1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


Ochiq xisob varaq bo‘yicha xisob-kitoblar



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə99/106
tarix15.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#143871
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106
маъруза матни ХММ

Ochiq xisob varaq bo‘yicha xisob-kitoblar. Ularning moxiyati tovarlar olinganidan so‘ng importyorning eksportyorga bo‘lgan muntazam to‘lovlaridadir. Joriy qarzdorlik summasining xisobi savdo bo‘yicha xamkorlarning kitoblarida yuritiladi. Xalqaro xisob-kitoblarning ushbu shakli ochiq xisobvaraq bo‘yicha kredit bilan bog‘liqdir. Ochiq xisobvaraq bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirish bilan bog‘liq xisob-kitoblar tartibi kontragentlar orasida tuzilgan kelishuv shartlari bilan belgilanadi. Odatda belgilangan muddatlardagi muntazam to‘lovlar ko‘zda tutiladi (tovar yetazib berilganidan so‘ng yoki oyni boshida yoki oxirida importyor tomonidan tovarlar qayta sotib bo‘linganidan so‘ng). Xisob-kitoblarning solishtirma tekshiruvi amalga oshirilganidan so‘ng, ochiq xisobvaraq bo‘yicha qarzdorlikning yakuniy so‘ndirilishi banklar orqali, odatda bank o‘tkazmasi yoki chekidan foydalangan xolda, amalga oshiriladi. Shu sababli, bank statistikasi ochiq xisobvaraq bo‘yicha xisob–kitoblarni ko‘p xolatlarda bank o‘tkazmalari sifatida xisobga oladi.
Ochiq xisobvaraq quyidagi shaxslar orasidagi xisob-kitoblarda ishlatiladi: an’anaviy savdo aloqalari bilan bog‘liq firmalar orasida; tovarlar eksporti yuzasidan Transmilliy korporatsiya va uning xorij filiallari orasida; eksportyor va broker firmasi orasida; eksportyor ishtirokidagi aralashma firmalar orasida; ombordan sotishga mo‘ljallangan, konsignatsiyaga jo‘natilayotgan tovarlarga. Tovarlarni muntazam yetkazib berish xolatlarida, uzoq muddatli samarali xamkorlikning o‘zaro ishonch bilan qo‘llab-quvvatlanishi xamda sotib oluvchi – nufuzli firma bo‘lgan sharoitda, odatda, ochiq xisobvaraq bo‘yicha xisob-kitoblar qo‘llaniladi. Mazkur xisob-kitob shakliga xos bo‘lgan xususiyatli taraflardan biri shundaki, tovarlar pullar xarakatiga nisbatan tezroq xarakatlanadi. Xisob-kitoblar tijorat krediti bilan bog‘liq bo‘lgan xolda, tovar yetkazib berish jarayonidan ajratilgan xamda ushbu xolatda eksportyor odatda importyorni kreditlaydi. Agar, kontragentlar orasida tovarlar o‘zaro yetkazib berilsa (bir-biridan sotib olsa) va xisob-kitoblar tovar yetkazib berilganidan so‘ng ochiq xisob varaq bo‘yicha amalga oshirilsa, unda ushbu xisob-kitoblar kontokorrent (yagona xisob varaq)da aks ettiriladi, ikki taraflama kreditlash va o‘zaro talablar xisobi amalga oshiriladi.
Ochiq xisobvaraq bo‘yicha xisob-kitoblar importyor uchun nixoyatda qulaydir. Chunki u, tovarlar eksportyor tomonidan yetkazib berilganidan so‘ng xaq to‘laydi va foydalanayotgan kredit uchun foiz sifatida aloxida xaq to‘lamaydi, xamda yetkazib berilmagan yoki qabul qilinmagan tovar uchun xaq to‘lash xataridan xolis bo‘ladi. Eksportyor uchun esa ushbu xisob-kitob shakli nisbatan manfaatli emasdir. Chunki, ushbu xisob-kitob shakli to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirilishining ishonchli kafolatlariga ega emas, eksportyorning muomaladagi kapital xarakati tezligini pasaytiradi va ayrim xolatlarda bank kreditiga murojaat etishga majbur etadi. Ushbu xisob-kitob shaklidan bir tomonlama foydalanish sharoitida importyor tomonidan tovarlarga xaq to‘lamaslik xatari, eksportyor tomonidan tovarlarni to‘liq yetkazib bermaslikning bo‘nak to‘lovlaridagi xatariga o‘xshashdir.
Ochiq xisobvaraq bo‘yicha xisob-kitob shakli asosan taraflar orasida o‘zaro ishonch mavjud bo‘lgan xamda kontragentlar navbatma-navbat sotuvchi va sotib oluvchi rolida maydonga chiqayotgan xolatlarda qo‘llaniladi. Bir tomonlama xisob-kitoblarda ochiq xisob varaq bo‘yicha xisob-kitoblar kamdan-kam qo‘llaniladi.
Eksport xisobiga olingan almashinadigan valyutadagi daromadlar xisobi yuritiladigan “eskrou” maxsus xisobvarag‘ini ochish to‘g‘risidagi kelishuvdan ba’zi xolatlarda foydalaniladi. Ushbu ko‘rinishdagi xisob varaqning mavjudligi importyorning to‘lov qobiliyatiga eksportyor ishonchini oshiradi.
Barter bitimlari bo‘yicha xisob-kitoblar (jaxon tovar almashuvining 10-15%) umumqabul qilingan shakllarda (ochiq xisob-varaq, akkreditiv va boshqalar) amalga oshiriladi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin