1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


-mavzu. Xalqaro moliya tashkilotlarining xalqaro moliya taraqqiyotidagi o’rni



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə38/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

9-mavzu. Xalqaro moliya tashkilotlarining xalqaro moliya taraqqiyotidagi o’rni
Reja
9.1. Xalqaro moliya tashkilotlarining tasniflanishi va umumiy tavsifi.
9.2. Xalqaro Valyuta Fondining maqsadi va faoliyatining mohiyati.
9.3. Jahon banki guruhi va unga kiruvchi tashkilotlar faoliyati.
9.4. Mintaqaviy valyuta-kredit va moliya tashkilotlari.


Tayanch so’z va iboralar


Moliyaviy globallashuv, valyuta, kredit, SDR, ­byudjet defitsiti, “stend-bay kreditlash mexanizmi, kengaytirilgan kreditlash mexanizmi


9.1. Xalqaro moliya tashkilotlarining tasniflanishi va umumiy tavsifi

Xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarining tashkiliy tuzilmasi o’ziga ko’plab xalqaro tashkilotlarni qamrab oladi. Ulardan ba’zilari ko’pgina vakolatlarga hamda yuqori miqdordagi moliyaviy resurslarga ega bo’lgan holda xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarini tartibga solishda ishtirok etadi. Boshqalari esa, hukumatlararo muhokama etish uchun forumlar tashkil etish hamda valyuta-kredit va moliya siyosati bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.


Xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishiga va faoliyatining rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatgan:

  • xo’jalik hayoti baynalmilallashuvining kuchayishi, shuningdek, milliy chegaralardan tashqariga chiquvchi transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklarning tashkil topishi;

  • jahon xo’jaligida moliyaviy munosabatlarni xalqaro tartibga solishga bo’lgan ehtiyojning kuchayishi;

  • jahon valyuta tizimi, xalqaro valyuta-kredit, qimmatbaho qog’ozlar va oltin bozorlaridagi yuzaga keladigan muammolarni hamkorlikda hal qilish zaruriyatining ortib borishi.

Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan bajariladigan asosiy funktsiyalarga quyidagilar kiradi:
1. Axborot funktsiyasi.
Xalqaro moliya tashkilotlari jahon xo’jaligi rivojlanishining umumiy tendentsiyalari hamda biror bir davlatning iqtisodiy holati to’g’risida ma’lumotlar olish mumkin bo’lgan axborot markazi rolini bajaradi. Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari o’tkazilgan xalqaro konferentsiyalar, yig’ilishlar, tadqiqotlar natijalari bo’yicha statistik materiallarni nashr etib boradi.
2. Maslahatchi funktsiyasi.
Xalqaro moliya tashkilotlari mamlakatlarning xukumatlariga valyuta-kredit va moliya siyosatini o’tkazish bo’yicha maslahatlar berib boradi.
3. Tartibga solish funktsiyasi.
Xalqaro moliya tashkilotlari xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solish funktsiyasini ham bajaradi. Jumladan, XVF to’lov balansida muammolarga ega bo’lgan mamlakatlarga vaqtinchalik moliyaviy yordam ko’rsatadi. XVF mamlakatlarga milliy valyuta kursini bir maromda saqlash uchun ham bir necha bor vaqtinchalik yordam ko’rsatgan.
4. Bashorat qilish funktsiyasi.
Xalqaro moliya tashkilotlari milliy va jahon iqtisodiyoti rivojlanishining bashoratini amalga oshiradi.
Xalqaro moliya tashkilotlari universallik darajasi va maqsadlariga bog’liq holda jahon ahamiyatiga ega bo’lgan, mintaqaviy, shuningdek faoliyati jahon xo’jaligining ma’lum bir sohasini qamrab oluvchi tashkilotlarga ajratiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllarini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlarni tashkil etish g’oyasi 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi ta’siri natijasida yuzaga keldi.
Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotini rivojlantirish sohasidagi muayyan masalalarni hal etish uchun a’zo mamlakatlarning moliyaviy resurslarini birlashtirish orqali tashkil etiladi. Ushbu masalalar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  • xalqaro savdoni rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash, jahon iqtisodiyotini tartibga solish hamda barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valyuta va fond bozoridagi operatsiyalar;

  • byudjet taqchilligini moliyalashtirish va davlat loyihalarini amalga oshirishga kreditlar – davlatlararo kreditlar;

  • xalqaro loyihalar (loyihada to’g’ridan-to’g’ri, shuningdek rezident tijorat tashkiloti orqali ishtirok etuvchi bir nechta mamlakatlar manfaatlariga daxldor bo’lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;

  • xalqaro biznesga ijobiy ta’sir ko’rsatishga (masalan, infratuzilma loyihalari, informatsion texnologiyalar sohasidagi loyihalar, transport va kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va boshq.) ichki loyihalar (bitta mamlakatning yoki rezidentning tijorat tashkiloti manfaatlariga bevosita daxldor bo’lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;

  • fundamental ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish va hayriya faoliyati (xalqaro yordam dasturlarini moliyalashtirish).

Xalqaro moliya tashkilotlari quyidagi maqsadlarni ko’zlagan holda faoliyat yuritadi:

  • jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliyani barqarorlashtirish maqsadida jahon hamjamiyatida harakatlarni birlashtirish;

  • valyuta va moliya-kredit munosabatlarini xalqaro tartibga solishni amalga oshirish;

  • jahon valyuta va moliya-kredit siyosatining strategiya va taktikasini hamkorlikda ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.

Xalqaro moliya tashkilotlarida qatnashish darajasi va alohida mamlakatlarning ta’siri ularning kapitaldagi bo’nagining miqdori bilan aniqlanadi.
­Xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatining samaradorligi muayyan darajada a’zo mamlakatlarning hukumati va davlat tashkilotlari va bilan bo’ladigan o’zaro munosabatga bog’liq bo’ladi. Shunday ekan, xalqaro moliya tashkilotlarining investitsion faoliyati ko’p hollarda yirik xalqaro loyihalar bo’yicha risklarni boshqarish va sug’urtalashni amalga oshiruvchi davlat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni talab etadi.



Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin