Avtomobil yo‘llari qurilishi ayrim jarayonlardan
tashqil topgan uslubli
ishlarni, ya’ni yo‘l poyi, yo‘l to‘shamasi va suniy inshootlarni uz ichiga oladi. Yo‘l
qurilish ishlarining texnologiyasi materiallarga,
yarim tayyor mahsulotlarga, yo‘l
inshootlarining bo‘lak va qismlarini tayyorlash, xamda sifat ko‘rsatkichlarini
ta’minlashga karatilgan. Yo‘l qurilishi jarayonlarini keng kullamli mexanizatsiya-
lashgan va avtomatizatsiyalashgan usulda bajarilishini rejalashtirish kerak.
Avtomobillarning yil buyi xarakatlanishini ta’minlash uchun yo‘lning katnov
qismida yo‘l to‘shamasi kuriladi. Yo‘l poyining sirtiga iqlim omillariga va transport
g‘ildiraklarining ta’siriga yaxshi qarshiliq ko‘rsatadigan materiallardan yotkiziladi.
Transport g‘ildiraklaridan ta’sir etuvchi kuchni va iqlim ta’sirini
uzluksiz
qabul kila turib, yo‘l to‘shamasi
mustahkam, yedirilish va haroratga chidamli,
xamda xarakat xavfizligini ta’minlash uchun ravon va gadir budir yuzali bo‘lishi
lozim. To‘shama qatlamlari qalinligi pastdan yuqoriga qarab kamayib boradi (85,86
rasm), bunga sabab yuqori qatlam materiallari narxining
ortib borishi va unga
bo‘lgan talab ko‘chayishidadir. Shuning uchun koplama o‘ta mustahkam
materiallardan kurilib, 1, 2 qatlamdan iborat bo‘ladi.
74-rasm.
Ekvivalent
modullari
Yee=60-70
MPa.
li
yuqori
toifali
nobikir
yo‘l to‘shama larining tuzilishi:
1-
ikki
qatlamli
asfaltobeton;
2-
saralangan chakilgan tosh; 3- qum; 4- shlak;
5-
bog‘lovchilar
bilan
ishlov
berilgan
grunt;
6-
kam
miqdorda
bog‘lovchilar
bilan ishlov berilgan grunt
75-rasm.
Ekvivalent
modullari
Yee=50-35
MPa.
li
kuyi
toifali
nobikir
yo‘l
to‘shama
larining
tuzilishi:
1
-bir
qatlamli
asfaltobeton;2-kuyindi;
3-qum;
4-
chakik tosh; 5-shag‘al; 6-ustki ishlov
qatlami; 7-saralangan chakik tosh; 8-
uncha mustahkam bo‘lmagan tosh
76-rasm. Ko‘p qatlamli yo‘l to‘shamasida avtomobillarning
Fildiraklaridan hosil bo‘ladigan kuchlanish:
a - vertikal kuchlanishlar s
z
epyurasi; b - gorizontal kuchlanishlar s
x
epyurasi;1 - koplama; 2 - asos; 3 - asosning qo‘shimcha qatlami; 4 - to‘shama
Grunt; 5 - yo‘l to‘shamasidagi kuchlanish epyura chizig‘i; 6 - bir jinsli
gruntdagi kuchlanish epyura chizig‘i.
Yo‘l koplamasining ustki qatlami doimo transport g‘ildirak-lari ta’sirida
bo‘lib, yedirilib boradi, natijada uning qalinligi kamaya boradi. Bundan tashqari
koplamada xar xil holat o‘zgarishlari bo‘zilish va deformatsiyalar namoyon bo‘lib
turishi bois, bu qatlamni vaqti vaqti bilan
tiklab turish talab qilinadi, ko‘p incha
yupka yediriluvchi qatlamga ustki ishlov beriladi.
ShNK 2.05.02-07 ga ko‘ra yo‘l to‘shamasining turlari, koplamaning asosiy
ko‘rinishlari va ularni qo‘llash doirasi 5-jadvalda keltirilgan.
Koplamaga ta’sir etuvchi kuchlar to‘shama asosiga o‘tib, gruntli to‘shama
tomon
tarqaladi. To‘shama qatlami asosi bir va ko‘p qatlamli bo‘lishi mumkin. Asos
qatlami koplamaga nisbatan ta’sirlarga kamrok bardosh berib ishlashi natijasida,
uning uchun ishlatiladigan material mustahkamligiga bo‘lgan
talab xam pastroq
bo‘ladi.
5-jadval