to’g’risida ma'lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish bo’yicha hamkorlik to’g’risida (06.10.1992, Dushanbe);
-davlatlararo kengashi standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar (ISO, IEC) va Evropa Ittifoqi (SEN) standartlashtirish bo’yicha tashkiloti, standartlashtirish bo’yicha hududiy tashkilot tomonidan tan olingan va unga ISO va IEC da qabul qilingan qoidalarga muvofiq "Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha Evro-Osiyo tashkiloti (EASC) nomi berilgan. Yuqoridagi nomi keltirilgan tashkilotlar bilan hamkorlik, axborot va me'yoriy hujjatlar bilan almashinish va o’tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish to’g’risida uzoq muddatli kelishuvlar imzolangan. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha Evro-Osiyo tashkiloti imzolangan kelishuv (bitimlar) ga asosan xalqaro va evropa standartlarini davlatlararo standartlar orqali, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha Evro-Osiyo tashkilotining alohida a'zo mamlakatlari esa, milliy standartlar orqali ko’llanish huquqiga ega. Bu davlatlararo va milliy standartlarni ham xalqaro, xam evropa standartlari bilan yuqori darajada uyg’unlashtirishga yordam beradi. Bunday xuqukdan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha Evro-Osiyo tashkilotining a'zo-davlatlari, bu tashkilotlarda a'zolik statusidan qat'iy nazar, foydalanadi.Hozirgi vaqtda mustaqil davlatlar hamdo’stligi davlatlararo standartlarining jamg’armasida 19000 dan ortiq meyoriy hujjatlar bor. 1992 - yildan boshlab 3800 dan ortiq davlatlararo me'yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan va qabul qilingan. Jamg’arma Davlatlararo kengashining standartlashtirish bo’yicha Byurosi tomonidan, Davlatlararo kengashi a'zo-davlatlarning milliy idoralari bilan hamkorlikda olib boriladi.Davlatlararo me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ularning talablari xalqaro, hududiy va ilg’or milliy standartlar bilan uig’unlashtiriladi. Bu mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlarining savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorliqda texnik to’siqlarni bartaraf etishga yo’naltirilgan yagona me'yoriy-texnik ta'minotni saqlash uchun sharoit yaratadi, shuningdek Davlatlararo kengashi a'zo-davlatlarda ishlab chiqariladigan mahsulotni xalqaro va evropa bozoriga chiqarishga ko’maklashadi.
Tayanch iboralar: Standartlashtirish, Davlatlararo kengashi, tasniflagichlar va boshqa me'yoriy hujjatlarni qo’llanish va rivojlantirish, Davlatlararo kengashi standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar (ISO, IEC) va Evropa Ittifoqi (SEN) standartlashtirish bo’yicha tashkiloti
Nazorat savollari: 1. MDH mamlakatlarining Davlatlararo kengashi (DAK) qachon tuzildi?
2. DAK ning vazifalari nimalardan iborat?
3. Hozirgi vaqtda kengashning ishchi idorasi qaerda joylashgan?
4. EASC qanday tashkilot?