Rekvizit – obyekt, jarayon, hodisa va hokazolarning muayyan xususiyatlarini ifoda etuvchi, mantiqan bo’linmas axborot elementlaridir.
Rekvizit-belgi boshqarish obyektining sifat xususiyatini belgilaydi.
Klasifikator tasnif guruhlari nomlanishi va kodlarining tizimlashtirilgan jamlanmasidir.
Nazorat uchun savollar 1.Menejment axborot tizimi nima ?
2. Menejment axborot tizimining bosh vazifalari nimalardan iborat?
3.Boshqaruvni kompyuterlashtirishning uch bosqichi haqida suzlab bering.
4.Obyekt deganda nimani tushunasiz?
5.Iqtisodiy axborotni kodlash va tasniflashning qanday sistemalari mavjud ?
6.Tasniflash va kodlash turlari haqida gapiring.
8-mavzu.Iqtisodiy axborot - iqtisodiy resurs sifatida Reja: 1. Iqtisodiy axborot – axborotning eng muhim turlaridan biri.
Axborot jamiyati haqida tushuncha. Axborot jamiyatiga xos xususiyatlar.
Axborot jamiyatiga xos xususiyatlarning ijobiy va salbiy oqibatlari.
Boshqarishda foydalaniladigan va bajarilishi uchun uzatiladigan axbo-rotlarga qo’yiladigan talablar.
Tayanch iboralar:iqtisodiy axborot , axborot jamiyati, axborot jamiyati xususiyatlari, ishonchlilik, tushunarlilik, tezkorlik, to’liqlilik, tejamlilik.
Iqtisodiy axborot – axborotning eng muhim turlaridan biri.
Axborot atrof muhit ob’ektlari va xodisalari, ularning o’lchamlari, xosiyatlari va holatlari to’g’risidagi ma’lumotlardir. Keng ma’noda axborot insonlar o’rtasida ma’lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o’rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir. Iqtisodiy axborotlarni boshqarish fani axborot xodisalari yoki ob’ektlari to’g’risidagi tasavvurlarimizni o’zgartiruvchi, o’zaro kontseptual bog’liq ma’lumotlar, ko’rsatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Iqtisodiy axborotlarni boshqarish fanidan axborot bilan bir qatorda ma’lumotlar tushunchasi ham keng qo’llaniladi.
Ma’lumotlarni u yoki bu sabablarga ko’ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma’lumotlardan biror narsa to’g’risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug’ilsa, ma’lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni foydalaniladigan ma’lumotlar deb atasa ham bo’ladi.
Masalan: qog’ozga telefon raqamlarini ma’lum tartibda yozib, birovga ko’rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma’lumot sifatida qabul qiladi. Biroq ana shu har bir telefon raqami to’g’risiga muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo’yilsa, avvalgi ma’lumot axborotga aylanadi.