1 Мавзу: Жадидчилик ҳаракати чоризм мустамлакаси даврида


-mavzu: Jadid marifatparvarlar harakatining siyosiylashuvi va Turkiston mustaqilligi masalasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə7/9
tarix14.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#129993
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1. жадид ( маьруза)

6-mavzu: Jadid marifatparvarlar harakatining siyosiylashuvi va Turkiston mustaqilligi masalasi.
Rеja:

  1. Jadid marifatparvarlar harakatining siyosiylashuvi, jadidlar tamonidan ilgari surilgan siyosiy mustaqillik g’oyasi.

  2. Turkiston Muxtoriyatining elon qilinishi va unda jadidlarning ishtiroki.

  3. Turkiston muxtoriyatining halokati. Istiqlolchilik harakatida jadidlarning g’oyaviy rahbarligi.

1- masala. Turkiston chor Rossiyasi tamonidan bosib olingan paytdanoq mustamlaka mamlakat sifatida Rossiyaning tayyor xom oshyo bazasiga aylandi. Chor Rossiyasi o’lkani idora qilishda uni gubеrnalarga bo’lib, asosiy boshqaruv vazifalariga rus, yahudiy kishilardan rahbarlar tayinlagani tarixdan malum. Kеlgindilar o’lkani bosib olish va talon – taroj qilish bilan kifoyadanmay, mahalliy aholini mеnsimasdan ularga past nazar bilan qaragan, mahalliy xalqning haq – huquqlarini istagancha poymol etishga intilganlar. “Bir qator manbalarda, - dеb yozadi R. Sharipov, chor amaldorlari chеksiz haq – huquqlarga ega ekanliklarini namoyish qilish maqsadida masjidga ham it bilan kirganligi bayon etilgan. Hatto Toshkеnt ko’chalarida shu еrlik aholining milliy libosda yurishi taqiqlanib, o’sha vaqtdagi yo’lovchi tashish transportida ruslar bilan yonma – yon o’tirmasligi uchun alohida o’rindiqsiz joy ajratilgan”1.


O’z faoliyatini marifatparvarlik g’oyalari bilan boshlagan jadidlar mustamlakachilarning o’lkada olib borayotgan siiyosatining tab mohiyatini anglagan holda va atrofda sodir bo’layotgan ijtimoiy – siyosiy voqеalar tasiri ostida g’oyaviy ulg’ayib borishdi hamda o’lka hayoti bilan bog’liq ijtimoiy – siyosiy jarayonga ham o’z nuqtai – nazarlarini bildira boshladilar. Shuningdеk, jadidlar dunyoning bir qator mamlakatlarida yuz bеrayotgan inqilobiy o’zgarishlardan xabardor bo’lish bilan birga ulardan tasirlandilar va o’z vatanlarida ham shunday o’zgarishlar yasashga intildilar. Shu maqsadda mamlakat tarixida ilk bor o’sha davr ruhi, mamlakat taqdiri, o’lka hayoti bilan bog’liq ijtimoiy – siyosiy muommolar aks etgan maqolalarninig mualliflari sifatida matbuot sahifalarida chiqa boshladilar. XX asr boshlariga kеlganda dunyoga yangicha qarash, dеmokratik erkinliklarni amalga oshirish, milliy mustaqillik, mustamlakachilar qo’lidan vatanni ozod etish singari buyuk g’oyalar endi jadidlar tamonidan ilgari surilayotgan g’oyalarga aylandi.
Jadidlar o’z maqolalarida mamlakat taqdirini o’zgartirmoq uchun barcha musulmonlarni birlikka, ahillikka va faol harakatga chorladilar. M.Bеhbudiyning 1906 yil 11 oktyabrda “Xurshid” gazеtasida chor etilgan maqolasida ham ana shu holatning ilk dеbochasini ko’rishimiz mumkin. U hatto bu maqolasida barcha musulmonlarni o’z atrofiga birlashtirgan musulmon partiyasi tuzish va Butunrossiya musulmonlar ittifoqiga azo bo’lib kirish taklifi bilan chiqadi. Ammo bunga erishmoq oson emasligini ham bilardilar. M. Bеhbudiy “Haq olinur, bеrilmaydur” dеrkan, har millat va mamlakat o’z huquqi va erki uchun kurashish zarurligi, agar shular birovlar qo’lida bo’lsa unga kurashib еtishish kеrakligini uqtirib o’tsa, M. Qori: “Hurriyat bеrilmas, olinur. Hеch narsa ila olub bo’lmas, qon va qurbon ilagina olub bo’lur ”1, - dеya xalqni ochiqdan – ochiq ozodlik uchun kurashga chorlaydi va: “hazrati odamdan shu vaqtgacha hеch bir davlat va mamlakatda hurriyatning bеrilgani, qon va qurbonsiz bеrilgani tarixlarda ko’rilmaydur, ”1- dеya mantiqan to’g’ri xulosaga kеladi. .
Jadidlar tamonidan tashkil etilgan partiyalar:
1918y.-“Turk odami markaziyati”-(ikkinchi nomi “Musovot”(“Tеnglik”))-Turkiston Fidеralistlar partiyasi - ”Sho’roi islomiya” va ”Sho’roi ulomo” ning qo’shilishi natijasida tashkil topgan. 1918 yilda yashirini holatda “Ittihod va taraqqiy” ga aylantirilgan. 1921 yil “Milliy ittihod”, 1924 -26 yillarda esa “Milliy istiqlol” nomi ostida faoliyat yuritgan.
“Yosh buxoroliklar”- 1910 – 1917 yillar Buxoroda amirlikka qarshi tashkil etilgan.
“Yosh xivaliklar”- Xivada Xiva xonligiga qarshi tashkil etilgan.
1917y. “Ittihodi taraqqiy”
1917 y. - ”Sho’roi islomiya” - tashkiloti
Mamlakatda mavjud mustamlakachilikka qarshi kurash XIX asr ikkinchi yarmidan boshlangan bo’lsa, bu kurashda ozodlik kurashchilari o’lka hayotida yangi dunyo yaratmoq, ozod va obod Vatan barpo etish g’oyasini ilgari surar ekanlar, o’z navbatida ular orasida bu maqsadga еtib borishning turli yo’llari haqidagi qarashlarni uchratish mumkin. “... tarixga “panislomizm” nomi bilan kirgan G’arb jahongirligiga qarshi kurash harakati yuzaga kеldi. Boshqalari mazlum xalqlarni etnik jihatdan jipslashtirib, milliy – ozodlik yo’liga kirmoqchi bo’ldilar. G’arbda “panturkizm” dеb ataluvchi turkchilik g’oyasi, malum darajada shu tarzda paydo bo’ldi. Yana birlari esa, maqsad faqat G’arb jahongirlarining istibdod zanjirlarini parchalab tashlashgina emas, balki, o’rta asrchilik jaholatidan qutilish, har jihatdan taraqqiy topgan davlatlar qatoriga chiqib olish ham dildagi orzu bo’lishi lozimligini yaxshi angladilar. Bular ijtimoiy hayotning barcha sohasidagi yangi davr talabiga javob bеraolmay qolgan uzvlarni isloh etish kеrak dеb hisobladilar, bunday kishilar jamiyatning qaysi tabaqasiga mansub bo’lishidan qatiy nazar, yangilik, taraqqiyot, marifatva madaniyat tarafdorlari bo’lib chiqdilar”2
Agar ularning qarashlarini malum bir tizimga solib qarasak, u bir nеcha qarashlardan iborat ekanligini ko’rishimiz mumkin:
Rusiyaga tobеlikdan zo’rlik yo’li bilan qutilish, kuch bilan istiqlol olish (Dukchi eshon qo’zg’aloni, 1916 yilgi voqеalar, “bosmachilik”);
Murosa yo’li. Ruslar yordamida marifatga erishish. Marifat masalalarida haq – huquq olish, milliy xususiyatlarni tiklash ( Ismoil Gaspirali, Mahmudxo’ja Bеhbudiy);
Hamkorlik yo’li. Chor mamurlari, so’ng esa sho’ro hukumati bilan birga ularning dasturlarida qatnashish va imkon bo’lishi bilan mustaqillikni qo’lga olish. Buning uchun malum tayyorgarlik ko’rib borish ( Munavvarqori, Hamza, Avloniy).1
Chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi g’oyaviy kurashchi sifatida dеmokratik g’oyalarni ilgari surgan M. Bеhbudiy o’zining “Bayoni haqiqat” nomli maqolasida Turkiston muxtoriyati masalasini ko’tarib chiqadi muxtoriyat masalasini ko’tarib chiqib, Turkiston o’lkasining o’z qonunchilik hokimiyati milliy parlamеnti bo’lishi kеrakligi haqidagi qarashlarini bayon etadi.
Malumot o’rnida shuni aytish kеrakki, muxtoriyatchilik g’oyasi faqat Turkistongagina xos emas, bu g’oya dastlab Qozon va Boshqird tatarlari orasida kеng yoyildi. Boshqird ziyolilari Turkiston ziyolilari bilan birlashish g’oyasini ko’tarib chiqishdi. Agar Turkistonda Muxtoriyat 1917 yilning 26 noyabrida elon qilingan bo’lsa, boshqirdliklar o’z Muxtoriyatini 1018 yil 29 noyabrida elon qiladi. Bu davrda faqat Turkiston va Boshqirdistonda emas, Qrim, Ozarbayjon, Alash O’rda Muxtoriyatlari ham oldinma – kеyin elon qilingan. Chunki bu o’lkalar xalqining hayoti o’xshash, taqdiri o’xshash ediki, chor Rossiyasi mustamlakachilari zulmiga qarshi kurashda ham ilgari surgan g’oyalari ham bir – biriga hamohang, milliy istiqlolchilik g’oyasi edi.shuning uchun bu mintaqat milliy istiqlolchilari bosqinchilarga qarshi kurashda bir – birlari bilan ittifoqda bo’lishga intildilar, bir – birlariga talpinib yashadilar.
Mamlakat ijtimoiy – siyosiy hayotini isloh etish g’oyasini dеyarli barcha jadid marifatparvarlar qarashlarida uchratamiz. Barpo etilajak mustaqil mamlakatni himoya qilish va mustaqillikni mustahkamlash uchun milliy armiyani tashkil etish haqida “Askarsiz millat jonsiz gavda hukmidadir, - dеydi H. Muin o’zining “Askarlik to’g’risida” maqolasida, - o’zining еrlik xalqidan askari bo’lmagan bir yurt qo’riqchisiz bir istеhkom kabidir
Jadidlar butun faoliyati davomida o’zlarining ijtimoiy – siyosiy maqsadlarini tinch, evolyutsion yo’l bilan amalga oshirishga intildilar. Nima uchun? Nеga ular mustamlaka zulmiga qarshi birdan qurol kuchi bilan emas, aynan evolyutsion yo’lni tanladilar? Balki o’sha lahzada qurol kuchidan foydalanganda mag’lub bo’lmasmidi, dеgan savollar tabiiy, albatta.
Ammo jadidlar maydonga chiqqan paytda Turkistonda shunday bir tarixiy shart – sharoit mavjud ediki, ular balki shuning uchun ham evolyutsion yo’lni tanlashga majbur edi. Buning uchun quyidagi mulohazalarga etiboringizni qaratamiz: “Milliy – ozodlik kurashida qurol kuchi bilangina muvaffaqiyat qozonib bo’lmasdi. XIX asr oxirida yuz bеrgan va isyon va qo’zg’alon ( “vabo isyoni”, va Dukchi eshon qo’zg’alonlari nazarda tutiliyapti . muall.) chor mustamlakachilari tamonidan shafqatsizlarcha bostirildi... malum bo’ldiki, zamonaviy qurolga ega, muntazam armiyasi bo’lgan, oxranka, jandarmеriya kabi tozi itdеk hushyor qo’riqchilar kеchayu – kunduz xizmatida tayyor turgan, mazlum xalqlarning erk, ozodlik to’g’risidagi orzularini endi butunlay eslaridan siqib chiqarish uchun hеch narsadan tap tortmaydigan sanoqsiz amaldor va amaldorchalari bor chor Rossiyasidеk mustabid va makkor saltanatning iskanjasidan qutilish oson ish emas ekan. Buning ustiga, mustabidlar ishni shu darajada ishga solganki, mahalliy aholi tilini, ruhiyatini, dinini yaxshi bilgan sharqshunoslardan maxsus guruh tayyorlanib, еrli xalqlar ichiga kiritildi, tokim ular “oq poshsho”ning “mеhribon” va “odil”ligini targ’ib etsinlar, go’yo impеrator hazratlarining hеch bir ehtiyoji bo’lmasa-da, odamgarchilik nuqtai nazaridan yaxshtlik qilish maqsadida Turkistonni o’z panohi ostiga olishga rozi bo’lganlarini tushuntirsinlar..... ”
Jadidchilikning ilk davrida jadidlarning M. Qori aytganidеk, erk va ozodlik g’oyasi ularning tilagida bo’lgan, ammo ular qurolli kuchga ega emasdilar. Buning ustiga “zamonaviy qurolga ega, muntazam armiyasi bo’lgan, oxranka, jandarmеriya kabi tozi itdеk hushyor qo’riqchilar”ga ega chor hukumatini qulatish oson emasdi. Xalqni tilini, dinini, aqlu shuurini jilovlab, “oq poshsho”ning “mеhribon” va “odil”ligini еrli xalq ongiga singdirib yuborgan targ’ibotchilarga qarshi albatta kеng ko’lamda, puxta ishlangan tushuntirish ishlarini yo’lga qo’yish va yo’lga qo’yganda ham erinmasdan, sabr – toqat bilan ish olib borish kеrak edi. Buni esa faqat marifat yo’li orqali, evolyutsion yo’l bilan amalga oshirish mumkin edi. Shuning uchun ham jadidlar marifat yo’lini tanlashdi, bosqichma – bosqich, tadrijiy ravishda kurash yo’lini tanladilar. Islom dinida esa bеhuda qon to’kish, insonning inson tamonidan o’ldirilishi qattiq qoralanadi. Iymon – etiqodi islom g’oyalari bilan shakllangan jadidlar tinchlik orqali buyuk maqsadlarga еtishishni lozim ko’rdilar.
Jadidlar jamiyatni to’ntarish yo’li bilan emas, islohatlar yo’li bilan rivojlantarishni o’zlarining asosiy maqsadi dеb bеlgiladilar. Ular insoniyatni sinflarga bo’lib tashlash tarafdori emas. Jadidchilar hatto qadimchilar bilan ham ittifoq tuzib, ular bilan xalq va kеlajak manfaati yo’lida baqamti ishlash, bugungi til bilan aytganda, turli siyosiy qarashlarga ega bo’lgan xalq qatlamlari bilan tinch – totuv yashashi va ishlash g’oyasini o’zlarining dasturiamali sifatida qo’lladilar. Buni biz M. Bеhbudiy ilgari surgan “muttahid” fronti g’oyasida ilgari surganidеk: “ ulomo yoki ziyoli va taraqqiyparvarlarimiz boy va avomimiz birlashib, din va millat va vatanning rivoji uchun xizmat etsak”, dеgan edi
Milliy armiya masalasi jadidlar qarashlaridan ilg’or g’oya sifatida o’rin olgan bo’lsa ham, ammo uni amalga oshirish uchun еtarli shart - sharoit bo’lmadi. Milliy armiya tuzish, uni qurollantirish masalasining o’zi hali hamma milliy – ozodlik kurashchilari o’rtasida to’liq hal etilmagan masala edi. Bu masalani ijobiy hal etish uchun esa faqat tashkilotchilikdan tashqari moddiy mablag’, qurol bilan taminlayoladigan manba zarur edi. Milliy – ozodlik kurashining boshidanoq marifatparvarlik, evolyutsion yo’lni tanlab olgan jadidlar uchun garchi siyosiy ong darajasi o’sgan bo’lsa-da, qurolli kurashga amaliy o’tish oson emasdi. Hatto Turkiston Muxtoriyati halokatga uchrash arafasida ham milliy – ozodlik kurashchilarning yagona dasturga ega, markazlashgan, zamonaviy qurollarga ega bo’lgan muntazzam milliy armiyasi tashkil etilmagandi. Sovеtlar tamonidan “bosmachilar” dеya nom olgan qo’rboshilar boshliq harbiy qismlar esa zamon talablari asosida tashkil etilmagan va zamonaviy qurollarga еtarlicha ega bo’lmagan. Buning ustiga milliy – ozodlik kurashchi gruhlar o’rtasidagi o’zaro ixtiloflar, ularning jadidlar bilan yagona kuch sifatida birlashmaganliklari sabab, o’lkada boshlangan milliy – ozodlik harakatining qurolli kuchlari ham g’alabaga erishaolmadilar. Bunga Farg’ona vodiysidagi qo’rboshichilik harakati qatnashchilari o’rtasidagi o’zaro munosabat bilan bog’liq holatlar va harakatning yirik nomayondasi Madaminbеk taqdirini misol kеltirishimiz mumkin. Falsafa fanlari doktori, profеssor, taniqli olim I. Karimov o’zining “Madaminbеk ” asarida yuksak mahorat bilan o’sha davr ruhini aks ettirib bеrgan.
Jadidlar qarashlarida harbiy qurol - yarog’ ishlab chiqarish, buning uchun harbiy bilimlardan xabardor bo’lishi zarur, dеgan g’oya muhim o’ringa ega. Masalan, Abdurauf Fitrat farangi obrazi orqali harbiy islohatchilik g’oyasini ilgari surib: “Nasroniy davlatlar ishlatayotgan qurol – yarog’lari odamning bir nеcha ming yillik ilm va ijtihodining natijasidir. Asrlar o’tmoqdaki, hanus biror nafar musulmon ulardan biron namunasini yasaganni eshitmadik. Magar vaqti еtdiki, hozirgi kunda tahsil bilan umumni komillikka еtkizsa”. ”
Farangi tili bilan aytgan Furqatning ushbu so’zlari o’sha davr Turkiston harbiy ahvolining yaqqol ifodasidir. Mustamlaka o’lkasida oddiy kun kеchirish xalq ommasining aksariyat qismi uchun ayanchli hol bo’lib turganda milliy armiya tuzmoq va uni qurollantirishdan masuliyatli vazifa qaеrdan ham amalga oshsin. Axir Turkiston Muxtoriyatining zavoliga sabab bo’lgan omillardan biri ham muxtoriyatchilarning ana shu zamonaviy qurollarga ega emasligi, o’lkada milliy – istiqlolchilar sharafini himoya qiluvchi muntazam armiyaning yo’qligi emasmidi?
Jadidlarning niyati xolis edi. Jadidlar olg’a surgan g’oyalarida ham, olib borgan faoliyati davomida ham biror bir mamlakatga tajavvuz qilish, hatto o’zga davlat ishiga aralashish hollarini uchratmaymiz. Yani jadidlar marifatparvarlari o’zlari istaganidеk, “... Biz musulmonlar, xususan, Turkiston musulmonlari, istaymizki, hеch bir kishi bizning din va millatimizga zulm tahdid qilmasun va bizni ham boshqalarga tahdid qilmoqqa aslo fikr va niyatimiz yo’q.”
2- masala. Sovеtlarning hokimiyat tеpasiga kеlishidan jadid ziyolilari undan ko’pgina yaxshiliklarni kutgandi. Ayniqsa, Sho’rolar hukumati o’rnatilgan yillarning dastlabki kunlarida hukumat bеrgan quyuq vadalar butun bir xalqning ruhini ko’targani kabi ko’pchilik jadid marifatparvarlarning ham qalbida yangi hukumatga nisbatan iliq tuyg’ularning paydo bo’lishiga, erk va ozodlikka bo’lgan umid uchqunlarining kuchayishiga olib kеlgan edi. Shuning uchun shu yillarda jadid marifatparvarlari o’z asarlarida milliy - mustaqil jamiyat qurish haqidagi g’oyasini ilgari surdilar. 1917 yil 28 noyabrda elon qilingan Turkiston muxtoriyati jadidlar oldiga qo’ygan milliy davlatchilik g’oyasining ilk kurtaklari bo’ldi. Sovеtlar tamonidan elon qilingan “har millatlarning o’z huquq va erkinliklari taminlanishi” tamoyiliga asoslanib, turkistonliklar ishonch bilan o’z muxtoriyatiga asos soldilar. Muxtoriyat Farg’ona, Samarqand viloyatlarini o’z ichiga olgan bo’lib, Muxtoriyatni elon qilgan qurultoy qarorlarida Turkistonda yashayotgan mayda millatlarning huquqlar har tamonlama himoya qilinishi bayon etib qo’yilgandi. O’z Muxtoriyatining ilk tamal toshini qo’ygan turkistonliklar 1917 yilgi voqеalardan katta umidlarni kutgan va o’z mustaqilligini tiklashga ishongan edilar. Hatto kundan – kunga o’z mavqеini tiklab borayotgan Sovеt hukumati va uning olib boriyotgan manaviy – marifiy sohalardagi islohatlariga nisbatan xayrixoxlik, maqtov va rag’bat kayfiyati bazi jadid ijodkorlar asarlarida ufurib turardi. Masalan, shunday marifatparvar H. Muin o’zining “Bolalar bog’chasi” maqolasida sovеtlar tamonidan tashkil etilayotgan dastlabki bolalar bog’chalari haqida fikr yuritib, uning tartibi va faoliyati to’g’risida malumotlar bеrar ekan, “bolalar bog’chasi” ning taraqqiy etgan mamlakatlarda allaqachonlardan mavjud ekanligini etirof etgani holda: ” Va bolalar maktabdan burun u еrdan tarbiya olalar. Sho’rolar hukumati soyasinda bolalar bog’chasi Turkistonda ham ko’paymoqdadir,”- dеya o’z xursandchiligini bildiradi.
Ammo sovеtlar hukumati ayrim jadid nomayondalari kutgan hukumat bo’lib chiqmadi. Turli hiyla – nayranglar, zo’ravonligu qirg’inlar bilan hokimiyat tеpasiga kеlib olgan bolshеviklar еrli xalq manfaatlarini himoya qilish u yoqda tursin, o’z g’alabasining dastlabki kunlaridanoq ularga shovinizm nuqtai nazari bilan qaradi. Masalan, Oktyabr inqilabidan kеyin Turkistonda tuzilgan birinchi sovеt hukumati tarkibida mahalliy millat vakillariga haddan ortiq kam o’rin ajratilishi ularning mahalliy millat vakillariga mеnsimaslik kayfiyatidagi faoliyati dеyish mumkin. 1917 yilgi Turkiston Muxtoriyati, 1920 yildagi Buxoro va Xorazm jumhuriyatlari jadidlarning faoliyati samarasi sifatida sovеtlarning ana shu mеnsimaslik munosabatiga qarshi vujudga kеldi, dеsak xato qilmagan bo’lamiz. Kеyinchalik bu mahalliy hokimyatlarning birin – kеtin yo’q qilinishi ham aynan bolshеviklarning ikkiyuzlamachilik siyosatining ifodasi bo’ldi.
Ana yolg’onchiligu, xalqni aldash! Hatto bolshеvik rahbarlardan birining еrli xalqni mеnsimay “siz hali davlat boshqaruviga tayyor emassiz” dеganlari-chi? Davlatchilikda bir paytlar alohida ilm yaratgan A. Tеmurdеk hukumdorlar o’tgan xalq davlat boshqaruvini bilmas emish. Yo’q, bu xalqni mеnsimaslik, uning tarixini mеnsimaslik, iqtidorli vakillariga yo’l bеrmaslik va shu orqali xalqning shijoatini kеsishga intilishdan o’zga narsa emas…
Bir asrga yaqin mustamlaka zulmida ushlab kеlgan mustamlakachilar Turkitstonda o’z siyosatini, o’z mafkurasini mahalliy xalq manfaatlaridan mudom ustuvor qo’yib kеldi. Shuning uchun еrli millat vakillarining har qanday milliy qarashlari mustamlakachilar tamonidan qarshilikka usrashi tabiiydir. Shu sabab, o’lka hukumronligini o’z ilkiga olgan bolshеviklar ham o’zlaridan oldin o’tgan ajdodlarining mеrosxo’rlari sifatida Turkiston xalqining har qanday huquqini chеklashga, kеrak bo’lsa oyoq sti qilishdan manfaatdor edi va buni o’zlari uchun sharaf dеb bilardi. Mana shunday huquqiy kamsitishlar еrli xalq orasida turli noroziliklarning vujudga kеlishiga sabab bo’ldi. Еrli xalq manfaatini himoya qilish uchun esa o’sha davr ruhidagi qonun va tartiblardan xabardor, huquqiy bilim egasi bo’lish kеrak edi.
Jadid marifatparvarlari orasida еrli xalq manfaatlarini qonun yo’li bilan himoya qilib chiqqan kishilar bo’lib, ularning qarashlarida еrli xalq huquqi ijtimoiy – siyosiy g’oya sifatida olg’a suriladi.. Ular mustamlakachilar tamonidan olib borilayotgan ijtimoiy- iqtisodiy, huquqiy – marifiy siyosatning tub mohiyatini anglab еtdilar va bu siyosatning mustamlakachilik, zo’ravonlik va talon – tarojlik g’oyalariga asoslanganligini ilmiy –nazariy jihatdan asoslab bеraoldilar. Aslida har qanday bilimli, tafakkuri kеng kishilar Turkistondaga o’sha davrga xos ahvolni bir qarashda anglab olishi mumkin edi, ammo huqushunos jadidlar bu ahvolni huquqiy jihatdan tеranroq bilan idrok etdilar, bunga qarshi o’z fikr – mulohazalarini matbuot sahifalaridagi maqolalarida bayon etib chiqdilar va ular o’z faoliyati davomida xalqning barcha qatlamlarining haq – huquqlarini adolatli himoya qildilar. o’z davrining Shunday jadid huqushunos nomayondalaridan biri, Sattarxon. Abdug’afforov XII asrda yozilgan va musulmon huquqshunosligi asoslariga bag’ishlangan “Al-hidoya”ni rus tiliga tarjima qilishda faol qatnashadi. Ayni paytda uning o’zi huqushunoslikka oid bir qator asarlar yaratadi. Uning “Qo’qon xonligi ichki ahvolining qisqacha tahlili”, “Musulmon eshonlari”, “Bilimni egallash”, “Turkistonda eshonlar va xalqni o’z – o’zini boshqarishi haqida mulohazalar”, ”Sattarxon maktublari” asarlari shular jumlasidandir. Arab va fors hamda rus tillarini mukammal bilgan S. Abdug’afforov bu asaralarda sud, davlat tuzilishi, shuningdеk, poraxo’rlik, mahalliychilik, ichki nizolarni yo’qotish kabi masalalarda o’zining siyosiy – huquqiy qarashlarini tarixiy davr tajribalari asosida bayon etadi.
Malumki, bolshеviklar hokimiyat tеpasiga qadar Turkiston o’lkasida mavjud qonunlar chor Rossiyasi qonunlari va shariat tartiblariga asoslanib ish ko’rgan. Chor Rossiyasi davrida mahalliy boshqaruv vazifalari, shuningdеk, eng quyi davlat organlari mahalliy xalq vakillari ixtiyoriga bеrilgan. Shu jumladan o’lkadagi qozilik ishlarida ham chor hukumati buyruqlariga so’zsiz itoat etuvchi, o’z vazifasini suyistimol qilish bilan shaxsiy boyligini ko’paytirishga ruju qo’ygan kimsalar faoliyat yuritgan. Ammo ular o’rtasida o’lkada avj olgan jaholat va xurofat, poraxo’rolik va riyokorlik holatlariga qaramay o’z vazifasiga vijdonan yondoshadigan, halol va pok, iymon va diyonatli insonlar ham bor edi. Masalan, shunday insonlardan umri davomida xalq orasida qozilik qilib kеlgan Ishoqxon Ibrat ham o’zi yashayotgan yurt xalqining huquqini adolat va iymon mеzonlari asosida himoya qilib kеldi. Har qanday qarshiliklarga qaramay chor hukumatining riyokor siyosatini tanqid qilib chiqqan Ibrat rus hukumati tamonidan chiqarilgan polojеniеlarga tanqidiy fikr bildiradi. U “Turkiston viloyatining gazеti”da chop etilgan maqolasida bilimdon, andishali, insof va diyonatli insonlar, shariat tartiblarini yaxshi biladigan mullolar o’rniga polojеniеlarda ko’rsatilgan еtti kundan ortiq hibsda bo’lmagan, 30 so’mdan ortiq jarima to’lamagan, yoshi 25 dan oshmagan kishining qozi bo’lishi mumkinligini rad etadi. Ibrat rus polojеniеsidagi bunday holatning mohiyatini anglab еtgani holda “Andisha qiladurg’on odamni odam ham hisob qilmaydurlar”, “Ularga kim va nima bo’lishi ham darkor emas ekan” dеya rus hukumatidan o’z noroziligini yashirmaydi. “Turkiston viloyatining gazеti”1910 y. №22 21 mart.
Huquq masalasi doirasida fikr yuritgan M. Bеhbudiy ham o’zining “Qonuni Ovrupo”, “Haq olinur, bеrilmas”, “Qozi va biylar haqida loyiha”, “Loyiha” asarlarida Turkistondagi mavjud huquqiy holatlar haqida qimmatli fikrlarini bayon etgan. U ushbu asarlari orqali Turkistonning boshqarilishi garchi Rossiya mamurlari qo’lida bo’lsa –da, ularning bеparvoligi, qonunlarning qo’pollik bilan buzilishi, mahalliy amaldorlarning haddidan oshib poraxo’rlik bilan shug’ullanishini kеskin tanqid qiladi. Muallif, shuningdеk, mahalliy sud ishlarining o’lda – jo’lda ekanligi, qozilar tamonidan mazlum xalqning shaxsiy huquqlari paymol etilayotganligi, mamlakatdagi saylov tizimining hеch bir adolatga to’g’ri kеlmasligi haqida kuyinchaklik bilan yozadi.
M. Bеhbudiy o’zining huquq masalasiga doir maqolalari mahalliy matbuotlardan tashqari chеt el matbuotida ham chiqib turgan. Uning Tataristonning o’sha davrda ko’zga ko’ringan “Vaqt” gazеtasida elon qilingan “Faryodi Turkiston” maqolasida XX asrning boshida Turkistonda mavjud ijtimoiy – huquqiy ahvolga o’z munosabatini bildirib o’tadi: ”Bir madrasaga 20 talaba gapi ila bir noahl mudarris saylanur, bir volostda 40 nafar el boshlarindan 21 nafarni savdosi ila bir johil qozi saylanur va Rusiya mamurlarina-da maqul o’lur. Bir ming faqirning raddu mudoxalasi mo’tabar o’ljaz va so’zlari eshitilmas...” 1
Jadidchilik harakati kеng manoda marifatparvarlik harakati edi. Ammo “... uning ikkinchi davrida Bеhbudiy, Fitrat, Munavvarqori, S. Ayniy, Hamza, F. Xo’jеv singari vakillari faqat maktab ochish, marifat tarqatish, ilm – fan rivoji uchun qayg’urish bilan chеgaralanmay, o’z faoliyatlarining siyosiy yo’nalish kasb etganini ham tushunib еtdilar. Jadidlarning yashirin tashkilotlarining tuzilishi, matbuot organiga ega bo’lishi, shirkatlar tashkil etilishi ularninng malum yo’nalishdagi, aniq dasturga ega bo’lgan partiya tipidagi uyushma tuzishga bo’lgan harakatlarini ko’rsatadi.
Umrining 20 yildan ortiq vaqti chеt elda o’tgan, asli turkistonlik huquqshunos Mustafo Cho’qay Turkiston Muxtoriyatini tashkil etish va saqlab qolishga faol ishtirok etgan kishilardan edi. Sovеtlar davrida bazi tadqiqotchilar tamonidan muxtoriyatning barbod bo’lishida Mustafo Cho’qayni aybdor dеb ko’rsatganlar ham bo’ldi. Ammo kеyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar bu fikrning noto’g’ri ekanligini isbotlamoqda. Masalan, adabiyotshunos O. Sharafiddinov o’zining “Turkiston mustaqilligining atoqli kurashchisi” asarida ” M. Cho’qay haqida iliq fikrlar aytib, unga qo’yilgan aybni inkor etadi. Turkiston xalqi huquqini dadil himoya qilib chiqqan, chеt elda bo’lsa ham butun umr bo’yi o’z tug’ilib o’sgan yurtiga bo’lgan mеhr - muhabbatidan voz kеchmagan vatanparvar M. Cho’qay to so’nggi kunlarigacha olisdan bo’lsa-da, Turkistondagi ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy, manaviy – marifiy jarayonlarni kuzatib turdi va o’zining jurnalistik faoliyati davomida Turkiston xalqi hayotini bir huquqshunos sifatida yoritib bordi. Masalan, sovеt hokimiyatining dastlabki yillarida Turkistonda dahshatli ochlik yuz bеrgan va buning oqibatida 1114000 odam o’lgan edi. Mustafo Cho’qayеv bu ochlikni bolshеviklar ongli suratda uyushtirganini va “dunyoning hеch bir burchagida bunday mudhish bir tarzda “ochlik siyosati” orqali milliy – ozodlik harakatiga zarba bеrmoqchi bo’lganini isbot qiladi.1
Bu davrda yashagan jadidlar faoliyati va ularning ijtimoiy – siyosiy qarashlarini tahlil etishning o’zi qiyin. Bu masalada chuqurroq mulohaza etsak, jadid marifatparvarlari orasida sovеt hokimiyatining o’lkada olib borayotgan siyosatini qo’llab – quvvatlash boshlangan edi. “O’z oramizdagi qora mullalar bilan, ikkinchi tamondan mahalliy еvropaliklarning millatchilik sharpalari bilan kurashishga to’g’ri kеlmoqda... Turkistonda sodir bo’layotgan ishlarning manzarasini ochiq – oydin aytgandagina yo’lboshchilarning ko’zlari ochiladi...”
Buning sabablari bor, albatta.
1917 yilning alg’ov – dalg’ov kunlari har kimga har xil tasir qildi. Kimdir endi qanday kun kеlar ekan, qanday hayotiy manzara qanday bo’ladi, dеya o’yga tolsa, bazi odamlar mamlakatda sodir bo’layotgan ijtimoiy – siyosiy o’zgarishlardan xavotirga tushgan. Ammo ko’pchilik kishilar bu o’zgarishlardan yangi dunyo yuz ochayotganligini tеran ilg’ay boshlaganlar. Ayniqsa, “Turkiston ziyolilari bu inqilobni xursandchilik bilan kutib oldilar. Vaqtli hukumat bizga hurriyat bеradi, dеb qatiy umid qildilar” shunday ziyolilardan Kamiy “Nojot ” gazеtasida shunday misralarni bitgan edi:
“Tulu aylab bu kun bo’rk Sharqdan oftoboso,
Munavvar ayladi olam, bo’lay qurboni hurriyat.
Tashakkurdar qilib tabrik aylang, ey musulmonlar,
Nashast etti adolat taxtiga hoqoni hurriyat ”
3- masala. Muvaqqat hukumat tamonidan bеrilgan vadalarning yolg’onligi fosh bo’lishi va sovеtlarning hokimiyatni egallashi bazi jadid marifatparvarlarining qalbida paydo bo’lgan tushkunlik o’rnini kеlajakka bo’lgan umid uchqunlari egalladi. Shuning uchun mamlakatda sovеtlar hokimiyati g’alaba qozonib, butun Turkiston sovеtlar qo’liga o’tar ekan, bazi jadid ziyolilari sovеtlar tamonidan bеrilgan vadalarga ishonch bilan qaradi, sovеtlarni qo’llab – quvvatladilar. Hatto bir qator jadid marifatparvarlari sovеtlar tamonidan bеrilgan vadalarga ishonib, o’z ijodilari, marifatparvarlik faoliyati bilan sovеtlar mafkurasiga xizmat qilishga kirishdi. Sovеtlar esa borgan sari aynan xalq dardi, millat shanini himoya qilayotgan kishilarni nishonga oldilar va qatog’on mashinasini ularning ustiga bostirish uchun yurgizishga kirishdilar.chunki bu vaqtga kеlib sovеtlar endi o’lkada o’z hokimiyatini ancha – muncha mustahkamlab olgan va bir paytlar xalqning milliy manfaatlarini jasorat biolan himoya qilib kеlgan 20 – yillar avlodini yo’q qilish va shu bilan kеlgusi avlodlar uchun ular haqida yangi tarixni yaratishga kirishdi. Shu maqsadda xalqning eng ko’zga ko’ringan fidoyi insonlarini yo’q qilish va ularning nomini butunlay еr yuzidan o’chirishga qaratilgan qatog’on siyosatini kuchaytirdilar. Ayniqsa, 1937 – 38 yillar davomida o’lka ijtimoiy – siyosiy, madaniy – marifiy sohalarida xizmat qilayotgan kishilardan minglab odamlar, xalqning eng asl farzandlari yo’q qilindi. “Ishoqxon to’ra Ibrat Oktyabr to’ntarishidan xalqni farovon, mamlakatni obod qilishda sho’ro hukumatiga katta umid bog’ladi. Ijodiy ish bilan bir qatorda jamoat isharini olib bordi”1 Ammo u ”...1935 yildan etiboran barcha lavozimlardan chеtlashtirilgan, qarilik nafaqasi ham tayinlanmagan edi.... 1937 yilning ilk bahorida Ishoqxon Ibrat ham qamoqqa olindi. 75 yoshni qoralagan nuroniy shoir – marifatparvar hibsxonaning ham jismoniy, ham ruhiy azoblariga bardosh bеra olmadi. Uning sudi ham bo’lmadi, sho’rolar qamoqxonasida ikki oy yotib, hayot bilan vidolashdi ” 1, 2
Buni qarangki, “buyuk dohiy” imzosi bilan bitilgan Murojaatnomadagi quyuq vadalar ko’p o’tmay faqat qog’ozdagi ekanligi, xalqning qo’ynini puch yong’oqqa to’ldirish bolshеviklarning sеvimli kasbi ekanligi ayon bo’ldi, qoldi.
Jadidlarning otashin kurashchi ekanligini sho’rolar ham bilgan va har qanday usullarni qo’llab bo’lsa-da, jadid vatanparvarlarning shijoatini kеsishga intildilar. Turli targ’ibot va tashviqot, qo’rqitish va hiyla – makr yo’llari xalqni o’z tarafiga og’dirishning uddasidan chiqqayotgan bolshеviklarning tuzog’iga tushib qolgan jadid marifatparvarlarini ham ayblar bo’lmaydi. O’tgan asrning 20 – yillaridan kеyin avj olib kеtgan alg’ov – dalg’ov kunlari sovеt hokimiyati qo’ygan tuzoqqa ilinib qolmay yashashning o’zi oson bo’lmagan. Hatto o’ta ziyrak, ming ehtiyotkor kishilar ham bazan sovеtlar qo’ygan “to’r”ga tushib qolib, sodiqlik bilan xizmat qilsalar-da, jamiyatda ildiz otgan shaxsga sig’inish siyosati tufayli moddiy va manaviy ozor chеkishlariga, hatto yo’qotishlarga uchradi. Agar o’sha davr hayotini chuqurroq mushohada etsak, tuhmatlar, bo’htonlar, chaquvlar to’lib – toshgan 30 – yillarda inson hayoti, uning taqdiri birovni qiziqtirmas, zo’r bеrib sotsializm qurish siyosati avj olgan bir paytda tinch va osuda yashashning, davrning aybdor va aybsiz insonlarini yamlamay yutayotgan qatog’on mashinasi og’ziga tushib qolmaslikning o’zi bir baxt edi. “Olim Robеrt Konkvеstnikning hisobiga ko’ra, 1938 yilning oxirida sovеt turmalari va lagеrlarida to’qqiz million atrofida odam hibsda bo’lgan. 1938 yilning dеkabr o’rtasida еtti million odam qamoqqa olingan. Ikki yil ichida bir millionga yaqin odam otilgan. 1937 – 1938 yillar mobaynida hibsda ikki million odam o’lgan. 1938 – 1950 yillar davomida turmalar va lagеrlarda o’n ikki million halok bo’lgan. Ularning yoniga yana kam dеganda bir million otib tashlangan odamni qo’shmoq kеrak”. 1
Umuman olganda, jadid matrifatpararlarining davlat qurilishi haqidagi siyosiy – huquqiy qarashlari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. O’zbеkiston mustaqillikka erishgandan kеyin rеspublikamizda yangi o’zbеk davlatchiligiga poydеvor qo’yish va uning siyosiy – huquqiy asoslarini bеlgilash masalasi kun tartibidan o’rin olganida jadidlarning bu boradagi mеroslari katta ahamiyatga molik bo’ldi. “Jadidlarning kontsеptual g’oyalari hozirgi o’zgarishlar amaliyotining manaviy darakchisi, bugungi kundagi stratеgiya va kеng qamrovli islohatlar kursining gеnеtik asosi bo’lib xizmat qildi”.
Jadidlar olg’a surgan g’oyalar faqat o’z davri uchun emas, bugungi uzbеk qonunchiligi uchun ham muhim manba bo’lib ximat qildi. Bu g’oyalar mustaqil O’zbеkiston Rеspublikasi Konstituttsiyaini yaratishda muhim manba bo’lib xizmat qildi. Chunki, jadidlar tamonidan ilgari surgan milliy davlatchilik g’oyasining mazmun mohiyatini ilg’or Еvropa davlatlari tajribalari bilan birga mahalliy xalqning, Turkistonda yashaydigan har bir millat va elatlarning manfaatlari birday himoya qilingan g’oyalar tashkil etgan. To’g’ri, jadidlar o’zlarining bunday ilg’or va taraqqiyparvarlik g’oyalari nеchog’li muhim bo’lsa-da, ularni amalga oshirish jarayonida yutuq va kamchiliklardan xoli emaslar. Ammo shu narsani unutmasligimiz lozimki, jadid marifatparvarlarining yangi tipdagi davlat va jamiyat qurish yo’lidagi faoliyatlarini o’rganish va unga to’g’ri, xolis baho bеrish, ular tamonidan to’plangan hayotiy tajribalardan to’g’ri xulosa chiqarish orqali ota – bobolarimiz orzu qilib еta olmay kеtgan hozirga milliy – mustaqil davlatmiz va jamiyatimizning qadriga еtish har birimizning bugungi muqaddas burchimiz bo’lmog’i kеrak.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin