Reja - Psihologiya fanining predmeti , maqsadi va vazifasi
- Psihologiya fanining o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar va fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
- Psihologiya fanining rivojlanish tarixi.
Psihologiya fanining predmeti Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mеntalitеtning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo’nalishdagi muammolarni ma'lum ma'noda o’rganadigan barcha fanlar bilan bеvosita aloqasini taqozo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo’lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqеi o’ziga xos va yеtakchidir. Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarda psixologiya fani, psixika, shaxs, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari, irodaviy sifatlar, hissiy holatlar, individualxususiyatlarga doir bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir, hamda bo’lajak pedagog mutaxassislar tamonidan psixik taraqqiyot qonuniyatlari, davrlari, mexanizmlari, omillari va shart-sharoitlari haqidagi zamonaviy ilmiy bilimning o’zgartirilishini tashkil etishdir. Psihologiya fanining vazifasi Fanning vazifasi - talabalarga psixologiyaning mohiyati, psixika va ong tushunchalari, psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar, psixik rivojlanish va uning o’ziga xos xususiyatlari, yosh davrlari tasnifi, psixik taraqqiyotning turli bosqichlari uchun xos psixofiziologik va psixologik xususiyatlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. Psihologiya fanining o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar “Umumiy psixologiya ” o’quv fanini o’zlashtirish natijasida bakalavr: -psixologiya fanining mazmuni, mohiyati, psixika va ongni taraqqiyoti, bilish jarayonlari, psixik holatlar, shaxsning hissiy-irodaviy sohasi, individualpsixologik xususiyatlarini, psixik taraqqiyot va uning omillari, ushbu omillarning psixik rivojlanishga ta`sir ko’rsatish mexanizmlari va qonuniyatlarini, ontogenezning turli bosqichlarida psixik rivojlanishning asosiy xususiyatlarini bilishi bilishi kerak; -talaba shaxs, muloqot, faoliyat, individual xususiyatlar yo’zasidan tushuncha, tasavvurga ega bo’lish bilan birga, psixik rivojlanishga ta`lim-tarbiya jarayonlarining ta`sir xususiyatlarini prognoz qila olish, ushbu jarayonni shu asosida loyihalashtirish va amaliy faoliyatga tadbiq etish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak; Psihologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi “Umumiy psixologiya ” fani asosiy umumkasbiy fani hisoblaniladi. Dasturni amalga oshirish uchun o’quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy iqtisodiy (falsafa, pedagogika va h.k), matematika va tabiiy-ilmiy (informatika va axborot texnologiyalari, yosh fiziologiyasi va gigiena va h.k) blokidagi fanlar bilan aloqada o’rganilib, bu fanlardan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi. Psihologiya fanining rivojlanish tarixi. Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari negizida rivojlanib kelgan. Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi miya ekanligini bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy boʻlagi sifatida (Demok-/shyaning moddiyunchiligi asosida) tal-qin qilganlar. Ularning gʻoyalari Platonning jon abadiyligi toʻgʻrisidagi taʼlimotiga qaramaqarshi qoʻyilgan. Aristotel "Jon toʻgʻrisida"gi asarida psixologik tushunchalar tizimini ishlab chiqdi. Yevropa Uygʻonish davrida Leonardo da Vinchi, X. Vives kabilar P. rivojiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. 18-asrgakelib M. V. Lomonosov, A.N. Radishchev, G. S. Skovoroda, T. Gobbs, B. Spinoza, G. Leybnits. J. Lokk, K. A. Gelvetsii, P. A. Golbax, D. Didro P.da bir talay kashfiyot qildilar, uni amaliy maʼlumotlar bilan boyitdilar. P. 19-asrning 2yarmiga kelib mustaqil fan sifatida ajralib chikdi. Nemis olimi V. Vundt Leypsigda 1879 yil dastlabki eksperi-mental lab.ni jihozlashga erishdi Oʻrta asrlarda psixikaga nisbatan har xil koʻrinishdagi gʻayritabiiy qarashlar hukmronlik qildi. Shu tufayli psixologik bilimlar rivojlanmay qoldi. Ammo baʼzi faylasuflar va shifokorlar (Ibn Sino va boshqalar) asarlarida bu sohada olgʻa qadam qoʻyildi. Turli mamlakatlarda va shaharlarda tuzilgan akademiyalarda (Xorazm, Samarqand, Kiyev, Moskva va boshqa shaharlarda) P. yuzasidan tinglovchilarga saboq berilgan. Oʻzbekistonda P. 1928 yildan eʼtiboran hozirgi Milliy universitetda fan sifatida oʻqitila boshlandi. 1929 yil Xalq maorifi komissarligi qoshida P. labo-ratoriyasi ochildi. Keyinchalik pedagogika institutlarida P.ning bir necha sohalari boʻyicha talabalarga bilim berila boshlandi. 20-asrning 2yarmida M. Vohidov, M. Davletshin singari mahalliy kadrlar yetishib chikdi. Hozirgi davrda P. fanlari doktorlari V. Tokareva, E. Gʻoziyev, B. Qodirov, Gʻ. Sho-umarov, R. Gaynutdinov, V. Karimova, Sh. Barotov, A. Jabborov, R. Sunnatovalar P.ning umumiy P., pedagogik va yosh P.si, ijtimoiy P. sohalari boʻyicha tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. Psixolog mutaxassislar tayyorlash va tadqiqot ishlari OʻzMU, SamDU, Fargʻona universiteti, Qarshi universiteti, Termiz universiteti bazalarida yoʻlga qoʻyilgan. Respublikamizda psixologik xizmat joriy qilingan va uning tarmogʻi tobora kengayib bormoqda. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Davletshin M. G. Umumiy psixologiya. T., TDPU, 2002. 2. Davletshin M.G., Do’stmuxamedova SH.A «Yosh va pedagogik psixologiya». T. TDPU, 2004 3. Ivanov I., Zufarova M. Umumiy psixologiya. O’z.FMJ., 2008. 4. Nemov R.S. Psixologiya. M.: Vlados, 2003. 1-2-t 5 Ziyo net kutubxonasi
Dostları ilə paylaş: |