1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
KURS ISHI
MAVZU : Xayol va muammoli vaziyat
Bajardi: Pedagogika psixologiya ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi
Egamova Gulrux
Ilmiy raxbar: p.f.n T. G. Suleymanova
Andijon 2015
3
Kirish
Bizning ongimizda o’zimiz ilgari idrok qilgan ob’ektlar to’g’risidagina emas, shu
bilan birga, biz idrok qilmagan ob’ektlar (narsalar, voqealar, shaxslar, joylar va shu kabilar)
to’g’risida ham tasavvurlar bor. Masalan, garchi biz Antarktikada, Janubiy qutbda
bo’lmagan, Mirniy pasyolkasidagi tadqiqotchilarimizning hayotini va ishini ko’rmagan bo’lsak
ham, lekin ular haqida bizning tasavvurimiz bor, biz Vatanimizning uzoq o’tmishidagi voqealar
to’g’risidagi tasavvurga egamiz, o’n, yuz va ming yillardan keyin nimalar bo’lishini tasavvur
qilamiz va hokazo. Biz kosmik kemalarning Oyga va boshqa planetalarga uchishini tasav-
vur qilishimiz mumkin. Bu tasavvurlarni xayolimiz yaratib, beradi, xotira tasavvurlaridan farq
qilgan bu tasavvurlar xayol tasavvurlari yoki fantaziya tasavvurlari deb ataladi.
Xayol vujudga keltirayotgan obrazlar (tasavvurlar) faqat ongning sub’ektiv
mazmunigina bo’lib qolmaydi, shu bilan birga, bu obrazlar odamlarning hayoti va faoliyatida
og’zaki va yozma nutqda ifodalanadilar; narsalarda, buyoqlarda, tovushlarda, she’r va proza
tariqasidagi adabiy asarlarda va san’atning boshqa turlarida gavdalanadi.
SHunday qilib, xayol ong faoliyatidir, bu faoliyat ilgari biz idrok qilmagan, tajribamizda
uchratilmagan narsa va hodisalarning obrazlarini mavjud tasavvurlarimiz asosida miyamizda
yaratishda ifodalanadi.
Odamning miyasida ilgari vujudga kelgan muvaqqat bog’lanishlarning miyada gavdalanishini
va bu bog’lanishlar bir-biri bilan tutashib, yangi tarzda paydo bo’lishini xayolning nerv-
fiziologik negizi deb hisoblamoq kerak.
Ongning boshqa funktsiyalari kabi xayol ham, tarixan, avvalo odamning mehnat faoliyatida
rivojlanib kelgan. Odamlar o’z ehtiyojlarini qondirmoq uchun odam aralashmasdanoq tabiat
berayotgan mahsuldan ham ko’ra ko’proq mahsul olish niyatida tevarak-atrof olamni
o’zgartira berganlar va uni o’zlariga buysundira berganlar. O’zgartira bermoq, va yarata
bermoq uchun esa istalgan narsani oldindan tasavvur qilish, shunday o’zgartirishga qanday
yo’llar bilan erishishni va uning natijalarini tasavvur qilish lozim bo’lgan.
Bora-bora odamning xilma-xil ehtiyojlari – ijtimoiy, bilish, estetik va shu kabi ehtiyojlari
rivojlana borgan sari, xayol ham rivojlana borgan.
Jamiyatdagi odamlarning ijodiy faoliyatida namoyon bo’layotgan xayol ham ijtimoiy hayot
sharoitiga va umumiy madaniy rivojlanish darajasiga qarab, shu jamiyatdagi odamlarning
asosiy intilishlariga qarab, alohida harakter, alohida yo’nalish kasb qilaveradi.