dasturi asosiy uch yo‘nalishda: o‘qish,matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi
bo‘yicha olib boriladi.
Birgina 2015 yilning o‘zida 70 dan ortiq davlatlar
PISA xalqaro dasturi
sinovida ishtirok etgan. Umuman olganda, PISA dasturi davlatlarning ta’lim
sohasidagi siyosatiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi. Har bir davlat o‘tkazilgan
tadqiqot natijalari asosida o‘zining ta’lim sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini
xolisona aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqeini ko‘radi hamda ta’lim
muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirishda o‘z yo‘nalishlarini va
strategiyasini belgilab oladi.
PIRLS
- tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtrok etib kelmoqda.
Mazkur
xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlardagi
boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha
tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi
ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta
bunday tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar,
o‘qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: