1. Xalqaro valyuta tizimining mohiyati va tarkibi. Xalqaro valyu
5. O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanishida xalqaro valyuta kredit munosabatlarining o’rni Bugun O‘zbekistondagi ijtimoiy haYotning barcha jabhalarida o‘tkazilaYotgan tub o‘zgarishlar o‘z taraqqiYotining yangi bosqichiga ko‘tariladi. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichi erishilgan natijalarni mustahkamlash va ularni yanada rivojlantirishga qaratilgan. O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridagi)ni jahon andozalari darajasidagi yangi texnika bilan ta’minlash uchun investitsiya mablaYolari ajrataYotgan moliya institutlari oldiga katta vazifalar qo‘yilmoqda. Bu vazifani moliyalashning faqat an’anaiviy usuli bank krediti va boshqa kreditlarga tayangan holda bu vazifa hal etiladi. Byudjet mablag‘lari hisobdan ajratiladigan uzoq muddatli (muddatlari 10-15 yil va bundan ziyod) Xalqaro kreditlarning quyidagi shakllari farqlanadi: 1) Hukumatning ikki taraflama kreditlari. Davlatlararo uzoq muddatli kredit keng ko‘lamlarda birinchi jahon urushi paytida vujudga keldi va o‘z rivojiga urushdan so‘nggi yillarda ega bo‘ldi. Bunda asosiy kreditor bo‘lib AQSH maydonga chiqdi. Natijada davlatlararo ziddiyatlarni kuchaytirib yuborgan hukumatlararo qarzdorlik (11 mlrd. oltin dollarlari, foizlarni hisobga olmaganda) paydo bo‘ldi. Fransiya kreditni nemis reparatsiyalari hisobiga, Germaniya esa AQShdan yangi kreditlarni olish hisobiga so‘ndirayotgan edi. 1929-1933 yillar iqtisodiy inqirozi davri mobaynida Germaniya va 25 ta boshqa davlatlar qarz bo‘yicha to‘lovlarni to‘xtatib qo‘ydilar. Ikkinchi jahon urushi davri mobaynida hukumatlararo qarzlar sezilarli rol o‘ynamagan edi. Harbiy va boshqa turdagi materiallarning yetkazib berilishi asosan "lend-liz" (ijara) shartlari asosida, kredit majburiyatlarisiz amalga oshirilayotgan edi; 2) Xalqaro va hududiy valyuta-kredit hamda moliyaviy tashkilotlarning kreditlari; 3) yordam ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha, ushbu yordam shakli texnik yordam, hadyalar, subsidiyalar bilan birgalikda imtiyozli shartlar asosidagi zayomlarni ham o‘z ichiga oladi. Ayrim holatlarda xalqaro kreditning aralash turi qo‘llaniladi. Masalan, eksportni kreditlashning odatdagi shakllari yordam ko‘rsatish bilan birgalikda amalga oshiriladi . Xalqaro kreditning yangi shakllaridan biri bo‘lib bir nechta kredit muassasalari tomonidan yirik loyihalarni qo‘shma moliyalashtirish hisoblanadi. Xalqaro moliya institutlari qo‘shma moliyalashtirishning tashabbuskorlari bo‘lib maydonga chiqadi va ular ushbu operatsiyalarga odatda loyihaning eng ko‘p foyda keltiradigan qismini imtiyozli asosda (foiz stavkasi bozor stavkasidan past) moliyalashtiruvchi, xususiy tijorat banklarini jalb etadilar. Qo‘shma moliyalashtirishning quyidagi 2 shakli qo‘llaniladi: - parallel moliyalashtirish, bunda loyiha turli kreditorlar tomonidan ular uchun o‘rnatilgan kvotalar me’yorida kreditlanadigan tarkibiy tashkil etuvchilarga bo‘linadi; - o‘z-o‘zini moliyalashtirish, bunda barcha kreditorlar loyihaning ijro etilishi mobaynida ssudalarni taqdim etadilar. Kreditorlardan biri (menejer-bank) loyihaning tayyorlanishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi. Qo‘shma moliyalashtirish qarz oluvchiga imtiyozli kreditlarni olishga yo‘l ochgani holda ma’lum bir imtiyozlarni beradi. Biroq asosiy imtiyozlarni kreditorlar oladi, chunki bunday kreditlash ssudani qarzdor tomonidan o‘z vaqtida so‘ndirilishining qo‘shimcha kafolatini beradi. Xususiy banklarning sindikatlari o‘z kreditlarini qarz oluvchi mamlakatlarga ular tomonidan XVF yoki TTHB (Taraqqiyot va Tiklanish Xalqaro Banki)ning kreditlarini olgan taqdirdagina taqdim etadilar. Davlat va xususiy banklar o‘rtasidagi ushbu taqsimotning asosiy maqsadi iqtisodiy hamda siyosiy omillardan kelib chiqqan holda ssuda kapitallarining jahon bozoriga qarz oluvchilar chiqishini muvofiqlashtirishdir. Shu sababli xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlarining kreditlari ikki taraflama hukumat kreditlari hamda ayniqsa xususiy banklar kreditlari, yevrokreditlarga nisbatan summalari bo‘yicha kamtarona o‘rin egallasa-da, katta rol o‘ynaydi. Xalqaro uzoq muddatli kreditning shakllaridan biri bo‘lib qimmatli qog‘ozlar emissiyasi hisoblanadi. Loyihalarni moliyalashtirish xalqaro uzoq muddatli kreditning zamonaviy shaklidir. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlar muvofaqiyatli olib borishi respublika moliya krediti sohasida bevosita investitsiyalar ko‘rinishida chet el samoryasini jadb etish sohasida xorijiy banklar bilan hamkorlik rivojlanishiga Yordam berdi. Xorijiy investitsiyalar mamlakatga kirib keladigan asosiy kanal vazifasini bajarib, milliy bank va boshqa TB ko‘plab xorijiy banklar va moliya muassasalari ochgan kreditliniyalari yuzasidan xizmat ko‘rsatayaptilar. Xususan AQSH, Yaponiya, Koreya, Turkiya eksportimport banklari xalqaro moliya korporatsiyasi (xmk), YETTB, ORB (OsiYo rivojlanish banki) xalqaro moliya muassasalari, Hermes (Germaniya), Coface (fransiya), ECGD (Buyuk Britaniya), SACE (italiya), GiEK (norvegiya) eksportni suYourta qilish agentliklari, Amerikaning Cheyz Manxetten Bank, Germaniyaning Doychemark, Berliner bank; Shveysariya YUBS, Kredit Sviyes: Belgiyaning Jeneral banki banklari va boshqa eng katta banklar shular jumlasidandir. Ushbu kredit liniyalari milliy iqtisodiYot tarkiban o‘zgartirilishini ta’minlovchi, Respublika iqtisodiYoti uchun Yooyat muhim bo‘lgan investitsiya loyihalarini kreditlash mo‘ljallangan. 1997 yil Yevropa tiklanish va taraqqiYot banki 371,86 mln. AQSH dollari bo‘lgan bir qaniklanadicha loyihalarni maqulladi. Ular orasidagilarni eng kattalarini sanab o‘tmochiman. Bular. Fargona neftni qayta ishlish zavodini rekanstruksiya qilish. Loyiha qiymati 210 mln. AQSH dollariga teng YETTB ajratgan mablaYo 90 mln. AQSH dol. SirdarYo GRES rekonstruksiya qilish. Loyiha qiymati - 47 mln. AQSH doll. YETTB krediti 30 mln. YETTB birinchi kredit liniyasining muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishi natijasida kichik va o‘rta biznes uchun 120 mln. AQSH dollari hajmida 2-kredit liniyasi ochilishiga sharoit yaratadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgandek, kreditning foiz stavkasi bu bank qo‘ygan investitsiyaning bahosi hisoblanadi. Xalqaro bank krediti bahosi xuddi har bir moliyaviy aktiv bahosi singari o‘zida ikki narsani, ya’ni risksiz komponent va risk uchun mukofotlarni mujassamlashtiradi. Risksiz komponentning bahosi o‘z-o‘zidan daromadning minimal stavkasi talabidan kelib chiqadi. Bu bozor uchun normal hisoblanib, bunda inflyatsiyaning ham o‘rni bo‘ladi. Risksiz komponent uchun ko‘pincha hukumatning qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlari foizi olinadi. Risk uchun mukofotning bahosi o‘zida 3 omilni mujassamlashtiradi: 1. Ëikvidlik riski uchun mukofot; 2. Foizli risk uchun mukofot; 3. Kursli valyuta riski uchun mukofot Bularga izoh beradigan bo‘lsak, masalan, likvidlilik riski bu mijozning kreditni qaytarmasligining eng katta havfi hisoblanadi. Bu yerda bankdan kredit havfsizligini oshirish talab qilinadi. ×unki, bu yerda mijoz kreditni butunlay qaytara olmaslik holatiga tushadi. Foizli risk esa kelajakda foiz stavkasini oshirishning havfini qoldiradi. Bu albatta kreditdan olinadigan daromadlarning tushishiga olib keladi. Foiz stavkalarining darajasi va harakatining o‘zgarishi natijasida zarar ko‘rish havfi tug‘iladi. Foiz riski debitorlarni ham, kreditorlarni ham o‘z qa’riga tortadi. Foiz risklarining boshqarilishi aktiv va passivlarni boshqarilishidan tashkil topadi. Foiz risklarini boshqarishning bir nechta tamoyillari mavjud. Bular quyidagilardan iborat: 1. Bankning foiz marjasi qancha yuqori bo‘lsa, foiz risk darajasi shuncha past bo‘ladi. 2. “Spred” tamoyili. Bunda olingan aktivlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan stavka va to‘langan majburiyatlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan stavka o‘rtasidagi farq tahlil qilinadi. Tahlil uchun ma’lumotlar odatda bankning statistik hisobotidan olinadi. 3. Bankning o‘zgarmas va suzib yuruvchi foiz stavkalari bilan balansdan tashqari aktiv va passivlarni tahlil qilishdan iborat. Foiz risklarning darajasi esa quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:Aktivlar tuzilishidagi o‘zgarish, shu jumladan, kredit va investitsiyalarning hajmi, aktivlarning qayd qilingan va suzib yuruvchi stavkalarda, ularning bozordagi narxining dinamikasi; · Passivlarning tuzilishidagi o‘zgarish, ya’ni shaxsiy va zayom mablag‘larining mutanosibligi, muddatli va jamg‘arma depozitlar; · Foiz stavkasi dinamikasi. Foiz risklari darajasini boshqarish va nazorat qilish uchun bank faoliyatining aniq bir holatiga bog‘liq holda muhim strategiyalar ishlab chiqish lozim. Valyuta riski – unchalik yaxshi bo‘lmagan almashish kursi natijasida bank tomonidan boshqarilayotgan kreditga pul oqimini kamaytiradi. Xalqaro kredit mahalliy kreditdan farq qiladi, bunda bank boshqa davlatdagi kreditlash riskini ham baholashi kerak bo‘lib hisoblanadi. Xalqaro kreditning deyarli barcha operatsiyalarida tomonlardan biri albatta valyuta konversiyasiga, ya’ni konversiya riskiga to‘qnash keladi. Shunday ekan bunday riskning oldini olish uchun ko‘plab banklar xalqaro kreditni chet el valyutasida emas, balki o‘z mahalliy valyutalarida berishni hohlaydilar. Bu harakati bilan bank valyuta kursini o‘zgarishidan ko‘radigan havfni va o‘zining moliyaviy holatining yomonlashuvi oldini oladi. Keyinchalik, olingan kredit mijozning o‘z mamlakatida yoki boshqa mamlakatda ishlatilishi kerak bo‘lsa, bunda kreditni olgan mijoz o‘ziga kerakli valyutaga almashtirib olishiga to‘g‘ri keladi. Agar kreditni olgan mijoz bank-kreditor mamlakatiga importni moliyalashtirsa, u o‘sha mamlakat valyutasiga ega bo‘ladi. Ëekin bu valyuta qarz to‘lash uchun foydasiz bo‘lishi mumkin, agar hukumat chet el valyutasini chetga o‘tkazish ustidan nazorat olib borayotgan bo‘lsa, bu valyuta riskini nazorat qilish deyiladi. Bunday riskning oldini olish uchun kredit oluvchi mamlakatning valyutasi holatidan boxabar bo‘lishi kerak. Va oldindan bo‘ladigan keskin devalvatsiyalarning prognozini qilish kerak. ×unki, devalvatsiya qarzni qaytarish qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Ayrim mamlakatlarda mijoz kreditni yoki uning foizlarini chet elga to‘lash uchun hukumatdan ruhsatnoma olishiga to‘g‘ri keladi. Albatta bunday holatlar xalqaro kredit berishga to‘sqinliklar qilishi mumkin. Xalqaro kreditni baholashda moliyaviy risk ham muhim o‘rin tutadi. Moliyaviy risk – bu xalqaro kredit berilgan vaqtdan so‘ng kredit olgan mijoz qarzni to‘lay olmaydigan holda, ya’ni to‘lovga layoqatsiz bo‘lgan holda yuzaga keladi. Bunday havfni baholash uchun bank bir qancha omillarni tahlil qilib chiqadi. Bular xalqaro miqyosda “uchta Si”: Character – reputatsiya, harakter; Cash flow or capacity – pul oqimi va ishlab chiqarish quvvati; Capital – kredit oluvchi kapitali kabi ko‘rsatkichlar bilan hisoblanadi. Bank xalqaro kredit oluvchining foaliyatini baholashdan oldin uning jiddiy kompaniyami yoki yo‘qmi, majburiyatlarini bajara oladimi va o‘z biznesi to‘g‘risida yetarli malakaga ega ekanligi haqida ma’lumotlar to‘playdi. Kredit oluvchining faoliyatini baholash uchun bankning o‘z tajribasi, boshqa banklarning kredit berish malakasi asosiy baza bo‘lib hisoblanadi. “Dun&Bradstreet” xilidagi firmalar yer yuzidagi barcha kredit oluvchilar, har xil kompaniyalar, xo‘jalik va hukumat agentliklari haqida moliyaviy va tijoriy ma’lumotlarni beradi. Hozirgi kunda ko‘plab banklar mahfiy ravishda mijozlarning operatsiyalari haqida ma’lumot almashadilar. Bundan tashqari bank kredit tarixini o‘zida mujassamlashtirgan kredit paketini ham yuritib beradi. Bank kredit oluvchining pul oqimi, ishlab chiqarish quvvati va kapitalini baholash uchun moliyaviy hisobot talab qiladi (firmaning balansi, daromadlar haqida hisobot va pul oqimi haqida hisobot). Firmaning balansi o‘sha paytdagi moliyaviy holatini ifodalab beradi. Daromadlar hisoboti esa firmaning o‘sha yildagi daromadlari va harajatlarini ko‘rsatib turadi. Albatta bu ma’lumotlar mustaqil auditorlar tomonidan tasdiqlangan bo‘ladi. Bank uchun hisobotlar olish oson bo‘lmaydi. ×unki, ularning shakllari hamma mamlakatlarda ham bir xil emas. Balansdagi moddalar va daromadlar hisobotidagI raqamlarni solishtirib bank mijozning operatsiyalari haqida ma’lumot oladi. Balans va hisobotlarining bir necha yilliklarini tahlil qilish orqali moliyaviy ko‘rsatkichlarni qay holda o‘zgarayotganini ko‘rishi mumkin va oxirida bu raqamlarni asosiy raqobatdoshlar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslab firmaning faoliyatiga va istiqboliga baho beradi. Agar bank firmaning sho‘’ba korxonasi arizasini ko‘rsatadigan bo‘lsa, bu uchun firma miqyosidagi global operatsiyalari va umumiy moliyaviy holat haqidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi. Bu albatta qiyin bo‘ladi, chunki ekkaunting (hisob-kitob) amaliyoti har davlatlarda har xildir va ular bir-biridan farq qiladi. Bundan tashqari kompaniya o‘zining ichki operatsiyalari bilan bankni chalg‘itishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan, kredit berishda ko‘riladigan risklar bank tomonidan o‘rganilib chiqilgandan so‘ng, bu kredit bahosiga yo ijobiy yo salbiy ta’sir etishi mumkin. ×unki bu risklardan himoyalanish o‘z-o‘zidan kredit bahosining oshishiga olib keladi. Banklar va bankirlar boshqa kreditorlarga nisbatan riskdan ko‘p himoyalanuvchi yoki qochuvchi bo‘lishlari kerak. Buning sababi shundaki, bankning boshqa kreditorlarga nisbatan o‘z mablag‘i bilan emas, balki jalb qilingan mablag‘lar, ya’ni jismoniy, huquqiy shaxslarning vaqtincha bankda turgan mablag‘lari bilan ishlaydilar. Bankning kredit berish imkoni u jalb qilgan resurslarga bog‘liq bo‘ladi. Bank o‘z navbatida bu jalb qilingan mablag‘larni talab qilingan vaqtda mijozga qaytarib berish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Bu imkoniyat esa bank faoliyatida mavjud risklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqishni taqazo etadi. Hukumatlararo kreditlarda xalqaro va mintaqaviy valyuta- kredit va moliyaviy tashkilotlar ishtirok etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy oqimlar rivojlanishni rasmiy moliyalashtirish (RRM) orqali, banklar tomonidan, qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish orqali, portfel investitsiyalarni aksiyalarga qo‘yish, to‘g‘ri investitsiyalar orqali, tashqi qarzdorlik hamda to‘lovga layoqatlilikni aniqlash orqali kirib keladi. Endi bularni har birini alohida ko‘rib chiqamiz. Rasmiy resurslar moliyaviy oqimlarning kam qismini tashkil qiladi (1997 yilda 15 %). Lekin, xususiy kapitalni jalb qilishga imkoni bo‘lmagan ba’zi kam rivojlangan mamlakatlar uchun bu yagona tashqi moliyalashtirish manbasi bo‘lib hisoblanadi. RRMning asosiy massasi subsidiya hamda imtiyozli kreditlarga to‘g‘ri keladi. Moliyalashtirishning bu ko‘rinishi rivojlantirishning rasmiy ko‘makchi (RRK) sifatida yuzaga keladi. Bu terminlar rivojlantirishga ko‘maklashish komiteti faoliyatiga kiritilgan. Belgilangan mezonlarga ko‘ra RRKga subsidiyalar hamda grant elementi 20 %dan kam bo‘lmagan kreditlar kiradi. Bu ko‘rsatkich kreditning qiymati, uning muddati va imtiyozli davrlarni hisobga olgan holda hisoblanadi. Qaytarilmaydigan subsidiyalar uchun grantelement 100 %ga teng. RRK chegarasidagi o‘rtacha shartlari quyidagicha: narxi – yillik 3 %, muddati – 30 yil, imtiyozli davr – 10 yil. Ikki tomonlama yordam uchun mablag‘lar byudjetdan ajratiladi. Uning miqdori mamlakat-donorlarning byudjetiga bog‘liq. Lekin mamlakatlarning byudjet tuzilishi turli xil bo‘lgani uchun mamlakat-donorlarning harakati ularning YAIMga foiz nisbatida o‘lchanadi. 1970 yil BMT kongresi tomonidan tegishli ko‘rsatkich 0,7 % qabul qilingan, ya’ni donor-mamlakatlar yordam uchun YAIMning kamida 0,7 %ini yuborib turishlariga rozi bo‘ldilar. RRKning asosiy maqsadlari 50-yillarning boshlarida tashkil qila boshlandi. Dastalab donor-mamlakatlarning resurlari siyosiy va harbiy-strategik masalalarni yechishga qaratilgan. Keyinchalik iqtisodiy muammolar, avvalambor, qashshoqlik bilan kurash muammolari birinchi o‘ringa chiqa boshladi. 50-60-yillarda resurslarning asosiy massasi infrastrukturali daromad keltiruvchi loyihalarga joylashtirilgan. Lekin bunday strategiyaning ijtimoiy samarasi juda past edi. 70-yillarda boshlab infratuzilmalarni moliyalashtirish asosiy yo‘nalish bo‘lib kelgan, lekin resurslarning ma’lum qismi “asosiy ehtiyojlar” (oziq-ovqat, turar-joy, toza suv, sog‘liqni saqlash, ta’lim) ga yo‘naltirgan. 90- yillarda maqsadlar o‘zgara boshlagan. Dastlabki RRK ko‘proq Uzoq Sharq, Janubiy-Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlariga berilgan. Lekin keyinchalik e’tibor eng qoloq Afrika mamlakatlariga qaratildi. Bir qancha mamlakatlar uchun uzoq vaqtni RRK doirasidagi moliyalashtirish kutilgan natijalarga olib keladi. Lekin, ba’zi mamlakatlar (avvalambor Janubiy Koreya va Tayvan) RRKga tayangan holda iqtisodiy rivojlanishga muyassar bo‘ldilar, bu esa ularga imtiyozli kreditlar va subsidiyalardan voz kechishga imkon yaratdi. Demak, ikki tomonlama RRK bu jahon xo‘jaligini markazidan ba’zi tijorat asosidagi chet qoloq sub’ektlarga resurslarni qayta taqsimlashning spesifik moliyaviy-kredit mexanizmi hisoblanadi. Bu moliyalashtrish ssuda kapitallar bozoriga bog‘liq emas, chunki mablag‘lar byudjetdan kelib chiqadi. Bu mablag‘larni taqsimlashda donormamlakatlarning hukumati ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda harbiy-strategik fikrlarga asoslanadilar. Bunda har bir donor-mamlakat o‘zining maqsadlarini ko‘zlaydi. Banklar tomonidan kreditlash ko‘p vaqt davomida rivojlanayotgan mamlakatlar RRM hamda to‘g‘ri loyihaviy investitsiyalardan foydalanib, xalqaro fond va kredit bozorlari bilan ham aloqada bo‘lib kelganlar. 70-yillarning boshlarigacha rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro ssuda kapitallar bozori bilan bog‘lab turuvchi yagona narsa bo‘lib eksport kreditlari hisoblangan. Eksport kreditlari “aralash” kategoriyasiga kiritilgan, chunki unda ham xususiy sub’ektlar (asosan tijorat banklari) bank eksport-import banklar (davlat tomonidan) ishtirok etadilar. Eksportli kreditlardagi banklarning ishtiroki ularning sharoitlari kredit bozoridagi vaziyatdan bog‘liqlik darajasini belgilab beradi. Davlatning ishtiroki vaziyatni yumshatishga bu kreditlardan bozorni egallash uchun foydalanishga imkon beradi. Bunday harakatlar raqobatga xavf-tug‘dirib donor-mamlakatlar kongresini imzolashga majbur qildi. Bu bitim imtiyozli kreditlarning yo‘l qo‘yiladigan chegaralari to‘g‘risida bo‘lib, vaziyatga qarab har yarim yilda xalqaro kredit bozorida foiz stavkasining eng quyi chegarasi, kredit muddatining maksimal darajasi hamda maksimal imtiyozli davrga kelishiladi. Odatda eksportli kreditlar mashina va asbob-uskunalarni yetkazib berishda beriladi. Shuning uchun uning hajmi investitsion jarayon bilan bog‘liq bo‘ladi. Banklarning eksportli kreditlari odatda eksport-import banklar tomonidan sug‘urtalanadi. Shuning uchun bunday kreditlashda ishtirok etayotgan tijorat banklar qarzdor mamlakatda qarzdorlik inqirozi sodir bo‘lganda minimal zarar ko‘radilar. 70-yillarda kreditlar har yili 20 %ga oshib ularning ulushi esa 1/2 yetganda rivojlanayotgan mamlakatlarga uzoq muddatli sinditsirlangan kreditlarni bank tomonidan berish uchun imkon yaratildi. Bu qonuniyat quyidagi omillar orqali amalga oshirilgan: Nutupetufcp. energiya inqirozi tufayli neft import qiluvchi mamlakatlar to‘lov balansining joriy operatsiyalari bo‘yicha defitsit oshib ketdi hamda bu defitsitni qoplash uchun beriladian kreditga talab oshib ketdi. Kwwupetufcp. banklar orqali qayta harakatlantirgan neftedollarning ortiqchaligi vujudga keldi. Bunda banklar ularni qo‘yish muhitini qidirishda katta risklarga duch keladi. aetupetufcp. G‘arbiy mamlakatlar iqtisodiyotni tarkibiy qayta ko‘rishiga endigina o‘tishgan edi hamda krediga bo‘lgan talabi yuqori emas edi. Bu omillarning birlashuvi rivojlanayotgan mamlakatlarning riskga ega bo‘lgan bank ekspansiyaga turtki bo‘ldi. Bu kreditlardan har yili 50 dan ortiq rivojlanayotgan mamlakatlar foydalanilganlar. Kreditlarning ko‘p qismi Lotin Amerikasi, Janubiy-Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarning o‘ntacha ko‘proq rivojlangan mamlakatlarga berilga
XULOSA Diskont (hisob yuritish) siyosati - bir tomondan kapitallarni xalqaro harakatiga valyuta kursi va to’lov balansini, ikkinchi tomondan ichki kreditlar, pul massasi, baholar, yalpi talab dinamikasini ta'sir etishi orqali muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan Markaziy bank hisob yuritish stavkasining o’zgarishi. Deviz siyosati - bu, milliy valyuta kursiga davlat organlari tomonidan xorijiy valyutani (deviz) oldi-sottisi orqali ta'sir etish uslubidir. Milliy valyuta kursini ko’tarish maqsadida Markaziy bank xorijiy valyutani milliy valyutaga sotadi, pasaytirish uchun esa aksincha sotib oladi. Deviz siyosati asosan valyuta intervensiyasi shaklida amalga oshadi. Valyuta intervensiyasi rasmiy oltin-valyuta zahiralari yoki markaziy banklarning banklararo "svop" kelishuvlariga asosan milliy valyutadagi qisqa muddatli o’zaro kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.Valyuta siyosatining turli-tumanligi sifatidagi valyuta cheklovlari quyidagi maqsadlarni ko’zlaydi: 1) to’lov balansini birxillashtirish; 2)valyuta kursini qo’llab quvvatlash; 3)joriy strategik vazifalarni bajarish uchun valyuta qimmatliklarining davlat qo’lida to’planuvi. Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar jarayonida valyuta va tovar resurslarini qaytarishlik, muddatlilik hamda foiz to’lash shartlari asosida taqdim etilishi bilan bog’liq ssuda kapitalining harakatidir. Kreditorlar va qarz oluvchilar sifatida xususiy korxona (bank, firma)lar, davlat tashkilotlari, hukumatlar, xalqaro hamda hududiy valyuta-kredit va moliyaviy tashkilotlar maydonga chiqadi. Xalqaro kreditning manbalari bo’lib: korxonalardagi mablag’larning davriy aylanishi jarayonida vaqtincha bo’sh bo’lib qoladigan pul shaklidagi kapitalning bir qismi; banklar tomonidan yig'ib, jamlanadigan davlat va xususiy sektorning pul jamg'armalari hisoblanadi. Eksportni kreditlashning shakllaridan biri bo’lib akseptli-rambursli kredit hisoblanadi. Ushbu kredit eksportyor veksellarining uchinchi davlat banki tomonidan akseptlanishi hamda importyor tomonidan veksel summasini akseptant-bankka o’tkazilishi (ramburslanishi)ning bog’liqlikda amalga oshishiga asoslangan . Pul - bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayirboshlashda asosiy vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular o’zini sifatini yo’qotmaydi va pul o’rnini bosishda juda qo’l kelgan. Pul oddiy mahsulot bo’lib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, ya'ni hamma tovarlarni harid etish vositasi bo’lib hizmat qiladi. Har bir mamlakat o‘zining puliga egadir. Chunonchi, dollar, funt sterling bir necha mamlakatlarning puli bo‘lib xizmat qiladi. Lekin ularning qiymati bir xil emas. AQSh, Kanada, Avstraliya dollarining qiymat miqdori farqlanadi. Shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston so‘mlari ham bir xil emas. Pul birliklari paydo bo‘lganda ma‘lum miqdordagi qadr-qiymat asos qilib belgilangan. Milliy pullarning qadrliligi, boshqa pullarga nisbatan qiyosiy miqdori doimo o‘zgarib turadi. Chunki, bu iqtisodiyotdagi ko‘p tomonlar, hatto siyosiy o‘zgarishlar, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar kabi ta‘sirlar natijasidir.Bozor iqtisodiyotini pulsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, hozirgi kunda odamlar pulga zarur tovarlar, xizmatlar sotib oladilar, pulni jamg‘arib boradilar, bankdan kreditlar oladilar, soliq to‘laydilar, pul shaklida mehnatlariga yarasha maosh oladilar va h.k. Nafaqat jismoniy shaxslar balki davlat, korxonalar, tabdirkorlar va boshqa iqtisodiyot sub‘yektlari ham pul vositasidan o‘z vazifalarini bajarish uchun keng foydalanadilar. Barcha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ham pul birligida o‘lchanib boshqa mamlakatlar ko‘rsatkichi bilan solishtiriladi. Shuning uchun ham pul doimo iqtisodchilarning diqqat markazida bo‘lgan, davlat miqyosida esa alohida pul-kredit siyosati olib boriladi va hozirgi zamon pulning tabiati chuqur o‘rganiladi. Tovar-pul munosabatlari hayotimizga keng kirib kelgan va pul shakllari o‘zgarib borsa ham ularning mohiyati, vazifalari, muhim roli saqlanib kelmoqda.So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan elektron to‘lov tizimlarini joriy etish va rivojlantirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar ko‘lamini kengaytirish hamda pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirishga oid chora-tadbirlar amalga oshirildi.