1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə41/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB, ing. International Bank for Reconstruction and Development) - Jahon bankining asosiy kredit tashkiloti bo’lib keng miqyosda Jahon banki nomi bilan tanilgan. Ushbu bankga a’zo bo’lish uchun ariza taqdim etgan mamlakat avvalo XVFga a’zolikka kirgan bo’lishi lozim. Bankning barcha qarzlari a’zo davlatlar hukumatlari tomonidan kafolatlanishi kerak. Qarzlar bo’yicha har olti oyda o’zgaruvchi foiz stavkasi belgilanadi. Hozirgi vaqtda mazkur stavka 6-7%ga teng. Qarzlar asosan 15-20 yil muddatga, asosiy qarz summasi bo’yicha to’lovlarni 3-5 yilga uzaytirish tartibida beriladi. Qarz berish davlat xukumatining kafolati olingandan so’ng amalga oshiriladi3.
XTTB – 1944 yilda Bretton-Vudsdagi (AQShning Nyu-Xempshir shtatidagi shaharcha) Xalqaro valyuta – moliyaviy konferentsiyada XVF bilan bir vaqtda tuzilgan davlatlararo investitsiya institutidir. Bir vaqtning o’zida bankning nizomi ham bo’lib qolgan XTTB haqidagi Bitim 1945 yilda rasmiy jihatdan kuchga kirgan, bank o’zining faoliyatini 1946 yildan boshlagan. XTTBning shtab-kvartirasi – AQShning Vashington shahrida joylashgan.
XTTBning asosiy maqsadi – a’zo mamlakatlarga uzoq muddatli kredit va qarzlar berish hamda xususiy investitsiyalarni kafolatlash orqali ularning iqtisodiyotini rivojlantirishga ko’maklashish hisoblanadi. Dastlab XTTB a’zo mamlakatlarning to’plangan mablag’lari va amerikalik investorlarning jalb qilingan kapitallari yordamida ikkinchi jahon urushi natijasida iqtisodiy jihatdan turg’un holatga kelib qolgan G’arbiy Evropa mamlakatlarida xususiy investitsiyalarni rag’batlantirishga mo’ljallangan edi.
XTTBning Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiq uning maqsadlari sirasiga quyidagilar kiradi:
– a’zo davlatlarning xalq xo’jaligini tiklash va rivojlantirishga ko’maklashish;

  • kafolatlar berish, xususiy va boshqa investorlarning investitsiyalari va ssudalarida ishtirok etish orqali xususiy va xorijiy investitsiyalarni rag’batlantirish;

– jahon savdosining muvozanatli o’sishini va a’zo davlatlar to’lov balansining muvozanatliligini qo’llab-quvvatlash.
50-yillarning o’rtalaridan boshlab, G’arbiy Evropa mamlakatlarida xo’jalik xayoti barqarorlashishi munosabati bilan, XTTB o’z faoliyatining katta qismini Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining iqtisodiyotini rivojlantirishni barqarorlashtirishga yo’naltirdi.
XTTBning oliy rahbar organi Boshqaruvchilar Kengashi va Direktorat (ijroiya organi) bo’lib hisoblanadi. A’zo mamlakatlarning moliya vazirlari yoki markaziy banklar boshqaruvchilaridan tashkil topgan Kengash o’z sessiyalarini XVF bilan birgalikda bir yilda bir marta o’tkazishadi. XTTB a’zolari bo’lib faqatgina XVF a’zoligiga qabul qilingan mamlakatlar bo’la oladi. Ovozlar XTTB kapitalidagi (180 mlrd. doll.dan ortiq) mamlakat kvotasi orqali aniqlanadi.
Hozirda XTTB a’zolari bo’lib 186 mamlakat hisoblansada, etakchi o’rinda ettilik mamlakatlari turadi: AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Kanada va Italiya.4
Bankning resurslari shakllanishining manbasi bo’lib, Amerika bozorlarida obligatsiya qarzlarini chiqarish va ularni sotishdan olingan mablag’lar hisoblanadi. XTTB kreditlarni, odatda 20 yil muddatga a’zo mamlakatda ishlab chiqarish ob’ektlarini kengaytirish uchun xukumat kafolati ostida beradi. Shuningdek XTTB boshqa banklarning uzoq muddatli kreditlari bo’yicha kafolat ham beradi. U ham XVF singari, qarzdor mamlakatning moliyaviy holati, kreditlanuvchi ob’ektlar va ushbu ob’ekt bo’yicha bank missiyasi tomonidan o’rganilgan axborotlarni talab qiladi.
XTTB quyidagi dasturlar doirasida faoliyat yuritadi:

  • iqtisodiy boshqaruv va kambag’allik bilan kurashish;

  • ekologiya va ijtimoiy rivojlanish;

  • infratuzilma, xususiy sektor va moliya;

  • inson salohiyatini rivojlantirish.

Keyingi yillarda XTTB rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarzlarini tartibga solish bilan shug’ullanmoqda: kredilarining 1/3 qismini qo’shma moliyalashtirish deb ataladigan shaklda beradi. Bank to’lov balansi holatini yaxshilashga shuningdek, iqtisodiyot tuzilmalarini tartibga solishga strukturali kreditlarni ajratadi.
Hozirgi paytda XTTB faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • turli xildagi investitsiya loyihalarini uzoq va o’rta muddatli kreditlash;

  • loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy va texnik asoslarini tayyorlash;

  • rivojlanayotgan mamlakatlarda tuzilmaviy qayta qurish dasturlarini moliyalashtirish.

XTTBning maqsadlari quydagilardan iborat:

  • a’zo mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishga va qayta tiklashga yordam ko’rsatish;

  • xususiy xorijiy investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash;

  • to’lov balansining muvozanatini saqlashga va xalqaro savdoning barqaror o’sishiga yordam berish;

  • statistik ma’lumotlarni to’plash va e’lon qilish.

XTTBning asosiy mablag’lari hozirgi kunda o’rta va uzoq muddatli qarz majburiyatlarini emissiya qilish orqali xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar hisobidan shakllanadi. XTTB qimmatli qog’ozlari yuqori kredit reytingiga (AAA) ega bo’lib, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlariga joylashtiriladi. XTTBning kreditlari qarz oluvchi davlat milliy valyutasida emas, balki devizlarda, ya’ni xalqaro darajada to’lov vositasi sifatida tan olingan valyutalarda ajratiladi.
XTTB qarzlarini ikkita kategoriyaga ajratish mumkin:
Iqtisodiyot uchun yo’qotishlarsiz ssudalar bo’yicha foizlarni to’lashga qodir bo’lgan, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun qarzlar.
Xalqaro moliya bozorida kreditga layoqatsiz va ssudalar bo’yicha foizlarni to’lashga qodir bo’lmagan kambag’al mamlakatlar uchun qarzlar.
Keyingi yillarda XTTB jahon moliya bozorida yirik qarzdor rolida chiqmoqda. Bank tomonidan chiqarilayotgan obligatsiya qarzlari summasi davlatlararo investitsiya banklari o’rtasida eng katta solishtirma og’irlikka egadir.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin