Izoh: Maydalangan kuydirilmagan ohak qo‘shimchasi SaO+Mg ga
hisobidan, tutilgan faol kullar qo‘shimchasi bo‘sh SaO xisobida berilgan
- suyuq bitumlar, bitum emulsiyalari, tosh ko‘mirdan bog‘lovchilar – ohak;
ohak changi, sement, tutilgan kullar;
- organik bog‘lovchilar (karbomidoformaldegid smoladan tashqari) -
kationaktiv va anionaktiv moddalar (turi E-1, SJKning qoldig‘i, ikkilamchi yog‘
gudroni, gossipol smola va boshqalar).
Organik bog‘lovchi materiallar bilan mustahkamlangan gruntdan asos va
qoplamalarni quruq havoda harorati 10
0
S dan kam bo‘lmaganda qurishga ruhsat
etiladi. Gruntni bitum emulsiyasi bilan aralashtirish havoning harorati 5
0
S dan kam
bo‘lmagan sharoitda amalga oshiriladi.
Yirik bo‘lakli va qumlik gruntlarning organik bog‘lovchilarni qo‘shishdan
oldin namligi 2-5% oralig‘ida bo‘lishi, gillik gruntlarning namligi esa grunt
oquvchanlik chegarasining 0,2-0,4 namligi darajasida bo‘lishi zarur.
Yirik bo‘lakli grunt va qum yoki supeslarni suyuq bitum, bitum
emulsiyasi faollashtiruvchi moddalar, undan tashqari gruntlarni bitum emulsiyasi
yoki suyuq bitum bilan birgalikda sement bog‘lovchi moddalar, qo‘shimchalar
(maydalangan o‘chirilmagan ohakdan tashqari)ni qo‘shgan holda suvni gruntga bir
paytda va to‘la hajmda quyib statsionar qorishtirgichlarda aralashtiriladi.
So‘ndirilmagan maydalangan oxakni faollashtiruvchi qo‘shimcha sifatida
qo‘llanilganda, uni grunt ustiga yoyib aralashtirish kerak. Qorishtiruvchi
uskunalardan organik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan gruntlarni oxak
qo‘shilganda 12 soatdan so‘ng va 24 soatdan kechiktirmasdan navbatdagi ishlov
berish uchun foydalanish tavsiya etiladi.
Gruntlarning namligi so‘ndirilmagan ohak qo‘shishdan oldin, uning
gidrotatsiyasini ta’minlash kerak. Yirik bo‘lakli va qumli gruntlarni yoki supeslarni
organik bog‘lovchi materiallar bilan yo‘l ustida aralashtirilganda, bog‘lovchilar
gruntga gruntaralashtiruvchi mashinaning bir bor o‘tish jarayonida to‘la hajmda
qo‘shilishi zarur. Unda gruntning namligi 7.22.-bandda ko‘rsatilgan talablarga,
qorishmaning zichlashdan oldingi namligi 6.5 va 6.15 bandlar talabiga asoslanib
optimal bo‘lishi kerak. Gruntni bog‘lovchi material bilan aralashtirish frezaning bir
izdan 2-3 marta o‘tishi bilan amalga oshiriladi. Ishlov berilgan qatlam qalinligi eng
zich holatda 16 cm dan oshmasligi kerak.
Gillik grunlarni organik bog‘lovchi materiallar bilan aralishtirishda bir marta
o‘tish yoki ko‘p marta o‘tish qo‘llaniladigan uslubda grunt aralashtiruvchi
mashinalar
qo‘llanilishish lozim. Mustahkamlanadigan gruntlar suyuq
karbomidoformaldegid smolasiga bitum emulsiyasi yoki neft gudroni qo‘shish
bilan majburiy tarzda ishlaydigan qorishtirgich uskuna yordamida aralashtiriladi.
Smola bog‘lovchi bitum, qotiruvchi moddasiz 3 sutkadan ortiq saqlanmasligi kerak.
Tayyor bog‘lovchi qotiruvchi modda qo‘shilgandan keyin 3 soatdan kechiqmasdan
gruntga qo‘shib aralashtirilishi lozim.
Saqlash muddati 2 oydan oshiq bo‘lgan smolalar (agar ular texnik talablarga
javob bersa) qo‘llanilganda, hamda havo harorati 25
0
S dan yuqori bo‘lganda avval
smolaga bog‘lovchi bitum, so‘ngra qotiruvchi qo‘shiladi.
Agar gruntlarni karbomidoformaldegid smolalari bilan mustahkamlanganda
qo‘shimcha sifatida xom neft yoki SDB ishlatilsa, ularni qo‘shish navbatini
qo‘llanilayotgan mexanizmlar turiga qarab aniqlanadi. Organik bog‘lovchi
materiallarga ohak va sement qo‘shish bilan mustahkamlangan gruntlarni,
qorishmani aralashtirgandan so‘ng ko‘pi bilan 2 soat ichida zichlash lozim. Havo
harorati 15
0
S dan kam bo‘lmagan holatda aralashtiris
Dostları ilə paylaş: |