1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Korxona rahbarining boshqaruv qarorlarini qabul qilish bosqichlari



Yüklə 38,63 Kb.
səhifə2/6
tarix16.09.2023
ölçüsü38,63 Kb.
#143993
1   2   3   4   5   6
1-mavzu lotin

2.Korxona rahbarining boshqaruv qarorlarini qabul qilish bosqichlari.
Korxona rahbari boshqaruv qarorlarini tayyorlash jarayonida quyidagilarni bajaradi:
A. Direktiv axborotlarni yig’ish, korxona holati to’g’risidagi axborot, fan-texnika va ijtimoiy yutuqklar to’g’risidagi axbortlarni yig’ish.
B. Axborotlarni o’zlashtirish, ya’ni hujjatlarni o’qish, xabarlarni eshitish.
V. Axborotlarni qayta ishlash va transformasiya qilish, ya’ni ahvolini baholash, qaror variantlarini ishlab chiqarish.
Bu vazifalarni bajarish uchun axborotni o’z vaqtida yetkazish, aniq, ixcham va to’lik bajarish va tez o’zlashtirish zarur.
Boshqaruv yechimlarini qidirish jarayoni sxemasi quyida keltirilgan.

1-rasm. Boshqaruv yechimlarini qidirish jarayoni sxemasi


3.Axborot hajmi va axborotlarni yig’ish. Axborotlarni o’zlashtirish tezligi va uning ahamiyati.
Boshqarishda faqat axborotgina boshqaruv qarori qabul qilishda yetarli deyish noto’g’ri. Chunki raxbar, nafaqat boshqaruv qarorini qabul qilish bilan shug’ullanadi.
Ikkinchidan qarar qabul qilish faqatgina raxbarga bog’lik emas. Axborot va qarar qabul qilish jarayonlari birinchi bilan uzviy ravishda bog’liq. Shuning uchun ham boshqaruv qararini qabul qilishda axborotlarning yetarli darajada bo’lishi muhimdir. Axborotlar hajmi va ularni yig’ish masalasiga alohida e’tibor berish kerak.
Axborot hajmi bu shunday tushunchaki, agar kibernetik tilda aytiladigan bo’lsa qabul qilinayotgan axborotlarning har bir elementi bilan o’lchanadigan miqdor tushuniladi. Axborot belgilarining soniga qarab axborotni avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida boshqarishda ularning hajimlari aniqlanadi. Axborotlarni yig’ishda esa ularni sifatli qilib jamlash, ro’yxatga olish, kerakli joyga uzatish va saqlash tushuniladi. Axborotlar o’zlarining saqlash davriyligiga qarab vaqtinchalik yoki doimiy bo’lishi mumkin.
Axborotlarni o’zlashtirish tezligi ularning shunday bosqichlarni bosib o’tish tizimi bilan ifodalanadiki, bunda ularning paydo bo’lishi vaqti bilan to undan foydalanishgacha bo’lgan muddat tushuniladi. Axborotlardan optimal ravishda foydalanish, ularning shakli, soni, o’z vaqtidaligi va xabarlar bilan ifodalanadi.

Yüklə 38,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin