Reja: Kirish: 1 Bankning tashkil topishi, o’ziga xos xususiyati va vazifalari



Yüklə 62,36 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü62,36 Kb.
#179280
adhamjon hisobot


Mundarija:
Reja:
Kirish:
1 Bankning tashkil topishi, o’ziga xos xususiyati va vazifalari.
2.Bankning bo’limlari bilan tanishish va o’rganish.
3.Bankning boshqa tarmoqlarini o’rganish va ular tog’rida ma’lumot olish.
4.Tijorat bankning to’lov qilayotganini o’rganish.
5.Bank amaliyotini yetuk o’rganish.
6.Bank boshqaruvi.
7. Xulosa.

Kirish:
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank- moliya tizimini rivojlantirish va uning real sektorni moliyalashtirishdagi rolini yanada oshirish mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlanishini, aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat tomonidan qabul qilingan bir qator farmon va qarorlarda belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishiga qaratiladi. Xususan: - aholi va tadbirkorlik sub'ektlari hamda investorlarning mablag'larini bank aktsiyalari va depozitlarga jalb qilish orqali banklarning kapitallashuv darajasini oshirish hamda resurs bazasini kengaytirish; - banklarning investitsiya jarayonlarida, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik qayta jihozlashdagi ishtirokini yanada kengaytirish va kichik biznes sub'ektlarini moliyaviy qo'llab- quvvatlash; - banklarda samarali nazoratni amalga oshirish, bank infratuzilmalarini kengaytirish, bank xizmatlari sifatini oshirish va mijozlarga yangi qulayliklar yaratish; - hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, naqd pullarning bank aylanmasiga jalb etilishini yanada kengaytirish; - banklarni yakka tartibda baholash milliy reytingiga va xalqaro reyting kompaniyalarining reytinglariga ega bo'lishlarini ta'minlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jahon tajribasidan ma’lumki, bank va bank tizimi bozor iqtisodiyotining ajralmas bo’lagi hamda eng muhim strukturalari hisoblanadi. Bank tizimining kichik va o’rta biznes sohasini rivojlantirishdagi o’rni va umuman davlat makroiqtisodiyotida tutgan o’rnini ochib berishga, bu mavzuning dolzarbligi va muhimligini statistik hamda tahliliy ma’lumotlar orqali daliliy isbot sifatida keltirishga harakat qildim. Banklarning bu sohani rivojlantirishdagi roli ularning pul-kredit operastiyalarining amalga oshirishlaridir.


«Bank faoliyati tahlili» fanidan o‘z va chetdan jalb etilgan mablag‘lari tarkibi tuzilmasi, dinamikasi va ular o‘rtasidagi mutanosibliklar o‘rganiladi.Bank aktivlari tahlilga keng e’tibor qaratiladi. Asosiy maqsad yuqori foy-da olishdan iboratligini inobatga olgan holda bank daromadlari va xarajatlari tarkibini o‘rganadi. Foydani tashkil etish va unga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi.Keyingi yillarda banklar tomonidan to‘lanadigan soliqlarning turlari, ularning faoliyat samaradorligiga ta’siri chuqur talqin qilindi.Banklarning raqobatbardoshligini aniqlashda ularning likvidliligi va to‘lov qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi.Tahlil davomida banklarning likvidliligi va to‘lov qobiliyatiga ta’sir etuv chi omillar to‘liq o‘rganiladi.Har qanday tahlildan maqsad kamchiliklarni aniqlash va ularni tugatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir.«Bank faoliyati tahlili» fani «Pul, kredit va banklar», nazariy fanining amaliy davomi bo‘lib, «Bank ishi, «Bank menejmenti va marketingi», «Bank auditi», «Banklarda buxgalteriya hisobi» kabi fanlar bilan uzviy ravishda bog‘liq holda o‘rganiladi.O‘quv qo‘llanma, «Banklar faoliyati tahlili» jarayonlarini o‘rganishda iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olayotgan oliy o‘quv yurtlari va kollej-lar talabalari, qiziquvchi iqtisodchilarga xizmat qiladi. Oliy o‘quv yurtlari ta-labalari, auditorlar, bank xodimlari va boshqa qiziquvchilar uchun ham foyda keltiradi degan umiddamiz.



  1. “O`zMilliybank’’ AJning tashkil etilishi, o`ziga xos xususiyatlari va vazifalari.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyat yurituvchi korxona faoli-yati tahlilidan asosiy maqsad faoliyat samaradorligini oshirishdan iboratdir.Bank faoliyati tahlilini amalga oshirishning bosh maqsadi, bank faoliyati samaradorligini oshirishga erishishdan iboratdir.Bank faoliyati natijasida olinadigan sof foydaning miqdori oshishini ta’minlash, omonatchilar va kreditorlarning ishonchini qozonish va bank aksionerlariga to‘lanadigan dividentlar miqdorini oshirib borish uchun bank faoliyati domiy va uzluksiz ravishda tahlil qilib borilishi lozim.Bosh maqsadga erishish uchun bank faoliyatining barcha jihatlari uzluk-siz ravishda tahlil etilishi, uning natijalari to‘g‘ri va aniq talqin qilingan holda Bank Boshqaruviga xulosa chiqarish va qaror qabul qilish uchun muntazam ravishda taqdim etib borilmog‘i lozim. Bank strategiyasini belgilash, Bank Boshqaruvi, Kuzatuv kengashi va Aksionerlarning umumiy yig‘ilishi qaror-lari ham bank faoliyati tahliliga asoslanadi va ushbu qabul qilingan qarorlar samaradorligini belgilab beradi.Bank faoliyati tahlilining bosh maqsadiga erishish uchun quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
Birinchidan, bank kreditorlari va omonatchilarining manfaatlarini hi-moyalash. Ma’lumki, Banklar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ular faoliyatini yuritish uchun zurur bo‘lgan mablag‘larning asosiy qismini qariyb 70-85 foizini bank kreditorlari va omonatchilarining mablag‘lari tash-kil etadi. Shunday ekan, kreditorlar va omonatchilar manfaatlari bankning manfaatlari bilan uyg‘unlashgan tarzda faoliyat yuritishi lozim. Omonatchilar o‘zlarining bankka ishonib topshirgan mablag‘larini va ular uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan foiz shaklidagi daromadlarini o‘z vaqtida va to‘liq qaytarib olishlari kreditorlar ham bankdagi mablag‘laridan qonun doirasida foyda-lanish imkoniyalariga ega bo‘lmog‘i zarur. Bunga erishish uchun esa, bank faoliyati kreditorlari va omonatchilari manfaatlari uzluksiz ravishda tahlil etilib borilishi lozim. Bunda doimiy ravishda kreditorlar va omonatchilar-ning talablarini o‘z vaqtida va to‘la-to‘kis bajarmoq uchun yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lishi talab etiladi.
ikkinchidan, bank oborotiga chetdan jalb etilgan va bankning o‘z mablag‘laridan samarali foydalanishi. Ushbu maqsadga erishish uchun al-batta, doimiy ravishda chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘lari dinamikasi va barqarorligi nuqtayi nazaridan tahlil etilishi talab etiladi. Shu bilan birga, ushbu mablag‘lar qaysi maqsadlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilganligi va natijada ulardan qay darajada samara olinishi kuzatib boriladi. Chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘laridan samarali foydalanish uchun bankning yangi xizmatlarini joriy etish va uning bozor sharoitida raqobatbardoshligini oshirib borish yo‘llarini izlash talab etiladi. Bank faoliyati tahlili natijasida chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘larini samarali foydalanish yo‘llari aniqlanadi va u faoliyatga tadbiq etiladi.uchinchidan, bank resurs bazasining barqarorligini ta’minlash va ularni oqilona boshqarish. Bank oborotiga jalb etiladigan resurslar tahlili natijasida uning barqarorligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday bank oborotga jalb etilgan mablag‘larning kam xarajat talab etilishi va ushbu resurslarning bank oborotida imkon darajasida uzoq muddat xizmat qilishini istaydi. Barqaror resurslar, albatta barqaror daromad manbai hisoblanadi. Bundan tashqari bank oborotiga jalb etilgan resurslarni oqilona boshqarish ham bankning samarali va xavfsiz faoliyatini tashkil etishning asosi hisoblanadi. Bank faoliyati tahlili asosida resurslar va bank aktivlari o‘rtasida mutanosiblikka erishiladi. Bank resurslari muddat va hajm jihatidan aktiv operasiyalarga yo‘naltirilishi muvofi qlashtiri-ladi. Natijada bank resurslaridan samarali foydalanishning optimal variantlari ishlab chiqiladi.to‘rtinchidan, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy normativ-larning bajarilishini ta’minlash.O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi Qonunning 50-moddasiga muvofi

2.Bank bo’limlari bilan tanishish va o’rganish.


Bank asoschisi va Avtorizatsiya fondining asosiy egasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bo'lgan. Vazirlar Mahkamasi Bankning ustav fondining kamida 60 foiziga egalik qildi; Ushbu maqsadlar uchun davlat byudjetidan 2 milliard rubl va 200 million AQSh dollari ajratildi. Prezidentning 4540-sonli farmoniga binoan, "O'zmilliybank" AJ ta'sischisi - Moliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi tomonidan vakili bo'lgan davlat.
Bank faoliyati tahlilining turlari asosan belgilangan maqsad va vazifalar-ga bog‘liqdir. Bundan tashqari, tahlil amalga oshirilayotgan zamon va makon, tahlil obyekti va subyektlari masalalari ham inobatga olinmog‘i zarur.Bank faoliyatini tahlil etish subyektlari nuqtayi nazaridan ular ikki turga bo‘linadi.Bular birinchidan tashqi va ikkinchidan ichki tahlilga bo‘linadi. Banklari tashqi tahlili asosan Markaziy bank, Tashqi auditor tashkiloti va Soliq inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi.Ichki tahlil odatda bankning ichki audit guruhi, tegishli departament va boshqarmalar hamda har bir bank xodimining funksional vazifalari yuzasidan amalga oshiriladi.Bank faoliyati tahlili tashqi va ichki subyektlar tomonidan amalga oshi-rilishini quyidagi chizmada aks ettirish mumkin. Tashqi moliyaviy tahlil kompleks ravishda amalga oshiriladi, lekin u tahlil etuvchining maqsadiga muvofi q farqlanadi. Markaziy bank tomoni-dan o‘tkaziladigan kompleks tahlildan asosiy maqsad bank barqarorligini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi, banklar tomonidan Markaziy bankning o‘rnatilgan iqtisodiy normativlarga rioya qilish darajasi o‘rganiladi. Bu-ning uchun Markaziy bankning maxsus inspeksiyasi tomonidan banklarning o‘z mablag‘lari tarkibi, uning monandligi bank aktivlarining likvidliligi va risklilik darajasi, kredit va investitsiyalarning tasnifl anishi hamda muammoli kredit va investitsiyalarni qoplash uchun zurur bo‘lgan zaxiralarning ha-qiqatda tashkil etilganligi o‘rganiladi. Haqiqiy holat iqtisodiy normativlar bi-lan taqqoslanadi va undan chekinishlar mavjud bo‘lgan taqdirda harakatdagi qonun-qoidalar doirasida chora-tadbirlar belgilaydi hamda zaruriy jazolarni ko‘rish mumkin.Harakatdagi qoidalarga muvofi q har bir tijorat banki har yili bir marta tashqi auditdan o‘tishi va uning tegishli xulosalariga ega bo‘lmog‘i kerak. Tashqi audit tashkilotini bank aksionerlarining umumiy yig‘ilishida tanlana-di. Yirik banklar o‘zining imijini oshirish maqsadida xalqaro audit tashkilot-larini tanlashlari mumkin.Tashqi audit tashkilotlari ham banklar faoliyatini kompleks tarzda tah-lilini amalga oshiradi. Audit jarayonida bank faoliyati natijalarining xalqaro andozalarga mos kelish darajasi o‘rganiladi. Audit xulosasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy tavsifl ar hamda xalqaro bank faoliyatiga mos ravishda hisobot yili natijasi baholanadi. 2023-yil natijalari bo‘yicha umumiy aktivlari mamlakat bank tizimi ak-tivining 90 foizidan ortig‘ini tashkil qiladigan Banki «Fitch Rey ting», «Mudis» va «Standart end Pur» kabi yetakchi xalqaro reyting kompani-yalarining «barqaror» degan yuqori reyting bahosini olishga muvaffaq bo‘ldi.Soliq inspeksiyasi tomonidan ham bank faoliyati tahlili kompleks ravishda amalga oshiriladi. Ushbu kompleks tahlildan maqsad albatta bank tomonidan davlat budjetiga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishini nazorat qilishdan iboratdir. Buning uchun inspeksiya tomonidan dastlab bank daromadlarining hisobotlarda o‘z vaqtida va to‘liq aks ettirilishi, soliqqa tortiladigan daromad miqdorining to‘g‘ri hisoblanganligi, xarajatlar tarkibi va ularning haqiqiyligiga hamda daromaddan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarning haqiqiyligi, to‘liq va o‘z vaqtida budjet hisob raqamlariga o‘tkazilganligi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, soliq inspeksiyasi bank tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa soliq turlari, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, ekologiya to‘lovlari kabilarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirilishiga ham e’tibor qaratadi. Shu bilan birga, bank tomonidan harakatdagi to‘lovlar ketma-ketligiga rioya etish darajasi ham o‘rganiladi.Ichki tahlilning asosiy maqsadi, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgandir. Bunda faoliyatdagi qonun va qoidadan chetlashishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, bankning har operatsiyasiga ta’sir etuvchi omillar aniq-lanishi lozim. Tahlil natijasida Bank boshqaruvi va Kuzatuv kengashiga zarur informatsiyalar taqdim etish, hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr mulohazalar bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. Bank faoliyatini yoki ayrim hududlar doirasida kompleks ravishda tahlil qilish bank ichki audit xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Ayrim faoliyat turlari bo‘yicha tahlil asosan ushbu faoliyatni tashkil etish uchun tashkil etilgan departament yoki boshqarmalar xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bankning har bir operatsiyasi yuzasidan asosiy tahlil esa joriy ravishda ushbu operatsiyani amalga oshirish uchun mas’ul hisoblangan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim. Bu uning funksional vazifalari sirasiga kiradi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, tashqi tahlil ma’lumotlaridan foydalanuvchilar, kreditorlar, investorlar, omonatchilar, auditorlar va boshqa bank faoliyati bilan qiziquvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.Ichki tahlil natijalaridan foydalanuvchilar esa faqat bank bo‘linmalari hi-soblanadi. Bu ma’lumotlaridan bank rahbariyati, ya’ni Bank boshqaruvi va kuzatuv kengashi tomonidan operativ qarorlar qabul qilish uchun foydalaniladi. Bundan tashqari Bank faoliyati tahlili uning mazmuni jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi. Kompleks Bank faoliyatining barcha jarayonlari tahlil qilinadiLokalBankning ma’lum bir operatsiyasi, bo‘linmasi tahlil qilinadi. Bank faoliyatining alohida olingan jarayonlari tahlil qilinadi. Tahlilning mazmuniga ko‘ra amalga oshiriladigan tahlillar uning mazmuni va ko‘zlangan maqsadiga ko‘ra yuqorida ko‘rib o‘tilgan tahlil subyektla-rining barchasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Lekin, lokal va tematik tahlil asosan ichki tahlil sirasiga kiradi. Kompleks tahlil asosan bankning ma’lum bir hisobot davridagi faoliyatini o‘rganishga qaratilmog‘i lozim. Lokal tahlilda bankning ma’lum bir fi liali faoliyati yoki ma’lum bir faoliyat turi, masalan, kredit operatsiyalari tahlil qilinadi. Tematik tahlilda faoliyatning ayrim turlari, ularni yanada samarali-roq tashkil etish maqsadida o‘rganiladi.Tahlil qilinayotgan davrga ko‘ra bank faoliyati tahlili quyidagicha tasniflanadi. Operativ, joriy va istiqbolli tahlillar bankning ichki tahlili hisoblanadi. Ular asosan amalga oshirilayotgan bank operatsiyalarini baholash, unga ta’sir etayotgan omillarni aniqlash, kelgusida faoliyat samaradorligini oshirish uchun istiqbolli chora-tadbirlar belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Operativ tahlil odatda har bir operatsiyani amalga oshirishi uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Joriy va istiqbolli tahlillar bankning ichki apparati tomonidan amalga oshiriladi. Qaror qabul qilish uchun bank boshqaruviga taqdim etiladi. Bank boshqaruvi tahlil natijalarini umumlashtirgan holda faoliyat samaradorligini yaxshilash yuzasidan Qarorlar qabul qiladi.Bundan tashqari iqtisodiy adabiyotlarda tahlil boshqaruv obyektiga qarab moliyaviy va boshqaruv tahliliga ajratilishi ham ta’kidlab o‘tilgan. OperativBank operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida amalga oshiriladi. Ma’lum muddatda (kundalik, haftalik, oylik) o‘tkaziladi. Istiqbolli Kelgusi davrda bank strategik rejalarini aniqlash, biznes rejani muvofi qlashtirish maqsadida o‘tkaziladi.
Moliyaviy tahlilda pul mablag‘larining harakati, daromadlar tarkibi va miqdori, xarajatlar tarkibi, moliyaviy natijalari, moliyaviy resurslar, moli-yaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari va faoliyat rentabelligi kabilar hisob tizimi va moliyaviy hisobotlar ma’lumotlaridan foydalangan holda o‘rganiladi. Boshqaruv tahlilida asosan bankka chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘larini samarali boshqarish, passiv va aktiv operatsiyalarini muvofi qlashtirish, kredit portfelini boshqarish, mehnatning tashkil etilishi, asosiy vositalar va yordamchi materiallardan samarali foydalanish, daromad va xarajatlarni boshqarish kabilar nazarda tutiladi. Yuqorida bildirilgan fi krlarni xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bank faoli-yati tahlilining turlari har xil bo‘lishiga qaramasdan, ulardan tahlil jarayonida o‘rganilayotgan ko‘rsatkichning mazmun-mohiyatiga qarab turli usullarni qo‘llab, taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farqlar va bu farqlarni keltirib chiqargan omillar aniqlanadi.Bank faoliyati tahlili jarayonida ma’lum bir bankning faoliyatini boshqa bir bankining faoliyati bilan taqqoslab o‘rganish ham muhim ahamiyatga ega.Bir bankning hududlardagi fi liallari faoliyatining turli jabhalarini taqqoslash orqali, Bank boshqaruvi ilg‘or amaliyot tajribasini ommalashtirish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Respublikamizda O‘zbekiston Respublikasi banklari assotsiatsiyasi qoshida tashkil etilgan «Axbor Reyting» kompani-yasi tomonidan mavjud barcha tijorat banklarining har choraklik va yillik faoliyatlari natijalari xalqaro andozalarga asoslangan holda tahlil qilinadi.Uning natijalariga asosan bank faoliyati baholanadi. Bu o‘z navbatida, banklar tomonidan raqobat muhitida uning raqobatbardoshligini oshirish uchun faoliyatining qaysi jihatlarini samarali boshqarish haqida chora-tadbirlar belgilashiga yordam beradi. Bank faoliyatini har tomonlama chuqur tahlil qilishda statistikada qo‘laniladigan guruhlash, iqtisodiy indekslash, zanjirli almashtirish, balans, korelyatsiya, regretsiya, matritsa kabi uslublardan har tomonlama foydalaniladi. Hozirgi zamon bank texnologiyalari, matematik dasturlardan oqilona foydalanish faoliyat tahlilining tezkorligi va samaradorligini oshiradi. Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoyalashni ta’minlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi. Ushbu qonunning 52-moddasiga muvofiq Markaziy bank banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan; kapitalning monandlik koeffi tsiyentini; bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini;yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko‘p miqdori; likvidlilik koeffi tsiyentlari; aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek, bunday tasnifl ar asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga kiritiladigan chegirmalardan shubhali va umidsiz qarzlarga qarshi tashkil etiladigan zaxira-larni shakllantirishni; qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqarish va ularni bank daromadlari hisobvarag‘iga kiritishga doir talablarni; ochiq valyuta mavqei limitlarini belgilaydi.Ushbu normativlarning doimiy ravishda bajarilishini ta’minlash uchun bank faoliyati uzluksiz ravishda tahlil qilib borilishi talab etiladi.Albatta normativlar bank tizimining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Normativlar bajarilishining ta’minlanmasligi bank faoliyatini xavfl ilik darajasini oshiradi. Bank boshqaruvi normativlarga rioya etilishi yuzasidan tezkor ma’lumotlarga ega bo‘lishlari va uni ta’minlash uchun chora-tadbirlar belgilash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak; beshinchidan, bank aktivlarini tarkibini va sifatini to‘liq nazorat qilib borish.Bank aktivlari holati, dinamikasi, samaradorligi kabi masalalar doimiy ravishda tahlil etilmog‘i lozim. Shu bilan birga aktivlarning likvidliligi, daro-madliligi va rikslilik darajasi tahlili faoliyat muvaffaqiyatining garovi hisob-landi. Bank aktivlarining uning passivlari bilan mutanosibligini ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham bank aktivlari uning xodimlari, auditorlar va markaziy bank tomonidan o‘rganilib, tahlil qilib bo-rishning davr talabi bo‘lib qoladi.Bank faoliyati tahlili bank aksionerlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa bankning Kuzatuv kengashi tomonidan ham Boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtirishdatahlil natijalaridan keng foydalaniladi. Oltinchidan, bank likvidliligi va to‘lov qobiliyatini doimiy ravishda ta’minlanishiga erishish.Bankning likvidligi deganda uning majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ravishda bajara olish imkoniyatlari tushuniladi. Bank omonatchi-lari va kreditorlari oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida hamda to‘la-to‘kis bajarilishi uchun doimiy darajada likvid mablag‘larga ega bo‘lishlari talab etiladi. Bu o‘z navbatida mijozlar tomonidan bankka nisbatan ishonchini mustahkamlaydi.Bankning to‘lov qobiliyati, uning mijozlari tomonidan berilgan topshiriqlarni tezkor ravishda ta’minlash, imkoniyatlari tushuniladi. Shunday ekan, bank aktivlarini likvidlilik va to‘lov qobiliyati nuqtayi nazaridan tahlil etilishi faoliyat samaradorligini ta’minlash asoslaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Yettinchidan, bank daromadlari va xarajatlarining optimal miqdorini aniqlash. Har qanday tijorat tashkilotlari kabi banklar faoliyatining maqsadi ham maksimal miqdorda foyda olishdan iboratdir. Shuning uchun ham bank daromadlari va xarajatlarini tarkibiy jihatdan va uning sof rentabellik dara-jasini tahlil qilish asosiy maqsadlardan biri bo‘lib qoladi. Yuqori daromad olish uchun olinadigan daromad manbalari, har bir daromad keltiruvchi aktivlar hamda bank xizmatlari turlarini o‘rganish va yuqori daromad keltiruvchi sohalarni aniqlab borish zarur. Shu bilan birga bank xarajatlari tarkibini o‘rganish natijasida ma’lum xarajatlarni tejash imkoniyatlarini aniqlash ham faoliyat samaradorligini oshirish imokniyatlarini aniqlash, bank faoliyati tahlilining maqsadlaridan hisoblanadi. Ma’lumki, daromadlilik va bankning likvidliligi bir-birlari bilan qarama-qarshi ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Shunday ekan, daromadlilik va likvidlilik o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash ham faoliyat tahliliga asoslanadi. Sakkizinchidan, bank qimmatbaho qog‘ozlarining jozibadorligini ta’minlashga erishish. Bankni o‘z mablag‘larining ko‘payib borishi asosan uning aksiyalarini sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Aksiyalarning sotilishi esa uning jozibadorligiga bog‘liqdir. Qaysi bankning aksiyalari uning sohiblariga ko‘p daromad keltirsa, unga bo‘lgan talab ortib boradi. Bu hol o‘z navbatida ushbu aksiyalarning jozibadorligini ta’minlaydi. Ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida bank barqarorligini ta’minlashda uning kapitalining miqdori oshib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bank aksiyalarining qanchalik ko‘p miqdorda sotilishini ta’minlash ham, uning faoliyatini uzluksiz ravishda har tomonlama tahlil etilishini talab etadi. To‘qqizinchidan, Bank imijini oshirishdan iborat. Bank imiji, uning jamiyatdagi, mamlakatdagi obro‘si, erishilgan muvaffaqiyatlar bilan cham-barchas ravishda bog‘liqdir. Erishilgan obro‘-e’tibor albatta uning faoliyat barqarorligi, mijozlarga ko‘rsatilgan xizmat turlarining sifati, tezkorligi va to‘laqonliligi bilan belgilanadi. Bular esa o‘z navbatida bank faoliyatini doimiy ravishda to‘liq tahlil etish va undan to‘g‘ri xulosalar chiqarish bilan bog‘liqdir.Yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishish bank faoliyati tahlilining quyidagi vazifalariga bog‘liqdir.1. Butun bank faoliyati va uning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat tahlilining natijalarini to‘la-to‘kis ravishda yoritish.2. Bank faoliyati to‘g‘ri tahlil etilishi natijasida bank faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar va ularning ta’siri natijalarini chuqur o‘rganish.3. Erishilgan natijalarni baholash va ular to‘g‘risida to‘g‘ri xulosalar tay-yorlab kelgusida optimal qarorlarni qabul qilish uchun bankning boshqaruv organlariga taqdim etish. Xulosa qilib aytganda, bank faoliyatining samaradorligi asosan uning faoli-yatini har tomonlama to‘liq tahlil etilishi, natijalari o‘rganilishi, istiqboldagi rejalar tahlil natijasida qabul qilingan qarorlar, belgilanadigan chora-tadbirlar sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
3. Bankning boshqa tarmoqlarini o’rganish va ular tog’risida ma’lumot.
O'zbekiston Milliy bankining tashqi iqtisodiy faoliyati O'zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy va tijorat aloqalarini chuqurlashtirishga, xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan hamkorlik qilish orqali mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalar va ilg'or texnologiyalarni jalb qilishga qaratilgan.Hamkorlik tijorat va loyihaviy moliyalashtirish, kredit liniyalarini jalb qilish, xalqaro hisob-kitoblar va valyuta va valyuta bozorlarida g'aznachilik operatsiyalarini amalga oshirish doirasida xorijiy banklar bilan hamkorlikni kengaytirish orqali o'zbekiston milliy bankining jahon moliya bozoridagi pozitsiyalarini doimiy ravishda ta'minlashni ta'minlaydi.
O'zbekiston Milliy bankining dunyoning 81 mamlakatida 700 ga yaqin
korrespondent banklari mavjud. Korrespondentlik hisobvaraqlari ochilgan eng yirik sherik banklar JP Morgan Chase, Citibank, The New York Mellon, Commerzbank, Deutsche Bank, Societe Generale, Credit Suisse, SMBC, MUFG Bank, Rossiyaning Sberbank va boshqalar kabi mashhur banklardir.
Xorijiy banklar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarning sheriklari: Xitoy Taraqqiyot Banki, Xitoyning Eksport-Import Banki, Koreyaning Eksport-Import Banki, AQSh Eksim Banki, Gazprombank, VEB.RF, Rossiyaning Sberbank, Credit Suisse, AKA Bank, Raiffeisen. Bank, ODDO BHF, NATIXIS, Credit Agricole, Commerzbank, Deutsche Bank, Landesbank Baden-Wuerttemberg, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki va boshqalar. Pekin shahrida O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Xitoy taraqqiyot banki (CDB) bilan 500 million CNY miqdorida kredit liniyasini jalb qilish to'g'risida kredit shartnomasini imzoladi. - Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo'mitasi. CNY kredit shartnomasi - bu NBU bilan hamkorlik tarixidagi etakchi Xitoy moliya instituti bilan imzolangan birinchi hujjat 'O'zbekiston Milliy Banki' AJ Frontera Capital (Buyuk Britaniya) bilan kichik va o'rta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 953 mlrd.so'm (100 mln. AQSh dollar) miqdorida milliy valyutadagi mablag'larni jalb qilish to'g'risida bitim imzoladi. Bu moliya institutining milliy valyutadagi mablag'larni jalb qilish bo'yicha birinchi operatsiyasi.

4.Tijorat banklarining to’lov qilayotganini aniqligini o’rganish.


O'zmilliybank mamlakatdagi eng yirik investitsiya banki hisoblanadi. Bankning keng ko'lamli infratuzilmasi O'zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni faol qo'llab-quvvatlovchi moliya va sanoat sohalarini rivojlantirishga imkon beradi.Bankning kapitalini respublikaning strategik muhim korxonalariga qo'shilishi uning iqtisodiyotning turli tarmoqlari korxonalariga investitsiyalar kiritishda, ularni modernizatsiya qilishda, texnologik va texnik qayta jihozlashda ishtirok etishiga imkon beradi. Korxonalar: Milliy iqtisodiyotning yuqori texnologiyali va ijtimoiy ahamiyatga ega tarmoqlarini qo'llab-quvvatlash, mavjud ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va yangi ishlab chiqarishni moliyalashtirish, kichik biznesni qo'llab-quvvatlash, mahalliy xomashyoni qayta ishlash asosida iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni yaratish va rivojlantirish. Bankning asosiy qarzdorlari yirik mahalliy ishlab chiqaruvchilar, kichik va xususiy biznesdir. Investitsiyalarning katta qismi neft qazib olish va qayta ishlash, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati, rangli va qora metallurgiya, to'qimachilik sanoati, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, aloqa infratuzilmasi, transport va turizmni rivojlantirishga yo'naltirilgan.Milliy miqyosdagi ob'ektlarni moliyalashtirish: Milliy bank kreditlari O'zbekiston iqtisodiyotining deyarli barcha sohalarida qatnashmoqda. Iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirishlarida katta ulush aloqa tizimlari - temir yo'l, avtomobil va aviatsiya rivojlanishini qamrab oladi. Kreditlar, shuningdek, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishga, mavjud yuqori darajadagi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangi ishlab chiqarishni amalga oshirishni moliyalashtirishga, kichik biznesni qo'llab-quvvatlashga, mahalliy qayta ishlash asosida import o'rnini bosuvchi iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni yaratish va rivojlantirishga yo'naltiriladi. xom ashyolar. Bank Hisobot uchun tizimli ahamiyatga ega va O'zbekiston Respublikasining yirik korxonalariga hukumat kafolati bilan kreditlar beradi.

Bu kredit portfelining past xilma-xilligini, aktivlarning past rentabelligini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining moliyaviy siyosatiga kuchli bog'liqlikni belgilaydi.


Bank ko'plab strategik muhim biznes ob'ektlarini rivojlantirish uchun mablag 'ajratdi:
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi.
Toshguzar - Boysun - Qumqo'rg'on temir yo'l liniyasini qurish.
Farg'ona neftni qayta ishlash zavodini rekonstruktsiya qilish.
Navoiy IESni modernizatsiya qilish.
Navoiy shahridagi aeroportni rekonstruktsiya qilish va modernizatsiya qilish.
"O'zbekiston havo yo'llari" MAK samolyot parkini yangilash va unifikatsiyalash.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati uchun kon uskunalarini etkazib berish.
Oxangaron - Pungan gaz quvuri qurilishi.
"O'zagromashservis" uyushmasi va "O'zprommashimpeks" davlat aktsiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi uchun CASE qishloq xo'jaligi texnikasini sotib olish.
Muborak gazni qayta ishlash zavodida suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun propan-butan aralashmasi zavodini qurish.
"Toshgorpasstrans" uyushmasi uchun Daimler-Chrysler avtobuslarini sotib olish.
"Temir yo'llari" davlat aktsiyadorlik temir yo'l kompaniyasi uchun yo'lovchi elektrovozlarini sotib olish.
"O'zbekneftgaz" NKKning burg'ulash inshootlarining mavjud parkini modernizatsiya qilish va jihozlash.
Qo'ng'irot kompressor stantsiyasida gazni quritish qurilishi.
Shuningdek, bir qator boshqa investitsiya loyihalari amalga oshirildi.
Bank likvidligini tahlil qilish quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: bank likviligining koeffi tsiyentlarini hisoblash tizimi to‘g‘riligini va to‘liqligini tasdiqdlash;
– bank holati bo‘yicha xulosalarni shakllantirish;
– bank balansi likvidligining yomon holatga kelayotganligidan darak beruvchi real va salbiy potensial tendensiyalarni aniqlash;
– salbiy tendensiyalarni vujudga keltirgan omillarni tahlil qilish;
– bank balansi likvidligini tahlil qilish va tekshirish natijalariga ko‘ra bank uchun taklifl arni belgilab olish.
Yangi tashkil qilinayotgan tijorat banklari uchun ustav kapitalning minimal miqdori va tashkil qilingan banklar uchun kapitaldagi shaxsiy mablag‘larining minimal miqdori; kapitalning yetarlilik normativlari
;likvidlik normativlari;bir qarzdorga yoki qarzdolar guruhiga bo‘lgan xatarning maksimal miq-dori;yirik kreditlar xatarining maksimal miqdori; bitta kreditorga (omonatchiga) bo‘lgan xatarning maksimal miqdori; aholidan jalb qilingan mablag‘larning maksimal miqdori va hokazo. Bu ko‘rsatkichlar orasida likvidlik normativlari muhim ahamiyatga ega, chunki ularning miqdori ko‘p jihatdan bankning depozit va kredit siyosatining samarali yuritilishiga bog‘liq bo‘ladi. Banklar likvidlik ko‘rsatkichlarining minimal miqdorini ushlab turishga harakat qiladi, chunki bunda likvidlik va yuqori daromadlilik ko‘rinishdagi qarama-qarshilik sharoitida optimal qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining «Tijorat banklari likvidligini tartibga solish bo‘yicha qo‘yilgan talablar to‘g‘risida»gi 421-sonli Tartibda likvidlik normativlari berilgan (joriy, lahzalik va uzoq mud-datli likvidlik). Mazkur ko‘rsatkichlar tizimidan likvidilik normativining joriy likvidlik ko‘rsatkichini o‘tgan oxirgi besh yil davr maboynida mam-lakatimizning yirik va kichik tijorat banklari misolida ko‘rib chiqamiz. O‘zbekiston Respublikasida joriy likvidlik ko‘rsatkichining minimal miqdori 30% miqdorida belgilangan. Maz-kur koyeffi tsentni hisoblashda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining metodikasi, shuningdek, jalb qilingan mablag‘lar va aktivlarning muddati va miqdori bo‘yicha tarkibiy ma’lumotlari asos qilib olindi.
1) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki metodikasi orqali hisobla-nadigan likvidli aktivlar, yaqin 30 kun muddatga milliy va chet-el valyutasida berilgan kreditlar (hech bo‘lmaganda bir marta prolongatsiya qilingan ssu-dalar bundan mustasno), shuningdek, bank foydasiga bo‘lgan yaqin 30 kun ichida amalga oshiriladigan to‘lovlar;2) Talab qilib olinguncha bo‘lgan majburiyatlar – O‘zbekiston Respub-likasi Markaziy banki metodikasi orqali hisoblanadi, bunda boshqa kredit tashkilotlaridan 30 kun muddatga olingan kreditlar va bank tomonidan 30 kun muddatda majburiyatlarni o‘z zimmasiga olish bo‘yicha kafolat va kafi l-liklarning 50% ni ham o‘z ichiga oladi.

5. Bank amaliyotini yetuk o’rganish


Bank operatsiyalari:Bank amalga oshiradigan operatsiyalar:joriy yoki boshqa hisob varaqga pul qabul qilish,foiz bilan yoki foizsiz kredit berish,birja topshiriqlarini bajarish,qimmatbaho qog’ozlar aksiyalar sotib olish mijozlarning topshiriqlarini bajarish,tovarlar yoki Tovar hujjatlar garavi hisobiga ssudalar berish,shuningdek boshqa har qanday pulli va naqd pulli hisob kitopblarini bo’yicha operatsiyalar kiradi.
Asosan passiv (kreditlash uchun resurslar hosil qilish) va aktiv (foyda olish maqsadlarida bu resurslarni ishlatish )turlariga bo’linadi.Markaziy bank tijorat banklarning amaliyotlarini amalga oshirish,ya’ni jismomniy va yuridik shaxslarga qarz berish,ularga valyuta ayirboshlash xizmatlatrini amalga oshirish,shuningdek uchunchi shaxslarga moilaviy yordam berish,bank kapitallari va boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida ishtirok etish huquqiga ega emas.
Markaziy bankning 4 ta asosiy vazifasi bor.Markaziy bank:
a)mamlakatning emission markazi;
ya’ni bankomatlat chiqarishning monopol huquqiga ega.
b)banklar banki,yani kompaniya va muassasalar bilan;
asosan ushbu mamlakat banklari bilan operatsiyalarini amalga oshiradi.
v)mamlakat asosiy hisob kitob markazi;
bu degani boshqa banklar o’rtasida o’zaro talablar va majburiyatlarning zachyoti asosida naqd pulsiz operatsiyalarni amalga oshirishda vositachi vasifasini bajaradi.
g)pul kredit siyosatini orqali iqtisodiyotni tartibga solish;
Tartibga solish funksiyasi:pul muomilasini tartibga solishdir.Bunda naqt va naqdsiz pulsiz emissiyasini kamaytirish yoki ko’paytirish va diskont siyosati,minimal zahiralar siyosati,ochiq bozor,valyuta siyosati orqali amalga erishiladi.
Capital tashkil etish shakliga ko’ra markaziy banklar quyidagilarga bo’linadi:
Davlat;aksioner;aralash
Davlat markaziy banklarda capital davlat hisob kitobidan shakllantirilgan.
Aksioner markaziy banklarda kapitalning bir qismi tomonidan davlat tomonidan,qolgan qismi esa xususiy aksiyadorlardan tomonidan shakllantiriladi.
Aralash markaziy banklarda kapitalning bir qismi davlat tomonidan qolgan qismi esa xususiy aksiyador tomonidan shakllanadi.
Valyuta operatsiyalari:Kapitalbank.
Kapital bank yirik banklarlardan biri bo’lib amaldagi qonunchilikka muofiq,
Tashqi savdo shartnomalari,kredit shartnomalri va qarz shartnomalri,savdoni moliyalashtirsh operatsiyalri,shuningdek savdo bo’lmagan xaakterdagi valyuta operatsiyalari bo’yicha o’tkaziladigan barcha valyuta oretatsiyalari barcha valyutalar bo’yicha xizmat ko’rsatadi.
Valyuta operatsiyalari bo’yicha to’liq xizmatlari majmuosi “Kapitalbank”ATB ning barcha bo’limlari va fillialari tomonidan amalgfa oshiriladi.Bank bo’limlari va fillialarning valyuta operatsiyalari bo’limlarida tashqi savdo shartnomalarida bo’yicha o’zaro hisob kitoblar eng maqbul shakklarda va O’zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchiliga to’liq mos ravishda o’tkazish uchun sharoitlarni tayyorlash bo’yicha tavsiyalar olish mumkin.
Konversiya Operatsiyasi:
“Kapitalbank”ATB O’zbekiston Respublikasida valyuta birjasida eng yirik valyuta savdo operatsiyalardan biri hisoblanadi.
Bank Aqsh dollar va yevro bilan operatsiyalatni olib boradi.Zarur hollarda,Bank g’aznachilik mutaxasisslari sizga qarshi to’lovlar bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish masalasini ko’rib chiqishga yordam beradi.
Hisobvaraqadagi katta qoldirlarga ega bo’lgan mijozlar,shuningdek o’zlarini ishonchli hamkor sifatida ko’rsatgan bitimlar bo’yicha o’z majburiyatlarini aniq va o’z vaqtida bajargan mijozlar uchun,tasdiqlash almashuvining so’ng darhol oldindan to’lovsiz amalga oshiradigan limitlar belgilanishi mumkin.

6.Bank boshqaruvi.


Bank boshqaruvi asosiy maqsadi foyda olish maqsadida bank mexanizmlari elementlari o’rtasida uzviy va maqbul o’zaro ta’sir tizimini yaratishdir.
Har bir texnik bank banker texnik bank faoliyati faoliyati bilan bir qatorda boshqaruvi vazifalarini ham bajarishi kerak.Garchi bbank korxonalari singari moliyaviy muassasa bo’lsada uning asosiy maqsadi foyda olish orqali o’z boyligining maksimal darajaga oshirishdir.Bank faoliyati biznes turlaridan farq qiladi.
Bank boshqaruving ko’plab tariflari mavjud.Umuman olganda,bank boshqaruvi deganda bankning qomum hujjatlariga belgilngan faoliyatini boshqarish tushuniladi.
Bank boshqaruvi boshqaruvning o’ziga xos obyekti bank faoliyati bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy munosabatlar va bank ishida boshqaruv fuktsiyalarini amalga oshirish bilan bog’liq boshqa munosabatlar bilan tavsiflanadi.
Quyidagi xususiyatlar bank boshqaruvining ishonchligini belgilaydi:
a)Strategik tahlil,rejalashtirish,siyosatni ishlab chiqish va boshqaruv tajribasi:
b)rejalashtirish sifati:
c)risklarni boshqarish:
d)likvidlikni boshqarish
e)inson resurslarini boshqarish:
f)nazorat tizimlarini yaratish:
g)yagona axborot texnologilar tizimi;
Yuqoridagi barcha shartlar bank boshqaruvi va uning tarkibiy qismlarini amalga oshirish jarayonida o’zini namoyon qiladi.

7.Xulosa.




O`zbekiston davlat banklari ustidan nazorat tizimi shakillangan va takomillashtirib borilmoqda. Buning natijasida oxirigi yillarda mamlakatimiz bank sektori kapitalining yetarlilik darajasi bank nazorati bo`yicha Markaziy bank tomonidan 14 foiz etib belgilangan xalqaro me`yordan deyarli uch barobar ko`p bo`lgan darajani tashkil etmoqda. Undan tashqari jalb etilgan va qo`yilgan mablag`larning mutanosibligi tamoyili banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishini kuchaytirish va bu mablag`lardan unumliroq foydalanishga qaratilgan. Bu tamoyil asosida ishlash davlat banklarni likvidligini oshirishga yordam beradi. Uchinchi tamoyil bu banknin to`la iqtisodiy mustaqilligidir. Bu tamoyilga asosan bank o`z va jalb etilgan mablag`lardan mustaqil foydalanishi, mijozlar va omonatchilarni o`zi mustaqil ravishda tanlashi, kredit siyosatini mustaqil tuzishi va amalga ishirishi, foiz stavkalarini mustaqil o`rnatish va o`zgartirishi, daromadlarni mustaqil ravishda taqsimlashi va boshqa faoliyat turlarini mustaqil bajarishi mumkinligi ko`zda tutiladi.
Yüklə 62,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin