4. Iqtisodiy axborotlarning roli va xususiyati. Hozirgi paytda axborotni qanday tushunish haqida quyidagicha nuqtai nazarlar yuzaga kelgan:
Axborot – halq xo’jaligining barcha tarmoqlarida iste’mol etuvchi zahira bo’lib, energetika yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi ahamiyatga ega. Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, madaniyat, san’at, tibbiyot kabilarning turli masalalari haqidagi mavjud ma’lumotlar, axborot zahiralaridan foydalanishni tashkil etish intel-lektual va iqtisodiy hayotga tobora ko’proq ta’sir ko’rsatmoqda.
Axborot – fan va texnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan-texnika ma’lumotlari, bilimlari yig’indisidir. Boshqacha aytganda, axborot, mazkur talqinga binoan, fan-texnika faoliyati axborot xizmati tizimining mahsuli va xom-ashyosidir.
Axborot - axborot xizmati tizimlarida fan-texnika faoliyati va turli sohalarda kadrlarni tayyorlashni shakllantiruvchi mahsulotlar yig’in-disidir, ya’ni axborot zahiralarini ishlab chiqarish va iste’mol etish faqat jamiyatning intellektual hayoti bilan cheklanadi.
Chindan xam, axborot jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda. Jamiyatni axborotlashtirishda muhim tushunchalardan biri axborot zahiralari tushunchasidir. Uni talqin etish va muhokama etish axborot jamiyatiga o’tish davri haqida gap borgandan beri davom etib kelmoqda.
Axborot zahiralari – alohida hujjat va alohida hujjat to’plami, axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari) dagi hujjatlar va hujjatlar to’plami.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni ma’lumotlarning ulkan oqimida zarur axborotni ko’rib chiqish, tahlil qilish va oqilona foyda-lanishni kuzda tutadi. Axborot tanlash ancha mehnat talab qiladigan, demakki, qimmat turadigan jarayon.
Tasnif tizimini axborotga qo’llash uchun quyidagicha yondashish zarur:
Axborotni tahlil qilish tasnif va qiyoslash vositalari asosida bo’lishi kerak;
Tasnif asosiga turli omil va koordinatf tizimlari qo’yilishi lozim;
Ayrim omil va koordinata tizimlari u yoki bu farqlarga asoslanishi mumkin, masalan aniq bir bozor va tavarlarni bilish zarur;
Tahlilning mohiyati va teranligi avvalo berilgan axborot turi va hajmiga bog’liq.