1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Iqtisodiy axborotni kodlash va tasniflash tizimlari xususiyatlari



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə45/73
tarix17.04.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#99053
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73
1 mavzu Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarnin

4. Iqtisodiy axborotni kodlash va tasniflash tizimlari xususiyatlari.

Axborotlarni kodlashtirish belgilangan tizim — kodlarni qurishning belgilovchi qoidalar majmuasi bo’yicha o’tkaziladi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy axborot­larni kodlashtirishning bir necha tizimlari qo’llaniladi, ular orasida quyidagilar keng tarqalgan: tartibli, seriyali, pozisiyali va kombinasiyalashtirilgan. Kodlashtirish tizimini tanlash bir qator omillarga bog’liq, ular orasida nomenklaturadagi ajratilgan alomatlarning miqdori, har bir alomatdagi pozisiyalarning soni, nomenklaturaning barqarorlik darajasi asosiylardan bo’ladi.


Tartibli tizimni qurishda, nomenklaturaning bar­cha pozisiyalari kichik alomat bo’yicha katta alomatlarni hisobga olmasdan kodlashtiriladi. Barcha pozisiyalarga tartib raqamlar o’tkazib yuborilmasdan beriladi. Bu kod kam belgili, qurilishi bo’yicha sodda, ammo unda faqat kichik alomat hisobga olingan, bu katta alomat bo’yicha natijalarni avtomatik olishni qiyinlashtiradi. Ushbu tizimning boshqa kamchiligi nomenklaturada zahirali pozisiyalarning yo’qligidir. Shu bois ham tartibli tizim cheklangan qo’llanishga ega va barqaror bir alomatli nomenklaturalarni kodlashtirishda foydalaniladi.
Seriyali tizim tartibli tizimni eslatadi, ammo u bilan ikki yoki undan ortiq alomatni, ya’ni ikki va undan ortiq nomenklaturani kodlashtirish mumkin. Nomenklaturalarning katta alomatlariga ega har bir guruhiga raqamlar seriyasi beriladi. Seriyali tizim nomenklaturaning katta alomatlari uchun zahirali raqamni ko’zda tutadi. Agar bu tizim mashinaning xoti­rasida katta alomatlarni ta’riflovchi raqamlar se­riyasining raqamli miqdori bo’lsa, ShKda ishlab chiqish uchun qulaydir. ShK barcha katta alomatlarning kodlanishini va guruhlovchi alomatlar bo’yicha yig’ma natijalarning olinishini ta’minlaydi. Seriyali tizim quyidagi izchillikda bajariladi:

  • guruhlovchi alomatlarning soni aniqlanadi;

  • har bir guruhlovchi alomatdagi pozisiyalarning soni belgilanadi;

  • katta alomatlarga zahirani hisobga olish bilan raqamlar seriyasi beriladi;

  • katta alomatlar raqamlari seriyalari doirasida zahirani hisobga olish bilan tartibli kodlashtirish o’tkaziladi;

  • klassifikator tuziladi.

Kodlashtirishning pozision tizimida har bir alo­mat aniq ajratiladi va unga belgililigiga muvofiq bitta yoki bir necha razryadlar ajratiladi. Keyin har bir alomat 1, 01, 001 va h.k. dan boshlab alomatning belgililiga ko’ra alohida kodlashtiriladi. Bu kod ShKda barcha kerakli natijalarning ajratilgan alomatlariga ko’ra avtomatik shakllanishini ta’minlaydi.
Kombinasiyalashtirilgan tizim pozision singari nomenklaturaning barcha alomatlarini aniq ajratishni ko’zda tutadi. Ammo bunda har bir alomat istalgan tizim: tartibli, seriyali, yoki pozision bo’yicha kodlashtirilishi mumkin. Kombinasiyalashtirilgan tizim moslashuvchan va iqtisodiy vazifalarni hal qilishda keng qo’llaniladi, chunki barcha kerakli natijalarni ajratilgan alomatlarga muvofiq avtomatik olinishi­ni ta’minlaydi.
Kodlashtirishning pozision va kombinasiyalashtirilgan ishlab chiqish izchilligi quyidagicha:

  • guruhlovchi alomatlarning soni va ularni birgalikda tobe bo’lishi aniqlanadi;

  • har bir guruhlovchi alomatdagi pozisiyalarning soni belgilanadi;

  • avval katta alomatlarni, keyin katta alomatlar ichidagi alomatlar tartib raqamlarini, uning katta alomati doirasidagi kichik alomat miqdoriga muvofiq, har gal 1, 01, 001 dan boshlab kodlashtirish o’tka-ziladi;

  • klassifikator tuziladi.

Kodlashtirishning aytib o’tilgan tizimlaridan tashqari, yana qaytarilish kodi va cheklangan qo’llanishga ega shaxmat tizimidan ham foydalaniladi. Qaytarilish kodi sifatida biror-bir nomenklaturalarning raqa­mi, masalan avtomobillarning garaj raqami, omborning raqami va boshqalar ishlatiladi. Shaxmatli tizim barqaror aloqaga ega ikki alomatli nomenklaturani kodlashtirish uchun qo’llaniladi. U jadval ko’rinishida tuziladi va pozision tizimni eslatadi.
Iqtisodiy axborotlarni kodlashtirish bo’yicha misol qaraymiz. Faraz qilamizki, korxonada materiallar yetti xil va ularning 99 raqami mavjud. Ular uchta omborda joylashtirilishi mumkin. Bu raqamlarni kodlashtiramiz:
Alomat
A) materiallarning turlari Kodli belgilanishi
xom-ashyo va materiallar; 1
nimmahsulotlar; 2
yonilg’i; 3
ehtiyot qismlar; 4
boshqa materiallar; 5
idishlar; 6
qurilish materiallari 7
B) Omborlar:
xom-ashyo va materiallar; 1
yonilg’i 2
qurilish materiallari 3
V) Materiallar:
moyli buyoq; 01
ruxli oq buyoq 02
temir mixlar 03
Barcha bajarilgan alomatlarga bog’liklikni xisobga olish bilan moyli buyoqning kodini qurish misolini keltiramiz:
balans raqami -10
qurilish materiallari -7
qurilish materiallarining ombori -3
ro’yxat raqami -
moyli buyoq -01
kodning umumiy ko’rinishi -107301
Bu yerda Kod to’rt alomatni ajratish bilan ko’p belgili pozision tizim bo’yicha qurilgan.
Axborotni formal tilga tarjima qilish kodlashtirish vositasida amalga oshiriladi. Axborot massivlarini ma’lumotlarni qayta ishlaganda turli tuman mantiqiy amallarni bajarish imkoni bo’ladigan qilib ko’rish lozim.
ABTda iqtisodiy axborotni qayta ishlashning ko’pgina masalalarini axborotni tasniflash va kodlashning ishonchli tizimiga ega bo’lmasdan to’g’ri va samarali yechib bo’lmaydi.

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin