1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


Iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə35/106
tarix15.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#143871
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106
маъруза матни ХММ

8.4 Iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha mamlakatlarning hududiy integratsiyasiga xos xususiyatlar (NAFTA)

G’arbiy Evropada iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish yutuqlari dunyoning rivojlanayotgan mintaqalari diqqatini o’ziga jalb etdi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida bir nechta o’nlab erkin savdo hududlari, bojxona yoki iqtisodiy ittifoqlar vujudga keldi.


Integratsiya jarayonlarining sezilarli darajada rivojlanishida Shimoliy Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasining (North American Free Trade Area – NAFTA) tashkil qilinishi va faoliyat ko’rsatish jarayoni muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur integratsion hudud jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda iqtisodiy ahamiyati jihatidan yuqori o’rinda turadi. 1992 yilda AQSh, Kanada va Meksika o’rtasidagi Shimoliy Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasini (NAFTA) tashkil etish to’g’risidagi shartnoma imzolandi va u 1994 yilning 1 yanvardan o’z faoliyatini yurita boshladi. NAFTA AQSh, Kanada va Meksika davlatlarini o’z tarkibiga birlashtirgan. Ushbu integratsion birlashma 456,6 mln. aholini o’z ichiga olgan keng hududni qamrab olgan bo’lib kuchli iqtisodiy imkoniyatga egadir. Bu mamlakatlarda har yilgi ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar 7 trln. AQSh dollarini tashkil etadi. Butun jahon savdosi hajmida ularning ulushi 20% atrofida to’g’ri keladi. NAFTA davlatlari kelishuvida asosan tovar va xizmatlar savdosida cheklashlarni olib tashlash, o’zaro kelishmovchiliklarni hal etish mexanizmlarini ishlab chiqish, bir-biriga nisbatan investitsion muhitni erkinlashtirish masalalari nazarda tutilgan. NAFTAning EIga nisbatan o’ziga xos xususiyati integratsion jarayonlarning simmetrik emasligidir. Kanada va Mek­sika davlatlari integratsiyalashuv jaryonida AQSh bilan ko’proq yaqinlashishga intilishadi, o’zaro esa kuchsiz bog’lanishgan.
Bitimning asosiy qoidalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • AQSh, Kanada va Meksika o’rtasidagi savdo aloqalarida mahsulotlarga nisbatan bojxona bojlarini bekor qilish;

  • shimoliy Amerika bozorini o’zlarining tovarlarini Meksika orqali AQShga reeksport qilish yo’li bilan Amerika bojlarini to’lashdan qochishga harakat qilayotgan Evropa va Osiyo kompaniyalari ekspansiyasidan himoyalash;

  • Meksikada sug’urta va bank ishida Amerika va Kanada kompaniyalarining raqobat va kapital qo’yilmalariga bo’lgan cheklovlarni bekor qilish;

  • atrof-muhit bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal qilish uchun uch tomonlama guruhlarni tashkil etish.

NAFTAga a’zo mamlakatlar tomonidan imzolangan shartnoma doirasida quyidagi vazifalarni hal etish ko’zda tutilgan:

  • erkin savdo hududini shakllantirish orqali mamlakatlar o’rtasida savdo va investitsiyalarni rag’batlantirish;

  • mamlakatlardagi kompaniyalar uchun kelishilgan tadbirkorlik faoliyati ishlab chiqilishi;

  • o’zaro iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish;

  • intelektual mulkga doir huquqlarni himoya qilish.

Dastlabki ikki yil ichida NAFTAning eksport hajmini oshishi hisobiga qo’shimcha ish joylarini tashkil etishdagi munosabatlarda faoliyat ko’rsatishi ishonchlarni oqlamadi. Bundan tashqari, AQSh bilan Meksika savdosidagi ijobiy savdo saldosi yo’qolib 1995 yilda uning o’rnini defitsit egalladi. Oxir-oqibatda NAFTAni tuzuvchilar rejasi bo’yicha to’la mukammal shimoliy Amerika umumiy bozorini 2010 yilda tashkil etish mumkin deb hisoblandi. Hozirgi vaqtda Amerika iqtisodchilari etarli darajada qudratli bo’lgan Amerika savdo blokini tashkil etishning modelini ishlab chiqmoqdalar.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin