1-
MAVZU. JAXON IQTISODIY TARIXINI O’RGANISHY O’NALISHLARI
Mavzuning o’quv maqsadi:
Talabalarcla Iqtisodiy ta’limotlar tarixiga kirish va Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fani- nuig
kelib
chiqish larixi, Iqtisodiy ta’limotlar tarixi va Iqtisodiy ta’limotlar tarixi tushunchalari,
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmeti, ob ekti va iqtisodiy yo 'nalishdagi boshqa fanlar bilan
aloqasi, haqida bilirn va ко 'nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Tushunchalar va tayanch iboralar
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi, Iqtisodiy ta’limotlar tarixi, itisodiy tarixning metodlari,
predmeti va vazivalari. Itisodiy tarixning manbasi va strukturasi.
Asosiy savollar
1.1.
Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi.
1.2.
Iqtisodiy tarix fanining predmeti, metodlari va vazifalari.
1.3.
Iqtisodiy tarixning manbalari va tuzilmasi.
1.1.
Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi
"Iqtisodiy tarix" fani G'arbiy Yevropada XIX asrning
ikkinchi yarmida yuz bergan
shiddatli iqtisodiy jarayonlar ta'sirida yuzaga keldi va u "Siyosiy iqtisod"dan ajralib chiqdi. U
XIX-XX asrlardan boshlab Yevropa universitetlarida mustaqil fan sifatida o'qitila boshlandi,
bundan
tashqari, bularning hammasi rahbar xodimlarni tayyorlash hamda siyosiy sohada
islohotlarni oqilona va samarali amalga oshirish uchun xizmat qildi.
Shu tariqa, 1895 yilda London universiteti qoshida iqtisodiyot va siyosiy bilimlar maktabi
tashkil etilib unga ixtisoslashtirilgan kollej va 1896 yilda esa unga universitet qoshidagi alohida
bo'lim maqomi berildi. Unga Buyuk Britaniyalik iqtisodiyot
tarixining dastlabki
namoyondalaridan biri bo'lgan U.Xyuins boshchilik qildi.
"Iqtisodiy tarix" siyosiy fanlar, sotsiologiya, huquq kabi fanlar bilan birga barcha o'quv
rejalarida asosiy o'rinni egalladi. 1901 yilda Birmingem universitetining sanoat sohasi bo'yicha
kadrlar tayyorlashga yo'naltirilgan savdo-sotiq maktabi tashkil etilib, unga keyinroq
AQShning
Garvard universitetida birinchi iqtisodiyot tarixi kafedrasiga asos solgan U.Eshli boshchilik qildi.