Boshqaruv axborot tizimi uncha katta bo’lmagan tahliliy imko-niyatlarga ega. Ular kundalik va haftalik axborotga muhtoj boshqaruv-chilarga xizmat qiladi. Buning sababi shuki, ularning asosiy vazifasi firmadagi kundalik operasiyalarni kuzatib borish va qat’iy tuzil-malashtirilmagan yig’ma namunaviy hisobotlarni davriy shakllantirishdan iborat. Axborot operasiyaviy darajadagi axborot tizimidan keladi.
Boshqaruv axborot tizimlarining xarakteristkalari:
operasiyalarni nazorat qilish darajasida tuzilmalashgan qarorlar va qisman tuzilmalashgan topshiriqlarni qabul qilishni qo’llab quvvatlash uchun foydalaniladi;
tezkor sharoit bo’yicha qarorlarning nazorati, hisobiyligi va qabul qilinishiga yo’naltirilgan ;
kichik tahliliy imkoniyatlar va tez moslashmaydigan tuzilmaga ega.
Qarorlarni qullab quvvatlash tiziminatijalarini oldindan bilish qiyin bo’lgan, qisman tuzilmalashgan tuzilmalarga xizmat qiladi. Ular bir necha modelga ega bo’lgan ancha qudratli tahliliy apparatga ega. Axborotni boshqaruv va operasion axborot tizimlaridan olada. Bu tizimlardan qaror qabul qiluvchi barcha mutaxasiislar: menejerlar, tahlilchilar va boshqalar foydalanadi. Masalan: ular tavsiyasi qurilmani sotib olish yoki ijaraga berish haqidagi qarorni qabul qilishda qo’l keladi.
Qarorlarni qabul qilishni qo’llab quvvatlash tizimlarining xarakteristkalari:
rivojlanishni oldindan bilish qiyin bo’lgan muammolarni hal etishni ta’minlaydi;
modellashtirish va hal etishning murakkab asbob uskuna vositalari bilan jihozlangan;
hal etilayotgan vazifalar va chiqish ma’lumotlarini qo’yishni yengil o’zgartirishga imkon beradi;
moslanuvchanligi bilan ajralib turadi va sharoitlar o’zgarishi bilan kuniga bir necha bor moslashadi;
Istalgan tashkilot va firma rivoji va muvaffaqiyati ko’p jixatdan unda qabul qilingan strategiyaga bog’liq. Strategiyadeganda istiqbolli, uzoq muddatli vazifalarni hal etish uslub va vositalari jamlanmasi tushu-niladi.
Hozirgi paytlarda bozor munosabatlariga o’tish munosabati bilan firmaning rivojlanishi va ish yuritish strategiyasi masalasiga alohida etibor berilmoqda. Bu xol axborot tizimlariga qarashlarda tub o’zgarish-larga olib keldi. Ular firma mahsulotlari, uning vazifasi, uslublari, xizmatlarini tanlashni o’zgartirishiga ta’sir ko’rsatuvchi strategik muhim tizimlar sifatida baholana boshladi. Axborot tizimlarining yangi - strategik tipi paydo bo’la boshladi.