Axborot jamiyati yo’liga hammadan ko’proq AQSh, Yaponiya, Angliya, Germaniya kabi axborot sanoati rivojlangan mamlakatlarni kirgan deyish mumkin. Bu mamlakatlarda axborot sanoatiga, komp’yuter tizimlari va telekamunikatsiyalar rivojlanishiga investitsiyalarni jalb etish va inova-tsiyalarni qo’llab quvvatlash allaqachonlar davlat siyosati yo’nalishlaridan biriga aylangan.
Olimlar axborotlashgan jamiyatning o’ziga xos quyidagi xususiyat-larini keltirishadi:
axborot inqirozi muammosi hal bo’ladi, ya’ni axborot tanqisligi bilan axborotlarning ko’pligi o’rtasidagi qarama-qarshilikka bartaraf beriladi;
boshqa resurlarga nisbatan axborotning prioritetligi ta’minlanadi;
milliy iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy shakli bo’lib axborot-lashgan iqtisod hisoblanadi;
jamiyatning negiziga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida bilimlarni avtomatlashtirilgan usulda yig’ish, qayta ishlash va foydalanish yo’lga qo’yiladi;
inson faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan holda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari global tus oladi;
barcha inson taraqqiyotining axborot yagonaligi shakllanadi;