§ 1.3. Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish xususiyatlari Intensiv davlatlararo iqtisodiy aloqalarning hozirgi darajasi quyidagilarni kо‘rsatadi:
jahon xо‘jaligida xalqaro mehnat taqsimoti darajasining chuqurligini;
an’anaviy xalqaro tayyor mahsulotlar savdosi miqyoslarining kengayishi va xarakterining о‘zgarganligini (u kо‘p jihatdan milliy ishlab chiqarish jarayonlariga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xizmat qila boshlaydi);
kapital migratsiyasining intensivlashganligini;
ilmiy-texnik bilimlar almashuvining tezlashganligi va shuningdek xizmatlar sohasining rivojlanganligini;
ishchi kuchi migratsiyasining sezilarli darajada о‘sganligini (xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro xо‘jalikning baynalminallashuvining muhim qismi bо‘lib qolmoqda);
davlatlar va mintaqalar о‘rtasidagi iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonlarining tezlashishi va kengayishini.
Baynalminallashuv alohida milliy iqtisodiy tizimlarning о‘sib borayotgan о‘zaro aloqa va о‘zaro bog‘liqligini xarakterlaydi.
Xalqaro mehnat taqsimoti va unga ta’sir etuvchi omillar
Mehnat taqsimoti – bu tarixan belgilangan ijtimoiy mehnat tizimidir. U jamiyat rivojlanishi jarayonida faoliyatning sifat jihatdan differensiatsiyasi natijasida kelib chiqadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti mohiyati ishlab chiqarish jarayonining mehnat faoliyatini turli shakllarining ixtisoslashuvi va ularning kooperatsiyalashuvida, о‘zaro hamkorligida namoyon bо‘ladi. Mehnat taqsimotini faqat ajratish jarayoni sifatida emas, balki, jahon miqyosida mehnatni birlashtirish yо‘li sifatida ham kо‘rish mumkin.
Har qanday davlatning xalqaro almashuv jarayonida xalqaro mehnat taqsimotining ustunliklarini amalga oshirishi – birinchidan, eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning tashqi va ichki bozor narxlaridagi farqni olish; ikkinchidan, arzonroq bо‘lgan importdan foydalanib, milliy ishlab chiqarishdan voz kechgan holda ichki harajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishining zamonaviy о‘ziga xos tomonlari. Xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasi
Xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosiy yо‘nalishini biz xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasining kengayishida kо‘rishimiz mumkin. Xalqaro kooperatsiya (XK) va xalqaro ixtisoslashuv (XI) xalqaro mehnat taqsimotining shakllari bо‘lib, uning mohiyatini namoyon qiladi.
Xalqaro mehnat taqsimotining boshqa bir shakli - xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasidir. Uning obyektiv asosi bо‘lib, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishining о‘sib borayotgan darajasi, hamda mamlakat ichida yoki tashqarisida rо‘y berishidan qat’iy nazar mustaqil korxonalar о‘rtasidagi barqaror ishlab chiqarish jarayonlarini borishi hisoblanadi.