1-Mavzu: Jahon ta'lim tizimida boshlang'ich ta'limni o'qitishga xos samarali yondashuvlar” fanining maqsad va vazifalari Reja



Yüklə 32,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix22.12.2023
ölçüsü32,04 Kb.
#190067
  1   2   3
1-maruza



1-Mavzu:
Jahon ta'lim tizimida boshlang'ich ta'limni o'qitishga xos 
samarali yondashuvlar” fanining maqsad va vazifalari 
Reja: 
1.
Xalqaro baholash tizimlari haqida tushuncha. 
2.
Boshlang’ich ta’limda xalqaro baholash tizimlari fanining boshqa 
fanlar bilan aloqasi. 
3.
Boshlang’ich ta’limda xalqaro baholashning axamiyati. 
4.
Xalqaro baholash dasturlari.
Tayanch tushunchalar:
bilimni baholash, xalqaro baholash tizimlari 
BBB jadvali bo’yicha ishlanadi.
Boshlang’ich ta’limda xalqaro baholash tizimlari fanida bugungi kunda 
jamiyatimizga kirib kelgan xalqaro baholash tizimlari va ularning talablari, maqsad 
va vazifalari o’rganiladi. 
Ma’lumki, o‘zgarishlar davrida ta’lim tizimi ijtimoiy jarayonlardan kelib 
chiqqan holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta’lim orqali jamiyatda 
kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan yangi avlod shakllantiriladi.
 
Shuni inobatga olgan holda umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim 
muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh avlodning har 
tomonlama puxta bilim olishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga 
alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. 
Bunday talabning qondirilishi o‘z navbatida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va 
darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim- 
tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishning zamonaviy ijtimoiy innovatsiyalar orqali 
amalga oshirish ehtiyojini vujudga keltirmoqda. 
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti 
mutaxassislari aynan mana shunday talablarning bugungi kun ta’lim tizimi uchun 
juda muhim ekanligini inobatga olgan holda aksariyat xorijiy davlatlarda ta’lim va 
fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini 
oshirishga qaratilgan ayrim ilg‘or tajribalarni o‘rganib chiqdi. Xususan, dunyoda 
ta’lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA (O‘quvchilarni 
ta’limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Matnni o‘qish va 
tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), TIMSS (Maktabda matematika 
va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) kabi bir qator xalqaro 
dasturlar mavjud bo‘lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta’lim sifatini yanada 
oshirishdagi mezon sifatida keng qo‘llanilib kelinmoqda. 

Yüklə 32,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin