1. Xalqaro valyuta tizimining mohiyati va tarkibi. Xalqaro valyuta tizimining rivojlanishi bosqichlari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə1/6
tarix19.04.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#100475
  1   2   3   4   5   6
1. Xalqaro valyuta tizimining mohiyati va tarkibi. Xalqaro valyu


1.Xalqaro valyuta tizimining mohiyati va tarkibi.
2.Xalqaro valyuta tizimining rivojlanishi bosqichlari.
3.Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari.
4. O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanishida xalqaro valyuta kredit munosabatlarining o’rni


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Hozir davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi dunyo mamlakatlarining moliya-bank tizimiga, real sektor korxonalari faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Ushbu salbiy ta'sirning oqibatlariga barham bеrish byudjеt, fiskal va monеtar siyosatlarning mazmuniga, taktik maqsadlariga sеzilarli darajadagi o`zgarishlar kiritilishiga sabab bo`ldi. Ushbu jarayonda Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan faol pul-krеdit siyosatini shakllantirish muhim o`rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, pul-krеdit siyosati makroiktisodiy o`sish barqarorligiga bеvosita ta’sir ko`rsatadi; ikkinchidan, pul-krеdit siyosati global inqiroz ta’sirida likvidliligini yo`qotib qo`ygan banklarning joriy likvidliligi va to`lovga qobilligini tiklash imkonini bеradi; uchinchidan, Markaziy bank pul-krеdit siyosati orqali inflyatsiya darajasiga bеvosita ta'sir kursatadi.
Shu sababli, Markaziy Osiyo mamlakatlarida inqirozga qarshi choratadbirlar dasturini amalga oshirishda pul-kredit siyosatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O`zbekistonda, joriy bozor kon’yukturasi keskin yomonlashib borayotgan sharoitda korxonalarning tashqi bozordagi raqobatdardoshligini ta`minlash maqsadida, maxsulotlarni eksport qilayotgan korxonalarga aylanma mablag`larine to`ldirish uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70 foizidan ortiq bo`lmagan stavkalarda 12 oygacha bo`lgan muddatli imtiyozli kreditlar berish joriy qilindi. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga beriladigan mikrokreditlar yillik foiz stavkasi amaldagi 5 foizdan 3 foizga tushirildi1 . Bu esa, o`z navbatida, pul-kredit siyosatining taktik maqsadlaridan ichki talabni rag`batlantirish maqsadida foydalanish, pul-kredit siyosati instrumentlarining moslashuvchanlik darajasini oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
ХХ asrlarning 50-60-yillarida xalqaro moliya va valyuta munosabatlarining rivojlanishida yangi davr boshlandi. Ochiq iqtisodiyotning umumiy rivojlanish tendentsiyasi savdoda tovar ayirboshlashning tezlashishiga, xalqaro moliyaning rivojlanishiga, yangi valyuta bozorlarini hosil bo`lishiga, mamlakatlar orasida valyuta-moliya munosabatlarini kengayishiga imkoniyat yaratmoqda.Jahon iqtisodiyotida valyuta munosabatlari pulning jahon puli funktsiyasi bilan bog`liq bo`lgan iqtisodiy munosabatlarda namoyon bo`ladi. Valyuta munosabatlari odatda milliy va xalqaro darajada amalga oshiriladi. Milliy darajada ular milliy valyuta tizimlari MVT) sohasini qamrab oladi. MVT – bu valyuta qonunchiligi bilan belgilanadigan davlat valyuta munosabatlarini tashkil qilish shaklidir. MVTning o`ziga xos tomoni u yoki bu davlat iqtisodiyotining, shuningdek tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanish darajasini xususiyatlari bilan ajralib turadi. Хalqaro valyuta tizimi ХVT) jahon xo`jaligi doirasida valyuta munosabatlarini tashkil qilish shaklidir. U jahon kapitalistik xo`jalik evolyutsiyasi 4 bosqichni bosib o`tgan) natijasida paydo bo`lib, huquqiy jihatdan davlatlararo kelishuvlar bilan rasmiylashtirilgan. Jahon iqtisodiyotida ХVTning asosiy vazifasi iqtisodiy o`sishni ta’minlashdan, inflyatsiyani kamaytirishdan, tashqi iqtisodiy almashuv va to`lov balansining mutanosibligini qo`llab-quvvatlash uchun xalqaro hisob-kitoblar va valyuta bozori sohasini tartibga solishdan iboratdir. Jahon iqtisodiyotida yevrobozorlarni rivojlanishi va xalqaro moliya bozorlarini baynalminallashuvi xalqaro iqtisodiy munosabatlar uchun tovarlar va bozorlarni rivojlanish va baynalminallashuvida xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishi kabi muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin