Qxmt” kafedrasi “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” fanidan Karimova Komilaxonning tayyorlagan kurs ishi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə1/8
tarix15.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#130560
  1   2   3   4   5   6   7   8
Olcha


O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsiusxalq ta’lim vazirligi
Farg’ona Politexnika Universiteti


Farg’ona – 2023
YENGIL SANOAT VA TO’QIMACHILIK FAKULTETI
QXMT” KAFEDRASI

Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” fanidan Karimova Komilaxonning tayyorlagan





KURS ISHI


1500 tonna olchani saqlash uchun omborxonani tanlash va hisoblash
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………...…4
Asosiy qism
I bob Meva sabzavotlarning xalq xo’jaligidagi o’rni

  1. Olchani navlari……………………………………………………….…..…6

  2. Olchaning kimyoviy tuzilishi……………………………………….…..…..9

II bob Olchani yig’ib terib olish va saqlashga tayyorlash

    1. Olchani yig’ib terib olish………………………………………………....11

    2. Olchani saqlashga tayyorlash va qo’yiladigan talablar………………......14

III bob Olchani saqlash usullari
3.1 Muzlatilgan omborda saqlash………………………………………...…..17
3.2 Quritib saqlash………………………………………………………..…..19
IV bob Olchani saqlash uchun omborlar tanlash va hisoblash
4.1 Olchani saqlash uchun ombor tanlash va hisoblash…………………...…20
4.2 1500 tonna olchaning saqlashni hisoblash…………………………….…22
Xulosa…………………………………………………………………………....24
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………...25

Kirish
Barchamizga bolalikdan tanish bo`lgan olchaning birtalay foydali xususiyatlari borligini bilasizmi? Olcha faqat kamqonlikni davolaydi hamda shamollashda kor keladi, deb o`ylasangiz, u haqida hech narsa bilmaysiz, hisob. Vatani Osiyo bo`lgan olcha daraxtining dunyo bo`ylab yuzlab turlari mavjud. Olchani sharbat, kompot, murabbo, mors ko`rinishida maza qilib iste`mol qilamiz. Ammo bu tariqa mevani eyish mumkinmi o`zi? Balki bugungi maqolamizni o`qigach, olchani ko`proq xomligicha iste`mol qilishga kirisharsiz. Har holda, uning kimlarga foydayu kimlarga zarar keltirishi, xomligicha hamda murabbo holida qancha muddat saqlash mumkinligi to`g`risida ma`lumotlarga ega bo`lishingiz tayin. Bu haqda Namangan viloyati «Xalq tabobati markazi» mutaxassisi, tabib Abduhalil Bannaev ma`lumot beradi.
Olcha mevasi yallig`lanishga qarshi, balg`am ko`chiruvchi, terini tozalovchi, qonni ko`paytiruvchi xususiyatga ega. Yurak urishini maromiga keltiruvchi, immunitetni ko`taruvchi mevadir. Tarkibida yallig`lanishga qarshi moddalar borligi sabab, olcha mevasi sharbati hamda bandi va shoxchasidan tayyorlangan damlama artrit, revmatizm, artroz kasalliklarida bo`g`imdagi og`riqning tezroq to`xtashiga, shishlarning yo`qolishiga yordam beradi. Agar uzoq vaqtdan beri bel og`rig`idan qiynalsangiz, olcha daraxtining po`stloq qismini qaynatib, ichish kerak.
Olcha shoxchasidan tayyorlangan damlama yozda ko`p kuzatiladigan ichketar, qorin og`rig`ida shifo bo`ladi. Buning uchun bir siqim olcha mevasi bandini 2 piyola suvda qaynatib, kun davomida yarim piyoladan ichiladi. Bu damlama hayz ko`p kelganda, og`riq kuchli bo`lganda ham yordam beradi. Tarkibida V guruh vitaminlari, pektinni saqlagan olcha nafaqat tinchlantiradi, uyquni tiniqlashtiradi. Balki yaxshigina ozdiradi ham. Bu mevani kuniga 3 mahal, 10 donadan ovqatdan oldin esangiz, oy davomida 5-8 kilo vazn tashlashingiz aniq. Yana 10 dona olcha tanovuli bir dona aspirin dorisining o`rnini ham bosishini bilib qo`ying. Ya`ni, olcha qonni suyultirib, tozalaydi, siydik yo`llarini yallig`lanishdan xalos qiladi, gemoglobinni ko`paytiradi va yurak xastaliklarining oldini oladi. Virusga qarshi xususiyatlari borligi sabab, olcha bargi qaynatib iste`mol qilinsa, gripp, isitma, yo`taldan tezroq tuzalishga yordam beradi. Yosh bolalar va keksalarda og`irroq kechadigan bronxit kasalida olcha mevasini qaynatib ichish tavsiya etiladi. Olcha bargi qaynatmasi ayollardagi jinsiy yo`llardagi shamollash, erkaklardagi prostata bezi adenomasida ham ayni muddaodir.
Olcha bargini sutda qaynatib ichish iztirobli yo`talda, o`t pufagi yallig`lanishida, sariq kasalida, jigarning yog` bosishida foydasi bor. Mevani tanlashda uning shoxchasi (bandi) yashil bo`lishiga e`tibor bering. Bu mevaning yangi uzilganini bildiradi. Xomligicha olchani sovitgichda atigi 2 kun saqlash mumkin. Hatto buning uchun ham mevani yaxshilab yuvib, quritib keyin sovutkichga solish kerak. Agar uzoqroq saqlashni istasangiz, danagidan ajratib muzlatib qo`ying. Shu holatda olchani 6 oygacha saqlash mumkin. Olcha murabbosiga danagini olmasdan ishlatmang. Sababi, danagi va olcha urug`i tarkibidagi amigdalin moddasi uzoq saqlansa va odam uni beixtiyor yutib yuborsa, organizmni zaharlashi mumkin. Olchadan tayyorlangan murabbo, kompotni bir yildan ko`p saqlamaslik zarur. Sababi, olcha danagi tarkibidagi amigdalin moddasi sog`liqqa zarar qilishi, yurak urishini tezlashtirishi mumkin.
Yodda tuting: olchani haddan ziyod ko`p eyish tish emalining buzilishiga olib keladi.
Oshqozon yarasi, qandli diabet, pankreatit, o`pka yallig`lanishi, teri kasalliklari, psoriazda bu mevani imkon qadar kamroq eyishni tavsiya qilamiz.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin